Mavzu: Oila jamoasini jipslashtirish metodikasi. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism. I bob. Oila jamiyatning asosiy bo`g`inlaridan biridir


Oilani parokandalikka olib keuvchi va jipslashuviga ta`sir ko`rsatuvchi omillar



Yüklə 32,5 Kb.
səhifə5/10
tarix20.11.2023
ölçüsü32,5 Kb.
#162764
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
kurs ishi

1.3. Oilani parokandalikka olib keuvchi va jipslashuviga ta`sir ko`rsatuvchi omillar.
Respublikamizning viloyatlarida olib borgan tadqiqotlarimizdan maʼlum boʻldiki, oilalar barbod boʻlishiga quyidagi omillar asosiy sabab boʻlmoqda:
Psixologik omil — oiladagi ogʻir psixologik muhit, oʻzaro tushunishning yoʻqligi, oiladagi doimiy nizolar, ota-onalarning yosh er-xotin hayotiga aralashishlari, yosh er-xotinlarni begonalashtirib qoʻyish, bir-biriga befarqlik.
Ijtimoiy omil — ichkilikbozlik, farzandsizlik, er yoki xotinning salomatligi yaxshi emasligi;
Maʼnaviy-axloqiy omil — er-xotindan birining uzoq vaqt davomidagi nikohdan tashqari aloqalari.
Iqtisodiy omil — turarjoy sharoitlarining qoniqarli emasligi, moddiy yetishmovchilik, ishsizlik, erning oilani taʼminlamasligi, mehnat migranti sifatida chet elga ketgan er-xotindan birining oilasi bilan aloqasi uzilgani, qarzlarni uzolmaslik.
Eʼtirof etish lozim, hozirgi kunga qadar 11800 dan ortiq nizoli oilalarning ishi sudga yetib bormasdan, FHDYO organi va sudga ajrashish uchun ariza bergan 3100 dan ziyod oilalarni esa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yarashtirishga erishildi. Umuman, buzilib ketish arafasida turgan 14645 ta oila saqlab qolindi.
Olib borilgan tadqiqotlarimiz xulosalariga tayanib, ajrashishlarning oldini olish, oilalarni mustahkamlashga qaratilgan qator takliflar ishlab chiqdik. Bizningcha, eng avvalo, mahalla fuqarolar yigʻinlari huzuridagi Yarashtirish komissiyalari va “Ota-onalar universiteti” tuzilmalari uchun malakali kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish zarur. Oila qurayotgan fuqarolarni tegishli qonunchilik asosida er-xotinning huquq va majburiyatlari, xususan, nikoh shartnomasini tuzish tartiblari, shart-sharoitlari, oqibatlari yuzasidan huquqiy savodxonligini oshirish lozim. Bu borada keng qamrovli targʻibot ishlarini yuritish, tegishli uslubiy qoʻllanmalar yaratish, metodik tavsiyalar ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Umumtaʼlim maktablaridan tortib, oliy oʻquv yurtlarining dasturlarigacha oila saboqlarini oʻrgatuvchi dars mashgʻulotlarini kiritish foydadan xoli boʻlmaydi.
Joylardagi oʻrganishlarimiz shuni koʻrsatmoqdaki, bugun oila atalmish muqaddas dargoh ostonasidan xatlayotgan koʻpchilik yoshlarimiz, afsuski, mustaqil hayotga na iqtisodiy, na maʼnaviy, na huquqiy, na ruhiy va na diniy-maʼrifiy tomondan tayyor. Bu muammoga yechim izlab Toshkent viloyatining Parkent tumanida FHDYO organiga nikohdan oʻtishga ariza bergan boʻlgʻusi kelin-kuyovlar uchun maxsus oʻquv-kursi tashkil etib, bir oy mobaynida ularning bilim va koʻnikmalarini oshirishga harakat qildik. 15 juftlikka oʻz kasbining mohir ustasi boʻlgan mutaxassislar tomonidan interaktiv, innovatsion usullarda mashgʻulotlar oʻtildi. Parkent tumanida izchil davom ettirilayotgan bu oʻquv-kursi yoshlarga nihoyatda maʼqul kelgani bois ushbu tajribani butun respublikamiz boʻylab ommalashtirmoqdamiz. Yaqin kunlar ichida esa markazimizning Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikdagi loyihasi — Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida “Boʻlgʻusi kelin-kuyovlar innovatsion maktabi” faoliyat boshlayapti. Bundan tashqari, mutaxassislarimiz tomonidan Namangan viloyatida oila masalalariga yangicha innovatsion yondashuv joriy etilmoqda. Buning uchun avval oilaga koʻrsatiladigan xizmatlar Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi qator muassasalar bilan hamkorlikda kompleks oʻrganib chiqildi. Oilalar bilan ishlash boʻyicha treninglar tashkil etish orqali soha mutaxassislariga mukammal bilim va koʻnikmalar berildi.
