Mavzu: Ochiq kon ishlaridan qo‘llaniladigan kon mashinalari va komplekslari


-rasm. EG-12AU gidravlik ekskavatori



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə5/7
tarix20.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#145402
1   2   3   4   5   6   7
ochi kon azish yuklash mashinalari

3-rasm. EG-12AU gidravlik ekskavatori


Ekskavator-draglayn (7.3-rasm) lar cho‘michi 4 ko‘taruvchi 1 va tortuvchi 5 kanatlarga osiladi. Draglayn strelasi tayanch 6 va yo‘naltiruvchi blok 3 ga ega. Ekskavatorning burilish mexanizmi to‘g‘ri lopatali ekskavatorlarniki kabi tuzilishga ega.
Draglaynlar gusenitsali yoki qadamlovchi mexanizmga ega bo‘lgan yurish organi bilan ishlab chiqariladi. Ekskavator ish vaqtida tayanch rama-bazasi 7 da o‘tiradi.


3-rasm. Ekskavator-draglayn (a) va uning cho‘michi (b).
Karyerlarda kon massasini tashishda va xo’jalik-texnik yuklar tashishda turli karyer transportlari turlari qo’llaniladi, ulardan asosiylari temiryo’l, avtomobil va konveyer transportidir. Aniq holatlar uchun muayyan karyer transportini tanlash qaziladigan tog’ jinsining fizik-texnik, kimyoviy holatlari bilan asoslanadi, shuningdek foydal qazilma yotish holatlari, iqlim, yuk almashinuvi va tashish masofasi, yuklash uskunalari turi va o’lchmlari bilan, karyerning foydalanish vaqti va boshqa holatlar bilan ham asoslanadi. Karyerlarda transportilarning spestifik holatlari uchun uning texnik imkoniyatlarining eng e’tiborga moyillari maksimal bosib o’tadigan balandlik va minimal qiyalik burchagi iqtisodiy ma’qulligidir. Bu qo’rsatkichlar qaysidir ma’noda kon-kapital ishlarning hajmini va transport aloqalarining karyer 129 maydoni ichida joylashtirish ikoniyatini ko’rsatadi. Turli karyer transportlarining foydalanilishining ratsional imkoniyati konning texnik va texnologik o’lchamlari va yotish holatlariga ko’ra aniqlanadi. Temiryo’l transportini yillik yuk aylanmasi katta bo’lgan (25 mln.t va undan yuqori) karyerlarda tashishning katta masofasida (4km va undan yuqori) qo’llash ma’qul. Temiryo’l transportining asosiy afzalliklariga uning uncha katta bo’lmagan energiya sarfini, har qanday tashish masofasida har qanday hajmdagi yuk aylanmasini ta’minlash, avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemasini joriy qilish imkoniyati (TJA), turli iqlim va kon-geologik holatlarda ishlash mumkinligi va 1t/km yukni tashishga uncha katta bo’lmagan harajatlarni (avtomobil va konveyer transportidan 4-6marta kam) kiritish mumkin. Boshqa karyer transportiga qaraganda temryo’l transporti uncha katta bo’lmagan qiyalik radiusi (100-120m), cho’zilgan front ishlari (500-600m) va yo’lning minimal balandliklarini (40-60 ‰) talab qiladi. Bu holatlar karyerning rejadagi katta o’lchamlarida amal qilinadi. Temiryo’l transportida nisbatan kon kapital ishlari, kapital harajatlar, kapital transport aloqalarini saqlash va ulardan foydanish va harakatlanishni tashkil qilishning qiyinligi katta bo’ladi. Avtomobil transportini yillik yuk aylanmasi uncha katta bo’lmagan (15-20 mln.t) karyerlarda tashishning masofasi 4-5km bo’lganda qo’llash ma’qul. Katta yuk ko’tairish qobiliyatiga ega karyer transportlarining (75-180 t va undan yuqori) paydo bo’lishi bilan ularni yuk aylanmasi yillik 50-60 mln.t va undan yuqori bo’lgan hollarda qo’llash maqul bo’ldi. Avtomobil transporti temir rudalari va rangli metallar karyerlarida keng qo’llaniladi. Temiryo’l transportiga qaraganda avtomobil transporti katta harakatchanlikka ega. Uni asosan karyerlar qurilish davrida qo’llash ma’qul, bunda konning tezlikdagi qazib olinishi va zaboylarning katta tezlikdagi siljishi va kon ishlarining yuqori chuqurlashish tempida ishlar amalga oshiriladi. Temiryo’l yo’llarining va aloqa tarmoqlarining yo’qligi, avtomobil yo’llarining tuzilishi va profiliga bo’lgan kichik talablar (qiyaliklar mumkin bo’lgan radiusi 15-25m, balandlik esa 80-100 ‰) kon-kapital ishlar hajmini kamayishini, karyerlarning qurilishi va qurilishga bo’lgan harajatlarning 130 kamayishini ta’minlaydi. Bu transport turining kamchiligiga uning katta masofalarga tashishdagi unumdorligining birdan pasayishi, iqlimiy holatlarga bog’liqligi, katta yuk ko’tarish qobiliyatiga ega avtomobillarning yuqori narhi, katta ekpluatastion harajatlar va bu oqibatida 1t kon massasini tashishdagi katta harajatlar kiradi. Konveyer transporti (lentali konveyer) karyerlarda kon massasini maydalangan (bo’laklar o’lchami 400mm gacha) holatda tashish uchun qo’llaniladi. Karyer uskunalarining qo’llanilishining keng diapazoni (15000 3 м с/ ) ularni karyerlarda turli yuk almashinuvi bilan qo’llash mumkin. Konveyer transportining qulayligi bu yuklarni 18⁰ balandlikka tashish va yuklarni tashishning oqimliligi xisoblanadi. Oxirgi holat barcha jarayonlarnig to’liq avtomatlashtirish imkonini beradi va yuklash uskunasining unumli foydalanish imkonini beradi. Lentali konveyerlarning keng qo’llanilishi konveyer lentasining tez edirilishi, tashiladigan yuklarning bo’laklariga bo’lgan qattiq talablar va yuklash turi bilan chegaralanadi. Konveyer transportining unumdorligi kichik haroratlarda va tashiladigan kon massasining yuqori namligida keskin kamayadi. Konveyer transportini yuk aylanmasi yillik 2mln.t va undan yuqori bo’lgan yumshoq tog’ jinsli karyerlarda qo’llash ma’qul. Yuk aylanmasining hajmining oshishi bilan konveyer transportidan foydalanish unumdorligi oshadi. Konveyer transporti bilan tashiladigan yukning eng ma’qul bo’lgan masofasi 4-6 va 10-15 km va undan yuqorini mos ravishda tekis va kesishgan maydonda tashkil qiladi. Konveyer transporti juda katta foydalanish imkoniyatiga ega (asosan avtomobil va temiryo’l transporti bilan birgaliqda qo’llanilganda). Hozirgi kunda 1000mm dan yuqori bo’lgan bo’lakli qoyasimon tog’ jinslarini tashishga mo’ljallangan konveyerlar ishlab chiqilmoqda, ular konveyer transportining qo’llanilish chegarasini nisbatan kengaytiradi.



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin