Mavzu: Ochiq kon ishlaridan qo‘llaniladigan kon mashinalari va komplekslari


Karyer transportining ishlashida asosiy xavfsizlik qoidalari talablari



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə6/7
tarix20.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#145402
1   2   3   4   5   6   7
ochi kon azish yuklash mashinalari

Karyer transportining ishlashida asosiy xavfsizlik qoidalari talablari
Katta tezlikda ko’plab sonli transportlarning harakati karyer ishchilari uchun xavf tug’durishi mumkin. Faqatgina ishlab chiqarish qoidalariga qat’iy rioya qilinishi karyer transportida ishlab chiqarish zararlarini oldini olishi mumkin. Temiryo’l transportida asosiy XQ talablari. Karyerlarda temiryo’l transportining xavfsizligining asosi bu harakatlanadigan tarkibning sozligi, aloqa vositalari mavjudligi, harakatning boshqariluvi va xizmat ko’rsatish tarkibining kerakli talablarni bilishi. Temiryo’l transportining barcha bino va inshootlari soz holatda bo’lishi kerak. Temiryo’l yo’llarida joylashgan hech bir inshoot belgilangan xafsizlik masofalaridan ichkariga va tashqariga chiqmasligi kerak. Yuklangan vagonlar sun’iy inshootlarga zarar yetkazmasligi uchun (yo’l o’tkazgichlar, tunellar va boshqa) belgilangan o’lchamlardan oshmasligi va shu o’rinda lokomotivtarkib bilan avariyalarga yo’l qo’ymasligi kerak. Poezdlarning xavfsiz harakati faqatgina Texnik foydalanish qoidalarida belgilangan temiryo’l yo’llarining yotqizilish qoidalariga rioya qilgan holdagina ta’minlanadi. 181 Koleyaning belgilangan kengligidan chetga chiqish mumkin bo’lgan qiymatlardan oshmasligi kerak. Asosiy e’tiborni strelkali o’tkazgichlarga qaratish kerak. Rels va pero orasiga turli xil axlatlar, qumlarning tushishi poezdning rels bilan ushlanishini kamaytirishi mumkin va shuning oqibatida poezdlarning relsdan chiqib ketishi ehtimoli mavjud. Temiryo’l yo’llarining avtomobil yo’llari bilan kesishmalarda himoyalanadigan va himoyalanmaydigan qismlari mavjud. Himoyalanadigan qismlar shlakbaumlarga ega bo’ladi va qoidaga ko’ra markazlashgan boshqaruv tizimi ega bo’ladi. Shlagbaumning normal holati bu – yopiq holatidir. Kunning qorong’u paytida va tuman, qor va shamollar vaqtida yo’l kesishmalari yoritilishi kerak. Bundan tashqari harakatlanishning ko’pligida yo’l kesishmalari poezd yaqinlashuvidan ogohlantiruvchi ovozli va yorug’lik signallariga ega bo’lishi kerak. Karyerda ishlaydigan odamlar qat’iy belgilangan harakatlanish tartibiga rioya qilishi kerak. Temiryo’l yo’llariga kelishda xavfning mavjud emasligiga ishonch hosil qilish kerak. Relslar, yoki shpallarning uchidan yurish taqiqilanadi. Yurish faqatgina yo’l oralig’ida yoki yo’l chetidan ru[sat etiladi. Katta harakatga ega yo’llardan o’tishda yer osti tunellaridan yoki maxsus piyodalar o’tish joyidan o’tish kerak. Tarkibning ikkinchi tomoniga vagonlarning tagidan o’tish taqiqlanadi. Temiryo’l yo’llari uchastkalaridagi ta’mirlash ishlari uzoqdan ko’rinadigan qilib yotirilgan bo’lishi kerak. Avtomobil transportida XQ asosiy talablari. Avtomobil transportlarining harakatlanishida (asosan muz va