Ta’limiy monitoring – pedagogik faoliyatni doimiy kuzatish, u haqida
axborot to‘plash, saqlash, qayta ishlash va tarqatish orqali uning ahvoli va
taraqqiyotiga ta’sir etishdan iborat. Masalan, o‘quv jarayonining o‘quvchi shaxsiga
ta’sirini o‘rganish bo‘yicha doimiy kuzatuvlar orqali axborot to‘plash, saqlash,
qayta ishlash orqali uning ahvol, taraqqiyoti, istiqbolini belgilash. Shaxsni
o‘rganib, kuzatib, nazorat etib borish orqali, uning rivojiga o‘quv jarayonining
ta’sirini aniqlab borish.
Ta’lim sohasidagi monitoring – pedagogik kategoriya bo‘lib, mazkur
sohadagi boshqaruv faoliyatini tartibga solib borishga yordam beradi. Monitoring
natijasida olingan axborotlar tahlili asosida pedagogik jarayon va uni
boshqarishdagi kamchiliklarni bartaraf qilish va samaradorligini oshirish chora-
tadbirlarini ilmiy asoslangan holda belgilash imkoniyati hosil bo‘ladi. Axborotlar
tahlili va xulosalar asosida maktab, o‘qituvchi faoliyatiga tuzatish va o‘zgarishlar
kiritib boriladi.
Ta’lim sifati monitoringining maqsadlari Ta’lim sifati monitoringi uning maqsadiga mos holda quyidagi turli
yo‘nalishlarda olib borilishi mumkin:
o‘quv-tarbiya jarayonini baholash.
erishilgan natijalarni baholash.
qo‘yilgan maqsadlarga erishilganlik darajasini baholash.
tizimning holati va erishgan natijalarini baholash.
o‘quvchilar bo‘sh o‘zlashtirishlarining tipik, didaktik sabablarini aniqlash.
o‘qituvchilar tomonidan qo‘llanilayotgan didaktik yondashuvlarni tahlil etish.
maktab kundalik ish tartibining qulayligi darajasini tahlil qilish.
o‘qituvchilarning kasbiy, metodik mahoratiga xarakteristika berish.
Monitoringni shartli ravishda bir necha guruhga bo‘lish mumkin.
Ta’lim sohasi bo‘yicha tizimdagi ahvolni o‘rganish natijalarini to‘plash. Ta’lim
boshqaruvi bo‘yicha axborotlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ilmiy-uslubiy
materiallar va boshqalarni o‘rganish.
O‘quvchilar bilim, ko‘nikma, malakalari o‘sishini kuzatish. Bunda sinflar
bo‘yicha, o‘quv fanlari bo‘yicha, ayrim bo‘limlar, mavzular bo‘yicha tahlil
o‘tkazish va xulosalar chiqarish amalga oshiriladi. Bu boshqaruvni
takomillashtirish, o‘zgartirish, rivojlantirish vazifalarini belgilashga yordam beradi.
Bunday tahlillar asosan boshqarish bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun zarur.