mavzu: ochiq tizimlar termodinamikasi asoslari



Yüklə 23,97 Kb.
səhifə1/3
tarix16.12.2023
ölçüsü23,97 Kb.
#182418
  1   2   3
mavzu ochiq tizimlar termodinamikasi asoslari-fayllar.org


mavzu: ochiq tizimlar termodinamikasi asoslari




9-MAVZU: OCHIQ TIZIMLAR TERMODINAMIKASI ASOSLARI 

(amaliy, 4 soat) 

Ma’lumki, termodinamikaning birinchi qonuni yopiq sistemalarda


energiyaning aylanish va saqlanish qonuni bo’lib, materiyaning aba diyligini hamda 
uning yo’qolmasligini ifodalaydi. Ikkinchi qonuni esa berk sistemalarda
entropiya(tartibsizlik)ning uzluksiz ravishda oshib borishini anglatib, quyidagicha
ifodalanadi:

T

Q

S



(1) 


bu yerda

Q

- sistemaga berilgan issiqlik miqdori, T – esa absolyut 

temperatura.


Entropiya qonuni 1865 yilda Klauzius tomonidan ochildi, keyinchalik bu 
qonunga Bolstman statistik ma’no berdi. Unga ko’ra, “sistemaning entropiyasi
ehtimolligi kichik bo’lgan holatdan entropiyasi yuqori bo’lgan holatga o’tishga 
intiladi”.
Bu qonun uzoq yillar davomida fizikaviy, kimyoviy, biologik, kosmologik va 
boshqa bir qator masalalarni yechishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Lekin, o’z
davrida bu qonunning biosfera kabi ochiq va chegaralanmagan tizimlar uchun 
qo’llash ba’zida noto’g’ri xulosalarga olib keldi. Bunga misol qilib “koinotning
issiqlik o’limi” haqidagi qarashlarni aytish mumkin. Lekin, hozirgi zamon fizikasiga 
binoan koinot ochiq tizimdir va sistema xususiyatlariga qarab, uning entropiyasi
oshishi yoki kamayishi mumkin. Bundan entropiya qonuni tabiatdagi jarayonlarni 
tushuntira olmaydi, degan xulosaga kelmaslik lozim. Faqatgina, yopiq sistemalar
uchun yaratilgan entropiya qonuniga tegishli o’zgartirishlar kiritgan holda uni ochiq 
sistemalarga tadbiq etish kerak.
Ma’lumki klassik mexanika qonunlari XX asr boshlariga kelib yorug’lik 
tezligiga yaqin tezliklarda harakatlanuvchi zarralar, o’lchamlari va massalari juda
kichik bo’lgan mikroskopik jismlarning harakatini tushuntira olmaganligi uchun,
relyativistik mexanika hamda kvant mexanikasining yaratilishiga olib keldi.
Natijada klassik mexanika qonunlari zamonaviy mexanika qonunlarining xususiy 
holiga aylanib qoldi.
Klassik termodinamika qonunlari ham ochiq va statsionar (xususan biologik) 

tizimlarda boradigan muhim termodinamik jarayonlarni tushuntira olmaganligi


sababli, nomuvozanat tizimlar termodinamikasining yaratilishiga sabab bo’ldi. O’z-
o’zidan
klassik

termodinamika


qonunlari 
nomuvozanat
tizimlar 
termodinamikasining xususiy holiga aylanib qoldi. Quyidagi jadvalda klassik
mexanika va termodinamikaning qo’llanish chegaralari keltirilgan.(1-jadval) . 


Yüklə 23,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin