Mavzu: Obyektli ma’lumotlar bazasi haqida asosiy tushinchalar. Loyihalash, qayta ishlash va tadbiq qilish


Ma’lumotlar bazasini loyihalash jarayoni



Yüklə 34,47 Kb.
səhifə4/8
tarix07.01.2024
ölçüsü34,47 Kb.
#211438
1   2   3   4   5   6   7   8
3-Mavzu Obyektli ma’lumotlar bazasi haqida asosiy tushinchalar.

Ma’lumotlar bazasini loyihalash jarayoni


Yaxshi tuzilgan ma’lumotlar bazasi:

  • Ortiqcha (takrorlanuvchi) ma’lumotlarni bartaraf qilish orqali xotirani tejaydi.


  • Ma’lumotlarning aniqligi va yaxlitligini saqlaydi.


  • Ma’lumotlarga turli usullar bilan murojaat qilishni ta’minlaydi.


Samarali va foydali MBni loyihalashtirish quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi:


  1. Talablarni tahlil qilish yoki ma’lumotlar bazasining maqsadini aniqlash


  2. Ma’lumotlarni jadvallarga ajratish


  3. Asosiy kalitlarni (primary key) ko’rsatish va munosabatlarni tahlil qilish


  4. Jadvallarni standartlashtirish uchun normallashtirish


Keling, har bir qadamni batafsil ko’rib chiqaylik. Maʼlumotlar bazasining turli modellari juda ham koʻp, biz esa ushbu qo’llanmada eng koʻp ishlatiladigan relyatsion ma’lumotlar bazasi modelidan (relational model) foydalanamiz.


Yuqoridagi jarayonlarni koʻrishdan avval Relational Model bilan tanishaylik.

Relational Database Model

Eng keng tarqalgan modelrelyatsion model, ma’lumotlarni jadvallarga ajratadi. Har bir jadval ustunlar va qatorlardan iborat. Har bir ustunda biror obyektga oid atributlar keltirilgan, masalan mahsulot narx, foydalanuvchi ismi yoki tug’ilgan sanasi, pochta indeksi va hokazo. Bu atributlar birgalikda domen deb ataladi. Jadvalning qatorlari esa aynan bitta obyekt (buyum, shaxs, joy) haqidagi maʼlumotlarni saqlaydi.


Quyida biz Foydalanuvchilar haqida maʼlumot saqlash uchun Foydalanuvchilar jadvalini yaratdik. Jadvaladagi ID, Ism, Familiya, Telefon foydalanuvchining atributlari hisoblanadi. Birgalikda esa atributlar domen deb ataladi.

MAʼLUMOTLAR BAZASINI LOYIHALASH. 1-QISM. 14


MB bir nechta jadvallardan iborat boʻlishi tabiiy. Misol uchun Mahsulotlar haqidagi maʼlumotlarni saqlash uchun alohida jadval, Xaridlar uchun alohida jadval, Mijozlar uchun alhoida jadval va hokazo. Biror jadvalni boshqa jadvlaga bogʻlash uchun jadval attributlaridan biri (yoki attriburtlar birikmasi) primary (asosiy) kalit etib tayinlanadi. Boshqa jadvallar esa bu attributga foreign key deb murojaat qiladi.
Relational Model jadvallar oʻrtasidagi munosabatlarni ham tartibga soladi. Masalan mijozlar va ular sotib olgan mahsulotlar jadvali, yoki talabalar va ular o’qiyotgan fanlar alohida jadvallarda saqlansada, ular o’rtasidagi munosabat relational model yordamida ko’rsatiladi. Bunday munosabatlar one-to-one (birga-bir), one-to-many (birga-koʻp) yoki many-to-many (koʻpga-koʻp) koʻrinishida boʻlishi mumkin. Munosabatlar haqida birozdan keyin alohida toʻxtalamiz.
Demak yuqoridagilarning barchasi Relational Maʼlumotlar bazasining sifatlari ekan.
Keling endi bevostia loyihalash jarayoniga toʻxtalamiz.

Yüklə 34,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin