toifa_nomi o'zgaruvchi; Agar bir nechta o'zgaruvchi bir toifaga mansub bo'lsa, ularni vergul bilan ajratib berish mumkin.
Butun sonlarni ifodalash uchun int va haqiqiy sonlarni ifodalash uchun float xizmatchi so'zlaridan foydalaniladi.
int x,y; // butun toifadagi o'zgaruvchilarni e'lon qilish
float a,b,c; // haqiqiy toifadagi o'zgaruvchilarni e'lon qilish
Kiritish va chiqarish operatorlari. Dasturda klaviatura orqali ma'lumot kiritish va ekranga chiqarish uchun preprotsessor direktivasini, ya'ni #include ni dasturga qo'shish shart. Ma'lumotlarni kiritish std::cin >>, ma'lumotlarni chiqarish std::cout << operatori orqali amalga oshiriladi.
std::cin >> a; Bu operator bajarilganda ekranda kursor paydo bo'ladi. Kerakli ma'lumot klaviatura orqali kiritilgandan so'ng Enter tugmasi bosiladi. cout orqali ekranga ixtiyoriy ma'lumotni chiqarish mumkin. Satrli ma'lumotlarni ekranga chiqarish uchun, ularni qo'shtirnoq orasida yozish kerak.
Matemetik funksiyalardan dasturda foydalanish uchun math.h faylini dasturga qo'shish kerak. #include Matematik funksiyalardan foydalanish // Muallif: Dildora Anvarovna
// Maqsad: kiritilgan son ildizini chiqaruvchi dastur
#include #include using namespace std;
int main()
{ float a;
cout << "a="; cin >> a;
a = sqrt(a);
cout << a << endl;
return 0;
} Dasturni kiritib natijani olamiz:
С++ tilida oddiy dastur.С++ tilida yozilgan dastur quyidagi tarkibdan tashkil topgan.
1. Direktivalar-funksiyalar kutubxonasini chaqirish (yuklash). Ular maxsus include katalogida joylashgan va .h fayllar deb nomlanadi. Dasturda masalaning qo‘yilishiga qarab kerakli includelar chaqiriladi. Bu dasturning xotirada egallaydigan joyini minimallashtiradi.
Agar #include satrini T.Paskal tiliga solishtiradigan bo‘lsak, modullar yoki maxsus operator va funksiyalar joylashgan bibliotekalar ko‘rsatiladi. С++ dasturlash tilining yana bir ahamiyatli tomoni shundan iboratki, maxsus bibliotekalarga yo‘l ko‘rsatish imkoniyati mavjud. Masalan: