Mavzu: oila iqtisodiyoti reja: Mek-84 Hamidov anvar



Yüklə 150,93 Kb.
səhifə2/5
tarix18.06.2022
ölçüsü150,93 Kb.
#61765
1   2   3   4   5
OILA IQTISODIYOTI mek-84 Hamidov Anvar

Oilada nigoh Beker, nikoh, agar ikkalasining foydasi, turmush qurmaganlarning foydasidan oshib ketganda sodir bo'ladi, deb muhokama qiladi. Ushbu yutuqlarni uy xo'jaligi ishlab chiqarishidagi mehnat taqsimoti va bu ikkalasining taqqoslama ustunligi kimga tegishli ekanligi bilan bog'lash mumkin.[56] Nikohlar bir paytlar yolg'iz odamlar to'lagan xarajatlarni endi ikki kishiga taqsimlash mumkin degan ma'noda katta ustunlik beradi. Bu ikkala odam uchun ham avvalgiga qaraganda pastroq xarajatlarni keltirib chiqaradi.[57] Ikkita odam ishlab chiqarish darajasi tufayli tannarxni tejash ko'payganligi sababli, miqyosli iqtisodlar oshadi. Nikohlar iqtisodiyotga ta'sir qiladi, chunki endi ular mehnat taqsimotini yaratmoqdalar. Turmush qurgandan so'ng, ular qaysi turmush o'rtog'ingiz uyda qolish foydali bo'lishini va qaysi turmush o'rtog'ingiz ishlash yaxshiroq bo'lishini hal qilishlari kerak. Uy ishlari bilan taqqoslaganda bozorda o'tkaziladigan vaqt har birida kimning qiyosiy ustunligi borligiga qarab belgilanadi. Ikkala shaxs asosan bozorga qancha ishchi kuchi etkazib berishni hal qilishmoqda. Nikoh xarajatlari qimmat bo'lishi mumkin. Katta qaror qabul qilishdan oldin har ikkala shaxs ham daromad va ularning moliyaviy holatini hisobga olishlari muhimdir. Mehnat bozoriga nazar tashlaydigan bo'lsak, nikoh muvozanatda bo'ladi. Ishchi kuchiga bo'lgan talab va taklifdan ortiqcha har qanday narsa ajralish imkoniyatini keltirib chiqaradi

Oilaning iqtisodiy funktsiyasi nimadan iborat?


Oilaning iqtisodiy funktsiyasi nimadan iborat?Oilaning iqtisodiy funktsiyasi uning asosiy funktsiyalaridan biri hisoblanadi. Oila iqtisodiy, budjeti, daromadini rejali sarflash, kundalik xarajatga, zarur buyumlarga pul ajratish, bir necha yildan so’ng olinadigan narsalarga mablag’ yig’ish, tejamli ro’zgor yuritish er-xotinning katta tajriba, malakaga ega bo’lishiga bog’liq. SHuningdek, oilada o’sayotgan farzand xam mana shu malaka va ko’nikmalarga ega bo’lib borishi zarurligini unutmagan xolda o’g’il-qizga iqtisodiy masalalarni xal etishni o’rgata borish lozim. Keyingi yillarda ro’zgorda yuzaga kelayotgan iqtisodiy muammolar oiladagi shaxslararo munosabatlarga salbiy ta’sir etishi bilan birgalikda farzandlar bilim saviyasining pasayishiga xam olib kelmoqda. Bunday noxush xolatlarning oldini olish maqsadida moddiy kiyinchiliklar tufayli xosil bo’ladigan muammolarni bartaraf etishda odamlarga psixologik yordam ko’rsatish lozim.
Oila o’zining shu funktsiyasi tufayli jamiyatga, davlatga katta iqtisodiy foyda keltiradi. Masalan, bola tarbiyasi, bolani iqtisodiy ta’minlash borasidayok uning jamiyatga keltirgan foydasi katta miqdorini tashkil etadi. Buni davlat tomonidan, davlat muassasalarida (bolalar uylarida) bir bolani 16-18 yil tarbiyalab, ishchi kuchi sifatida etishtirish uchun (uni bokish, kiyintirish, o’qitish, moddiy ta’minlash va sh.k ) davlat tomonidan har bir bolaga sarflanadigan mablag’ va aynan shunday ishchi kuchini oilada tarbiyalash uchun beriladigan nafaqa pullari miqdorini solishtiradigan bo’lsak, o’rtadagi farq birinchilar foydasiga bir necha yuz ming so’mni tashkil qiladi.
Tasavvur qilishga osonroq bo’lishi uchun aytish mumkinki, har bir bolani voyaga etkazish uchun oila davlatga kamida bitta “Neksiya” avtomashinasi qimmati miqdorida iqtisodiy foyda keltiradi. Bu boradagi, ya’ni xar tomonlama kamol topgan ma’naviy-ahloqiy etuk, jismoniy-psixologik sog’lom shaxsni shakllantirishning ma’naviy-ahloqiy qimmatini esa xech qanday iqtisodiy mezon bilan ulchab bo’lmaydi.
Bu oilani iqtisodiy funktsiyasini atiga birgina shaxsni shakllantirishdagi foydasini ko’rsatish xolos. Oilda xo’jalik yumushlarini yuritish, ro’zgorning yulga kuyilishi, oilada moddiy ne’matlar ishlab chikarish, fermer xujaligi, shaxsiy ishlab chikarish qabilar uning jamiyat oldidagi iqtisodiy funktsiyasi va ahamiyatini tobora ortiraveradi.

Yüklə 150,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin