Mavzu: oila iqtisodiyoti reja: Mek-84 Hamidov anvar



Yüklə 150,93 Kb.
səhifə3/5
tarix18.06.2022
ölçüsü150,93 Kb.
#61765
1   2   3   4   5
OILA IQTISODIYOTI mek-84 Hamidov Anvar

Oila iqtisodiyotida Oila psixologiyasi Har qanday davrda ham jamiyat va davlat aholi sonining bir maromda o’sib borishi, muayyan an’analar va muqaddas udumlarning saqlanib, avloddan-avlodga etkazilib turilishidan manfaatdor bo’lgan. Buyuk rus psixologi A.N.Leontev avlodlararo muloqotning jamiyat taraqqiyoti uchun ahamiyatini o’rganib, ilk asarlaridan birida agar shunday muloqot bo’lmaganida, taraqqiyotning o’zi ham mutloq bo’lmas edi, deb ta’kidlagan. Bu vazifani bajarishda jamiyatning muhim bo’lagi bo’lmish oilaning roli kattadir. Demak, oila ijtimoiy institut sifatida eng avvalo tug’ilish orqali aholining ma’lum miqdorda muttasil o’sib borishi, odamlar o’rtasida migratsiya, ya’ni u erdan bu erga ko’chib turish yoki o’lim okibatida kamayib boradigan miqdorini to’ldirish vazifasini bajaradi. CHunki ijtimoiy hamda iqtisodiy rivojlanish uchun mehnat resurslari va ishchi kuchining yangilanib borishidan jamiyat ham, odamlar ham manfaatdordir. Bundan tashqari, har bir jamiyatning betakror qadriyatlari, o’lmas merosi, avloddan avlodga o’tib boradigan an’analari bo’ladi. Fuqarolik holatlari, madaniy o’sish, ma’naviy yuksalishga xizmat qiluvchi qadriyatlarning saqlanib kelayotganligi ham oila tufaylidir. Masalan, shunday oilalar sulolasi borki, ular asrlar osha u yoki bu muqaddas qadriyatlarni kasb-kori, turmush tarzi orqali saqlab keladi (rassomchilik, san’atshunoslik, hunarmandchilik, gulchilik, kulolchilik, ilmiy meroslar, agrar sohada va h-zo). Umuman odamlar jamiyatining saqlanib qolishida ham oila ayrim alohida olingan shaxs bilan yaxlit jamiyat o’rtasida o’ziga xos “bufer” – ko’prik rolini o’ynab kelmoqda. Zero, madaniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab, avloddan-avlodga etkazishda davlat va jamiyatdagi ta’lim muassasalari, madaniyat o’choqlarining ham muayyan roli bor, lekin ularda o’zgarishlar tez-tez ro’y bergani sababli, ularning avlodlararo muqaddas sanalib kelinayotgan qadriyatlarni asrab-avaylashdagi roli oilachalik yuqori bo’lolmaydi. SHuning uchun davlat oilaning mustahkam va farovonligi, odamlarning unda tinchlik, xotirjamlikda yashashlaridan hamisha manfaatdor ekanligi sababli ham muayyan qonunlar va yuridik tizimni ushlab turadiki, ular orqali nafaqat nikohning o’zi, balki ota-ona va farzandlar o’rtasidagi munosabatlarni ham muvofiqlashtirib boradi. O’zbekistonda yosh oilalarga ko’rsatilayotgan muruvvatlar, bola tug’ilishi va katta bo’lishi uchun suyunchi pulinafaqalarning belgilanishi, onalik va bolalikning ijtimoiy muhofaza qilinayotganligi, ota yoki ona farzand oldida o’z burchini bajarmagan taqdirda moddiy, ma’naviy, hatto, jinoiy sanktsiyalar orqali jazolanishi ushbu noyob maskanni mustahkamlash, u orqali milliy va umuminsoniy qadriyatlarni keyingi avlodlar uchun saqlash vazifasini bardavom etishdan iboratdir. Tahlil etiladigan bo’lsa, odamlar o’rtasida ro’y beradigan ko’plab munosabatlar orasida faqat oilaviy munosabatlargina davlat tomonidan shunchalik ardoqlanadi, masalan, sevgi-muhabbat, do’st-yoronlik, odamlar urtasidagi oldi-sotti, tadbirkorlik. mehnat munosabatlariga davlat deyarli aralashmaydi.


Yüklə 150,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin