Mavzu: Oila va oilaviy qadriyatlar ma'naviy
madaniyatning bosh omili
Guruh: I-110
Bajardi : Urazaliyeva N
Tekshirdi: ________________.
.
MUSTAQIL ISH
ANGREN UNIVERSITETI
Fan: Falsafa
REJA:
Kirish
1.
Oila va qadryat.
2. Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari.
3. O`zbekiston Respublikasida Oila Kodeksining
qabul qilinishi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
Oila - bu muhabbat va hurmatda yaratilgan insonlar va qonunlarga ega bo‘lgan kichik davlat. Har
bir mustahkam va birlashgan oilada o‘zlarining oilaviy qadriyatlari mavjud bo‘lib, bu jamiyatning
tuzilishiga, butunligini saqlashga yordam beradi. Oila va oilaviy qadriyatlar har bir inson hayotining
asosi hisoblanadi. Aynan oilada shaxsiy rivojlanish boshlanadi, chunki qadriyatlar yaxlit tabiatning
uyg‘un rivojlanishi uchun zarur ko‘nikmalarni singdira boshlaydi.
Oila va qadriyatlar abadiy bir-biri bilan chambarchas bog‘langan va alohida mavjud emas.
Agar oila yo‘q bo‘lsa, unda oilaviy yo‘nalish bexosdan o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Agar biz har bir
oilaning oilaviy qadriyatlari haqida gapiradigan bo‘lsak, unda hamma uchun farq qiladi.Ba'zilar
ota-ona, qarindoshlik, turmush qurish, sog‘liq kabi qadriyatlarni ta'kidlashadi. Oilada
qadriyatlarning asl mezoni quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1. Sevgi;
2. Bolalar;
3. Adolat;
4. Sog‘lom turmush tarzi;
5. Hurmat;
6. An'analar.
Bolalarning ahamiyati - bu jamiyat, qarindoshlar va do‘stlar, shuningdek shaxsning bolalarga,
oiladagi ma'lum bir bolalarga bo‘lgan munosabatining ijobiy darajasi. Oila uchun hayotdagi asosiy
qadriyatlar, barcha oila a'zolarining hamjihatligini, ishonchini va sevgisini mustahkamlaydigan
muayyan axloqiy tamoyillarga rioya qilishga intiladi.Oila a'zolaridagi sevgi - bu oilaning muhim
qadriyatidir va agar siz ushbu tuyg‘uni saqlab qolishni istasangiz, oilangizga ularni sevishingizni
eslatib turing. Sevgi haqida gapirish faqat so‘zlar emas, balki choy ichish va sovuq qish oqshomida
suratga tushish, sham yorug‘ida kechki ovqat, oilada sayr qilish.Madaniyatni, xususan ma’naviy
madaniyatni bilmasdan, o‘rganmasdan turib, ma’naviy meros to‘g‘risida gapirish ancha mushkul.
O‘zbek oilasida vataniga, xalqiga, oilasiga, istiqlol g‘oyalariga sadoqatli, fidokor, mustaqil
fikrlaydigan, dunyo qarashi keng, e’tiqodi yuksak, iqtidorli, tashabbuskor, mas’uliyatli, ma’naviy
va jismoniy barkamol avlodni voyaga yetkazish kelajagi buyuk O‘zbekistonning gullab-yashnashi
uchun garovdir. Yuksak ma’naviyatga ega ota-ona oilaning mohiyati, qadri, burch, mas’uliyat, oila
vazifalari, oilada barkamol farzand tarbiyasi, oilani moddiy jihatdan ta’minlash, uning
osoyishtaligini saqlash kabi vazifalarni anglab yetadi va unga amal qiladi. Yuksak ma’naviyatli ota-
ona farzandlarini insonparvar, vatanparvar, axloqiy jihatdan pok, bilimli, kamtar, oliyjanob qilib
tarbiyalaydi. Yana shuni ham alohida ta’kidlash joizki, oila qadriyatlari - bu barcha oila a'zolari
hurmat qiladigan, oilaviy munosabatlar uchun mustahkam poydevor bo‘lgan fazilatlar,
xususiyatlar, harakatlar. Yaqinlar bilan doimiy muloqot, do‘st odamlarning yaqin qarindoshlari
yaqin ekanligiga ishonch hissi odamda xotirjamlikni uyg‘otadi.U har doim har qanday hayotiy
vaziyatda ularning yordamiga umid qilishi mumkin.
