baho aniqlanadi.
Bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan o‘quv fanlari bo‘yicha yillik baholar choraklik
baholarga qarab belgilanadi.
Haftasiga 0,5 va 1 soat o‘qitiladigan o‘quv fanlari bo‘yicha:
yarim yil davomida joriy va oraliq nazoratlarda olingan ballar asosida
yarim yillik baho;
yarim yillik baholar va bosqichli nazoratda olingan ball asosida yillik
baho aniqlanadi.
Bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan o‘quv fanlari bo‘yicha yillik baholar yarim
yillik baholarga qarab belgilanadi.
Yakuniy baho
Yuqori sinfga o‘tkazishda bosqichli nazorat o‘tkaziladi.
Bosqichli nazorat o‘quv yili tamom bo‘lgandan keyin og‘zaki, yozma
imtihon hamda test sinovlari shaklida amalga oshiriladi. Uning
asosida reyting aniqlanadi va o‘quvchini navbatdagi sinfga o‘tkazish
to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Bosqichli nazorat materiallari namunalari Xalq ta’limi vazirligi tomonidan
tayyorlanadi.
O‘quvchini keyingi sinfga o‘tkazish ijobiy baho olgan taqdirda amalga
oshiriladi. Maktab pedagogika kengashi qarori bilan o‘quvchilar qoniqarsiz
baholar bilan ham sinfdan-sinfga o‘tkazilishi mumkin.
Qayta topshirish
O‘quvchi uning ota-onasi yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar yillik bahodan
norozi bo‘lsa, unga maktab pedagogika kengashi tomonidan tuziladigan
tegishli fan komissiyasiga (ota-onalar yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar
ishtirokida, agar ular shuni xohlasalar) imtihon topshirish imkoni beriladi.
Qayta imtihon topshirishga barcha ko‘chirish sinflarida (bitiruv sinflari
bundan mustasno) faqat joriy o‘quv yilida o‘qitilgan fanlar bo‘yicha
ruxsat beriladi.
Nazorat savollari
1. Baholashning maqsadi nimadan iborat?
2. Nazorat turlarini ayting.
3. Baholash turlari haqida ma’lumot bering.
4. Joriy nazorat qanday baholanadi?
Dostları ilə paylaş: |