Va yana bir yangi xususiyat, tarozilar uchun majburiy va iste'molchi talab qiladi - bu eng kichik tortish chegarasi (LWL). Standartning qadimgi versiyasida bu xususiyat faqat namunali tarozilar uchun berilgan, chunki u tekshirilishi kerak bo'lgan vazn massasining eng kichik qiymatini aniqlagan. Ishlab chiqaruvchining foydalanish bo'yicha qo'llanmada ko'rsatilgan muvozanat xatosini qaysi eng kichik tortish chegarasidan kafolatlashini bilish qanchalik muhimligini hamma biladi. Va endi bu xususiyat yangi standartda majburiy deb belgilangan bo'lib, u tarozi yorlig'ida ham joylashtirilgan. Yangi standartdagi eng kichik tortish chegarasini standartlashtirish "d" hisoblashning diskretligi orqali amalga oshiriladi. XULOSA Xulosa qilib aytganda, zamonaviy o’lchashda turli usullar va qarashlardan foydalaniladi. Har bir usul o’ziga xos bo’lib, universal xususiyatga egadir. Kurs ishini yozish mobaynida o‘lchash va uning turlari, qanday o ‘lchash haqida hamda o‘lchash qoidalari, bundan tashqari elektron tarozilar, ularning turlari, ishlatilish sohalari, hisoblash tarozilarini yoritishga harakat qildim. Elektron tarozilar ishlatilish sohasi qarab turli xil ekanligini angladim. Tarozilar qancha yuk tortishiga qarab sohalarga qo’lanilishi kerakligini ham kurs ishida yoritishga urundim. Kurs ishi yanada tushunarli va chiroyli chiqishi uchun rasmlar, chizmalar va giflardan foydalandim.
Zamonaviy metrologiyaning mohiyati, ahamiyati fan-texnikaning rivojlanishida nihoyatda beqiyos boʻlib, u bilan bogʻliq muammolarni yechishda keng imkoniyatlarni ochib bermoqda.
Metrologiya sohasida keng koʻlamda olib borilayotgan ishlar uning fantexnikadagi va kishilik jamiyatining taraqqiyotidagi roli nihoyatda yuqori ekanligidan dalolat beradi va albatta jamiyatning taraqqiyoti oʻlchashlarning holati, imkoniyatlari va uning metrologik ta’minoti bilan belgilanadi.
Mahsulotni ishlab chiqarish va uning yuqori sifatliligini ta’minlash, texnologik jarayonlarni boshqarish, sifatni nazorat qilish va boshqarish jarayonlarida metrologik bilimlarning ahamiyati juda kattadir.
Hozirgi vaqtda hech bir mutaxassis ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni sifatli tavsiflaydigan aniq oʻlchashlarsiz tasavvur qilolmaydi. Muammo qanchalik murakkab boʻlsa, uning yechimida oʻlchashlarning ahamiyati shunchalik katta boʻladi.
Bugungi kunda oʻlchash natijalari foydalanilmaydigan inson faoliyati doirasi yoʻq. Ishonchli oʻlchash axboroti xalq xoʻjaligi boshqaruvining barcha darajada iqtisodiyot va tekshiruvning asosi boʻlib hisoblanadi.
Shunday qilib, har qanday xalq xoʻjaligi masalasining muvaffaqiyatli yechimi, hoh u energetikani, transportni yoki qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻlsin, bugun uni mustahkam metrologik poydevorsiz tasavvur etib boʻlmaydi.
Buning barchasi nazariy metrologiyada ham, qonunlashtiruvchi metrologiyada ham, amaliy metrologiyada ham yechiladigan masalalarning xilmaxilligi, murakkabligiga va javobgarligiga sabab boʻladi. Inson dunyoni anglashda oʻzining moʻljallaganlarini koʻradi.