yomg’irli havoda) avtosamosallarning urilib ketishi, kyuvetlarga tushib yoki yo’ldan chiqib ketish xavfi bor. Shu sababli maxsus xizmatlar bu xavflarni oldini olish maqsadida yo’l holatini yaxshi holatda saqlashi kerak. Muzlagan yo’llarga davriy shlak, qum va boshqa materiallar bilan sirpanishni oldini olish maqsadida ishlov berilishi kerak. Avtosamosvallarni pog’ona yonidan tushib ketishini oldini olish maqsadida yuqori qismda (pog’ona qiyaligi tomonidan) tog’ jinsli 0.8-1.2m li val hosil qilinadi. 182 Yo’lning bo’ylama profili shunday bo’lishi lozimki, haydovchiga kerakli ko’rinish yaratilishi lozim. Bu uchun profilning keskin sinishini oldini olish kerak. Qiya tushgichlarni hosil qilishda ulardan xavfsiz harakatlanishni ta’minlash maqsadida aylana radiusining minimal qiymatlari va tushgichlarning tomonlari yaqinligini ta’minlash kerak. Yo’l belgilari soz holatda saqlanishi va kechki payt yoritilishi kerak. Bu haydovchi uchun yo’l holatida mo’ljal olish imkonini beradi va harakatlanishning xavfsiz holatini ta’minlaydi. Liniyaga soz avtomobillarni chiqarishga ruxsat beriladi. Shu sababli har bir avtosamosval yo’lga chiqishdan oldin malakali shaxslar tomonidan qat’iy tekshirilishi kerak. Avtosamosvalning to’xtatish tizimi, boshqaruv tizimi, mufta, uzatish qutisi, signallar, yoritish va nazorat-o’lchov asboblarining sozligiga e’tibor berish kerak. Avtosamosval yuklashga shunday o’rnatilishi kerakki, bunda ekskavatorning cho’michi avtosamosval kabinasi ustidan o’tmasligi kerak. Ekskavator bilan yuklashda avtosamosval ichida bo’lish ta’qiqlanadi (faqatgina yaxshi himoyalovchi yuqori qismga ega avtosamosvallarga ruxsat etiladi). Avtosamosvalni ko’tarilgan kyzov bilan, yuklsh joyiga 30m dan ortiq masofaga orqasi bilan harakatlanish va kabina begona odamlarni tashish taqiqlanadi. Faqatgina ishni xafsiz olib borish bo’yicha mos keluvchi kurslarini o’tagan va ishlab chiqarish tartib intizomiga rioya etuvchi, yaxshi tayyorlangan haydovchilar karyerlarda avtomobil transportini boshqarishga ruxsat etilishi mumkin. Konveyer transportida XQ asosiy talabilari. Konveyer transporti xavfsizlik nuqtai nazaridan eng xavfsiz transport vositasi hisoblanadi. Uning xavfsizligi uncha katta bo’lmagan harakatlanish tezligi va nisbatan turg’un bo’lgan ish holatlari bilan asoslanadi. Lekin bu holatda ham xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaganda ishchi xodimlarr bilan kutilmagan hodisalar ro’y berishi mumkin. Konveyer lentasida odamlarni tashish (hatto harakatlanmaganda ham) ruxsat etilmaydi. Konveyer lentasidan o’tish faqatgina maxsus yasalgan ko’priklardan 183 amalga oshiriladi. Lenta tagidan o’tish faqatgina maxsus belgilangan, lentadan tushadigan tog’ jinslaridan himoyalovchi polkalar bilan himoyalangan joylardan o’tish mumkin. Konveyerga xizmat ko’rsatishni osonlashtirish uchun va konveyer galereyalaridan xavfsiz o’tilishi uchun erkin o’tgichlar bo’lishi kerak. O’tish joylarini tashqi elementlar bilan to’sish ta’qiqlanadi. Konveyerlar maxsus signallar bilan ta’minlanishi kerak.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin