ISHDAN MAQSAD: Texnik tizimlardagi misollarda chiziqli dasturlashni qo’llash. Identifikator, o’zgaruvchilar toifalari (turlari). C++ algoritmik tilida ma’lumotlarni kiritish va chiqarish, boshqarish qatori, format spesifikatorlari va modifikitorlari, standart kutubxonasi sarlavha fayillari kabi tushunchalarni o’rganishdan iborat.
O’zgaruvchilar tiplari. O’zgaruvchilarning qo’yidagi tiplari mavjuddir:
char – bitta simvol;
long char – uzun simvol;
int – butun son;
short yokishort int – qisqa butun son;
long yokilong int – uzun butun son;
float - haqiqiy son;
long float yoki double – ikkilangan haqiqiy son;
long double – uzun ikkilangan haqiqiy son;
Funksiyaning aniqlanishi quyidagicha bo'ladi:
qaytariluvchi_qiymat_toifasi funksiya_nomi ( [parametrlar] ) { funksiya tanasini tashkil qiluvchi operatorlar } Qoida bo'yicha funksiya qandaydir bir qiymatni hisoblash uchun ishlatiladi. Shuning uchun funksiya nomi oldidan funksiya qaytaradigan qiymat toifasi yoziladi. Agar funksiya hech qanday qiymat qaytarmaydigan bo'lsa, void toifasi yoziladi. Agar funksiya qaytaradigan qiymat toifasi yozilmagan bo'lsa, int ( butun ) toifali qiymat qaytariladi deb qabul qilinadi.
Funksiyalar bilan keyingi mavzularda batafsil tanishamiz.
C++da oddiy matnni ekranga chiqaruvchi dasturni ko'rib chiqamiz
// Maqsad: Matnni ekranga chiqaruvchi dastur
#include // ekranga ma'lumot chiqarish uchun
int main()
{
std::cout << "O’zbekiston kelajagi buyuk davlat!\n";
return 0; }
O'zgaruvchilarni e'lon qilish. Dasturda ishlatilgan barcha o'zgaruvchilarni qaysi toifaga tegishli ekanligini e'lon qilish kerak. Ma'lulotlarni e'lon qilishning umumiy ko'rinishi quyidagicha: