MAVZU:
O ‘quvchilar bilimini baholashning umumiy pedagogik masalalari.
REJA:
1. O‘quvchilarni baholash shakllari
2. O‘quvchilarni baholash turlari
3. O‘quvchining o‘quv faoliyati monitoringini olib borish mezonlari
4. O‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasi baholashdagi
nazorat
turlarini
1. O‘quvchilarni baholash shakllari
Baholash – ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o‘quv maqsadlariga
erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o‘lchash, natijalarni
aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir.
Bilimlarni tekshirish va baholashning ta’limiy ahamiyati shundan iboratki,
bunda o‘quv materialining o‘zlashtirilganligi haqida ta’lim beruvchi ham, ta’lim
oluvchi ham muayyan ma’lumotga ega bo‘ladi. Baholash natijasida, ta’lim
beruvchi uchun ta’lim oluvchilarning nimani bilishi va nimani tushunmayotganligi,
qaysi material yaxshi o‘zlashtirilganu, qaysi biri hali yetarli darajada
o‘zlashtirilmaganligi yoki umuman o‘zlashtirilmaganligi ma’lum bo‘ladi. Bu
ta’lim oluvchining bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun asos bo‘lib
hisoblanadi. Ta’lim beruvchi o‘z ishining afzalliklariga va kamchiliklariga tanqidiy
baho beradi. O‘z ish metodlariga tuzatishlar kiritadi. SHuningdek, baholash
natijalari ta’lim beruvchining o‘quv dasturidagi materiallarni ta’lim oluvchilarning
bilish imkoniyatlari nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqishi va baholashi uchun ham
juda muhimdir.
Baholash natijasida tushuncha va qonun-qoidalarning qaysi birlari qiyin, qaysi
birlari esa oson o‘zlashtirilishi aniq, ravshan bo‘ladi. Bu ta’lim oluvchining ijodiy
tarzda darsga tayyorgarlik ko‘rishi va o‘quv mashg’ulotini o‘tkazishi uchun asos
bo‘lib xizmat qiladi. Xuddi shuningdek, ta’lim oluvchiga ham ta’lim jarayonida
qaysi o‘quv materialini yaxshi, qaysinisini qoniqarli va nimani yomon
o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ladi. Bilimlarni tekshirmasdan ta’lim oluvchi o‘z
bilimlarini chuqur, har tomonlama va to‘g’ri baholashga qodir emas. Ba’zan unga
go‘yo u o‘quv materialini yaxshi egallab olganday tuyuladi, tekshirish chog’ida esa
materialni yaxshi bilmasligi, yaxshi tushunmasligi ma’lum bo‘lib qoladi. Baholash
natijasida, ta’lim oluvchilarning o‘rganilayotgan materiallarni bilish, tushunish,
esda saqlab qolish, anglab olish, amalda qo‘llay olish. tahlil qilish va o‘z
bilimlariga tanqidiy baho berish darajalari aniqlanadi. Ta’lim oluvchi o‘z
bilimlariga berilgan baho va tavsiflar asosida maktabdagi o‘qish va uydagi
mustaqil vazifalarni bajarish uslubini takomillashtirish, bilimlari, malaka va
ko‘nikmalaridagi ijobiy tomonlarni rivojlantirish, kamchiliklarni tuzatish
imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat qilish va baholashning tarbiyaviy
ahamiyati shundaki, ta’lim oluvchilarning o‘qishga, o‘z yutuqlari va
muvaffaqiyatsizliklariga nisbatan munosabati shakllanadi, qiyinchiliklarni yengish
istagi tug’iladi. Baholash hamisha ta’lim oluvchining shaxs sifatida o‘ziga nisbatan
muayyan bir munosabatini hosil qiladi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchining o‘ziga
nisbatan munosabatini, tuyg’ularini, uning xarakteridagi irodalilik, sinfdoshlari
bilan hamkorlik, o‘zaro bir-biriga yordam berish kabi sifatlarini shakllantirishga
e’tibor qaratishi lozim bo‘ladi.
Ba’zan baholash jarayonida ta’lim oluvchi qo‘shimcha bilim, ko‘nikma va
malakalarga ham erishadi. Ta’lim jarayonida o‘zlashtirmagan tushunchalarning
mohiyatiga tushunib yetadi. Shu bois, baholashni ta’lim olish jarayonining davomi
deb ham aytish mumkin.
Ta’lim oluvchi o‘rtoqlarining, ota-onalarining unga, uning maktabdagi
yutuqlariga va muvaffaqiyatsizliklariga nisbatan munosabatlariga hech qachon
befarq bo‘lib qolmaydi. Uning bilimlariga berilgan baholar ushbu munosabatni
belgilaydi. Mana shuning uchun ham maqtov, ma’qullash, tanbeh berish, yaxshi
yoki yomon baho qo‘yish ta’lim oluvchi shaxsining fazilatlarini, uning
tengdoshlari jamoasidagi va katta yoshdagilar orasidagi mavqeini shakllantiradi.
Bu ayniqsa, o‘smirlar orasida katta ahamiyatga ega.
Bilimlarni nazorat qilish va baholash davlat ahamiyatiga egadir. Baholash
natijalarini umumlashtirish orqali maktab jamoasining ta’limtarbiya sohasidagi
faoliyatiga, o‘quvchilarning umumiy o‘zlashtirish darajasiga baho beriladi va
tegishli xulosalar chiqariladi. Davlat ta’lim standartlarida davlat tomonidan
qo‘yilgan talablar qanchalik darajada bajarilayotganligi aniqlanadi.
Baholash natijasida nafaqat ta’lim oluvchining, balki ta’lim beruvchining
kuchli va kuchsiz tomonlari, shuningdek, o‘quv jarayonidagi kamchiliklar ham
aniqlanadi. Ta’lim vositalari, rejalar, ta’lim jarayonini tashkil etish sifatiga ham
baho beriladi.
Ta’lim dasturining qism va bo‘laklari bo‘yicha muntazam baholab borish
oxir-oqibat aniq va adolatli baholanish shakllanishga olib keladi. Kichik bo‘limlar
bo‘yicha baholash, jamlash va umumlashtirish yakuniy baholashning aniq
bo‘lishiga yordam beradi.
Ta’lim oluvchini muntazam ravishda o‘z natijalari to‘g’risida xabardor qilib
turish, uning maqsad sari intilishi va istaklarini ro‘yobga chiqarishga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi. Ta’lim berish davomidagi nazorat natijalarini o‘lchab borish bilim,
ko‘nikma va malakalarni baholash o‘quvchining o‘zligini anglashi uchun bir
imkoniyatdir.
Dostları ilə paylaş: |