O`zbekistan Respublikasining mustaqillikka erishishi jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga
oshirilayotgan poklanish, oila, oilaviy muiosabatlar, oilada ma’naviy va jismoniy barkamol yosh
avlodni tarbiyalash borasida ham jiddiy o’zgarishlar qilishni ta qozo etdi. Jumladan: oilaning
jamiyatdagi o’rni, oilaviy munosabatlarga bog`li q milliy an’analar, sermazmun milliy
kadriyatlarning ildizlari ajdodlarimiz merosini o’rganish va ommalashtirish, milliy oilaviy tarbiyada
umuminsoniy qadriyatlarning o’rnini yuksaltirish va uning oilada uyg`unlashuvini ta’minlash,
o’zbek oilasiga xos xususiyatlarni (mentalitetini) yaratish va keng targ`ib etish jamiyatning asosiy
negizi hisoblanmish oilani isti qlol mafkurasiga mos shaklan va mazmunan shakllantirishning
garovidir.Har bir millatning ma’naviy boyligi milliy va umuminsoniy qadriyatlarning birligidan
tashkil topadi. Ma’naviy meros utmishning yutug`i. Uni to’la, odilona egallash va rivojlantirish esa
xozirgi avlodning vazifasidir. o’z madaniy merosini, qadriyatlarini bilmaslik yoki mensimaslik man
qurtlikdir, Ularni boyitib, yuksak darajaga ko’tarishga intilmaslik esa millat va uning isti qloli
uchun fojeadir. Ma’naviyati yuksak darajada rivojlangan insongina isti qlol, vatanimizning ulug`
bir kelajagi uchun mehnat qilishga o’zida kuch va qudrat topa oladi.
Oila-ayni vaqtda jamiyatning o‘ziga xos ijtimoiy muassasasidir. Oila jamiyatning o‘zviy qismi
bo‘lganligi uchun u qancha mustaxkam bo‘lsa, jamiyat ham shuncha mustaxkam bo‘ladi.
-O‘zbek oilasining o‘ziga xos birqator xususiyatlari mavjuddir:
-O‘zbek oilasining o‘zoq tarixiy o‘zgarishlar natijasida shakllanib kelganligi;
-O‘zbek oilasining aksariyat urf-oddatlari, marosim va an’analari islom qoidalariga va axloq
normalariga asoslanganligi;
O‘zbek oilasi qadimiy tarixiy boy an’analarga ega ekanligi hamda buyuk insonlarni yetishtirganligi;
oilaning kup bolali bo‘lishga asoslanganligi;
O‘zbek oilasining mehmondustligi va bagrikengligi;
Oila jamiyat tomonidan muxofaza etiladi-deganda respublikamizda faoliyat yurityotgan jamiyatlar
va jamgarmalar tomonidan oilaga moddiy, hamda ma’naviy yordam berilishi tushuniladi.Davlat
tomonidan oilalarga kun sayin g‘amxo‘rlik qilish unga har taraflama yordam berish insonparvar
demokratik Xalqimizda shunday milliy odat, an’anava fazilatlar borki, ular boshqa xalqlarda
yo‘qligidan tashqari insoniyat ma’naviyatining nodir zarvaraqlari sifatida boshqalarda hayrat
uyg‘otishga imonim komil. O‘zbek xalqi azaldan jamoa tuyg‘usiga moyil, — degan edi I.A.Karimov.
— Bizlar to‘yda ham, azada ham yonma-yon turib, oddiy kunlarda ham bir-birining holidan xabar
olib, kattaning hurmatini, kichikning izzatini joy-joyiga qo‘yib, beva-bechoralarning,
yetimyesirlarning boshini silab, xullas, odamgarchilikni barcha narsadan ustun qo‘yib yashagan
insonlarning farzandlari bo‘lamiz». Jamoaga suyanish va jamoatchilik fikrini hurmat qilish
xalqimizning eng olijanob fazilatidir. Buni mahallalardagi ijtimoiy-axloqiy rasm-rusumlar isbot qilib
kelmoqda. Birgina to‘y marosimimizning o‘zini milliy fazilatlarimizning guldastasi desa bo‘ladi.