Oʻz navbatida, “Oila” markazining mutaxassislari davlat hamda nodavlat tashkilotlariga oilaga xizmat koʻrsatishni taʼminlab beruvchi mutaxassis sifatida yaqinlashtirilmoqda. Natijada murakkab sharoitda qolgan, muammoli oilalar davlat xizmatidan bahramand boʻlyapti. Ayni vaqtga qadar Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi oilalar holati toʻliq ilmiy-amaliy tahlil qilinib, 84 tasini nochor holatdan chiqarish boʻyicha har biri uchun alohida “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqildi va ushbu hujjatlar hayotga joriy etilayotir.
Markazimiz boʻyicha 10000 dan ortiq notinch oilalar aniqlanib, barcha hududiy boʻlinmalarimizda maʼlumotlar bazasi shakllantirildi hamda ular bilan individual ish olib borilyapti. Shu bilan birga, 4343 ta oʻta nochor oilaning asosiy muammolarini hal etish boʻyicha tumanlardagi sektorlar, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amaliy yordam berish choralari ishlab chiqildi. Oilaning ichki munosabatlari, shaxslararo munosabatlar, boy madaniy tarixiy meros va anʼanaviy oilaviy qadriyatlarni saqlashda muammolari boʻlgan 3819 ta oila bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa yoʻlga qoʻyildi. 1,5 milliondan ortiq namunali oilalar boʻyicha maʼlumotlar bazasi shakllantirildi.
Albatta, oilalar bilan ishlashda soha mutaxassislaridan yuqori bilim hamda koʻnikma, oʻziga xos tajriba talab etiladi. Shuni eʼtiborga olib, markazimizning viloyat boshqarmalari qoshida tashkil qilingan kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha maxsus oʻquv-kurslarida, birinchi navbatda, markaz hamda hududiy boʻlinmalari xodimlari uchun oʻquv-kurslari tashkil etilib, mashgʻulotlarni oʻtaganlarga maxsus sertifikatlar berildi. Hozirgi kunda esa butun respublika boʻylab mahalla fuqarolar yigʻinlarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislari oʻquvlari izchil davom ettirilmoqda.
Oila instituti sohasida markazimiz bir qator davlat va nodavlat, xalqaro tashkilotlar bilan ham oʻzaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlamoqda. Ayni paytga qadar 20 dan ortiq tashkilotlar bilan Memorandum imzolanib, faol hamkorlik oʻrnatildi.
Shu oʻrinda alohida taʼkidlash joiz, joriy yilning 27 iyun kuni Prezidentimiz qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlangani ham yurtimizda oilalar farovonligi uchun davlat hamda jamiyat astoydil qaygʻurayotganining hayotiy ifodasi boʻldi.
Ushbu Konsepsiyani amalga oshirishdan koʻzlangan asosiy maqsad mamlakatimizdagi har bir oilaning huquq va manfaatlarini toʻliq roʻyobga chiqarish, ular uchun munosib turmush sharoitini yaratish, oilaviy munosabatlar muvozanatini taʼminlash, oila farovonligini oshirish, muxtasar aytganda, oila institutini har tomonlama qoʻllab-quvvatlagan holda, davlatimizning izchil va barqaror taraqqiyotiga erishishdir. Niyatimiz, har bir oila maʼnaviy sogʻlom, baxtli va xotirjam hayot kechirsin. Oila bagʻrida ulgʻayayotgan farzandlar komil inson sifatida voyaga yetib, davlatimizning kuchiga kuch, qudratiga qudrat qoʻshaversin.
Zero, oila jamiyatning asosiy boʻgʻini ekan, uning mustahkam boʻlishi, farovonligi davlatimiz va jamiyatimiz ravnaqiga xizmat qilishi, shubhasizdir.



Yüklə 32,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin