6- mavzu. Oila pedagogikasi va uning milliy o‘ziga xos xususiyatlari. 2 soat Reja: Oila fuqarolik jamiyati institutlarining asosiy bo‘g‘ini.
Oila instituti xalqimiz hayoti, istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha jabhalarda hayotga tatbiq etilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishda muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, oila mamlakatimiz taraqqiyotining hal qiluvchi kuchi bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashda alohida ahamiyat kasb etadi. Oila uchun xos bo‘lgan avlodlar vorisiyligi xalqimizning eng yaxshi an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirish, jamiyatimizning ma’naviy, ma’rifiy asoslarini mustahkamlashda muhim omil bo‘lmoqda.
Oila pedagogikasining metodologik asoslari. Oila pedagogikasining shakllanish jarayonlari haqida.
Oila pedagogikasi, o‘z ustida ishlashi, izlanishi tanlanga vosita usullarini qo‘llashi va natijasini ko‘ra bilishini hamda tarbiyachilik san’atiga ega bo‘lishi uchun o‘rgatuvchi fandir. O‘zbekistonda oila pedagogikasining asosiy vazifalari. Oilaning jamiyatdagi ijtimoiy maqomi.
Jamiyatning asosiy bo‘g‘ini boimish-oilalaming vazifalari turli-tuman.Har bir oila ijtimoiy tizim sifatida jamiyat oldida quyidagi asosiy funqsiyalarni bajaradi: iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy, reqreativ, qommuniqativ, regulativ (boshqaruv).Oilaning iqtisodiy funqsiyasi uning asosiy tarbiyaviy funqsiyasidir. Bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy etsetiq tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoning faqat poydevorini koyish bilan cheqlanmay, balqi uning so‘ngi g'ishti qo'yilgiincha javobgardir. Jamiyatning qomil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining muhim funqsiyasi darajasiga qiradi. Chunqi shaxsning ijtimoiylashuvi dastaval oilada amalga oshadi
Oila tarbiyasi. Bolalar tarbiyasida oila, maktab, mahalla xamkorligi. Oilaviy qadriyatlarning shaxs tarbiyasiga ta’siri. Tarbiya jarayonidagi mediatsiya institutlari.
Oila tarbiyasi — oilada otaona, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy taʼsirchan kuch — oilada ruhiy xotir-jamlik, samimiy munosabat, ota-ona obroʻsining yuqori boʻlishi, bolalarga talab qoʻyishda oila kattalari oʻrtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida eʼtibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qoʻyish, oilada qatʼiy rejim va kun tartibini oʻrnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlari-nl hisobga olish, boladagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qoʻllabquvvatlash va h.k. Oila qanchalik tartibli, uning aʼzolari oʻrtasidagi munosabat samimiy boʻlsa, Oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi. Oila tarbiyasida ota-ona obroʻsi, ularning kuzatuvchanligi, sezgirligi, hozirjavobligi muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Oila tarbiyasida tarbiya jarayoni zerikarli, quruq nasihatgoʻylikdan iborat boʻlib qolmasligi lozim. Bola hayotining koʻp qismi oilada oʻtadi. Shu boisdan mavjud anʼanalar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy taʼsirida bola asta-sekin ka-mol topib boradi.
Topshiriq Keys bayoni Oshxonada ovqat tayyorlayotgan onasining yoniga kelgan 2-sinf o‘quvchisi Sardor kartoshkani tozalamoqchi bo‘ldi. Biroq, onasi: “Pichoqni joyiga qo‘y! U o‘g‘il bolalar qiladigan ish emas!”, - dedi. Sardor katoshkani tozalashni juda-juda xohlagani uchun pichoqni joyiga qo‘yishni xohlamadi. Bundan jahli chiqqan onasi uning qo‘lidan pichoqni tortib oldi. Onasining keskin harakatlaridan qo‘rqib ketgan Sardor yig‘lab yubordi va o‘zining xonasiga chiqib, ketdi.
Keys savollari Onasi bu kabi keskin harakatlarni Sardorning shikastlanishdan saqlab qolish uchun qildimi?
-Ha 2. Bu vaziyatda ona qanday yo‘l tutganda to‘g‘ri bo‘lardi? U to’g’ri yo’l tutdi 3.bu vaziyatda oila tarbiyasi to’g’ri tashkil etiladimi? Farzand tarbiyasi Keys tahlili Darhaqiqat, pichoq xavfli sanaladi. Shu sababli ko‘p holatlarda kattalar bolalarga pichoqqa tegishni man qiladilar. Sardorning onasi ham ana shu nuqtai nazardan yondashgan holda pichoqni o‘g‘lining qo‘lidan tortib oldi. Talabalar uchun ko‘rsatmalar: 1.Keys mohiyatini yetarlicha anglab oling. 2.Muammoning samarali yechimini ifodalovchi tarbiya metodlari tizimini aniqlang. 3.Aniqlangan tarbiya metodlari tizimi orasidan muammoga ko‘proq dahldor bo‘lgan metod (yoki ikkita metod)ni ajrating. 4.Yechimni bayon eting.