O‘zbek xonadonidagi birorta to‘y kengashsiz, maslahatsiz o‘tmaydi. Hatto kelin va kuyov
tanlashdan boshlanadigan odatlarimiz ham kelajakdagi yosh oilaning tinch-totuvligini nazarda
tutadi: kimning farzandi, ota-onasi qanday odamlar, mahalla-kuyda obrusi qanaqa, mustaqil oila
tebratib ketishga qurbi yetadimi, yomon qiliq, yoki odatlari yo‘qmi, qarindosh-urug‘lari qanday
odamlar, hatto avlodajdodlarida biror anduhik alomatlari bo‘lmaganmi? Bu savollarga ijobiy javob
olingachgina ikki tomon o‘z rozi-rizoligini beradi. Bunday odatlarimizning nimasi yomon? ha, deb
bunday savollar bilan kelin yo kuyov izlansa, yoshlarning mustaqilligi, muhabbati poymol
etilmaydimi, degan fikrlar bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri, ba’zan ota-ona obro‘si muhabbatdan ustunlik
Oila tashkil bo`lishi va rivojlanishida bir necha bosqichlarni o`z boshidan kechiradi.
Dastlabki bosqich – Oilaning tashkil bo`lish davrining o`z ichiga olib, bu davrda oilada er-xotin o`rtasida yangi
munosabatlar shakllanadi. Bu o`ziga xos turli oilalarda tarbiyalangan va turli tabiatga ega kishilarning bir-biriga
moslashish davri bo`lib o`rtacha bir yilgacha davom etadi. Bu davrda oilaviy moddiy sharoitlar, uy-joy va ruhiy
mikro iqlim yaratiladi. Oila sog`lom turmush tarzini shakllantirish “maydonchasi” bo`lib, har bir insonning
dastlabki gigiyenik ko`nikmalarga o`rganishi, undagi sog`lom turmush tarziga bo`lgan dunyoqarashning
shakllanishi aynan oilada boshlanadi.
Ikkinchi bosqichda uy-joy sharoitlarini yaratish davom ettirilishi bilan bir qatorda oilada bolalarning tug`ilishi va
ularning dastlabki tarbiyasi masalalari kun tartibiga chiqandi. Odatda, oilalar yanada mustahkamlanish davrini
o`taydi. Bu davrda er-xotinning bir-biriga nisbatan hurmatda bo`lishi, bir-birini qo`llab- quvatlashi, xalq
maqollarining birida aytilganidek, “er-xotin qo`sh xo`kiz” qabulida ish tutilishi oilani yanada mustahkamlaydi,
bolalar tarbiyasiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Oilaning rivojlanishidagi uchinchi bosqich – bu oilaning barqarorlashuvi bo`lib, bunda odatda oilaning moddiy
sharoitlari asosan yaratilgan bo`ladi, er-xotin e`tibori joriy masalalarga qaratiladi. Er-xotin bir-birini yaxshi
o`rganganligi tufayli vujudga kelgan totuvlik oilada bola tarbiyasiga ham, oila jipsligiga ham ijobiy ta`sir
ko`rsatadi.
Oila rivojlanishining so`ngi bosqichi – oilaning sekin-asta so`na borishi va uning tugashi bilan tafsiflanadi.
Bolalarning mustaqil oila qurib chiqib ketishi bilan yoki bir hovlida yashasalar-da har qaysining o`z hayoti, o`z
muammolari bilan band bo`lib qolishi tufayli er-xotinning yolg`izlanib, o`z salomatligi masalalari bilan
shug`ullanishi, bir-biridan bir muncha uzoqlashuvi kuzatiladi. Bu davrda er-xotin bir-biriga yordamlashib keksalik
gashtini surishi, unga moslashishi lozim.
Oilaviy Qadriyatlar
.
Oila uchun - hayotdagi asosiy qadriyatlar, barcha oila a'zolarining hamjihatligini,
ishonchini va sevgisini mustahkamlaydigan muayyan axloqiy tamoyillarga rioya qilishga intiladi.
Oila a'zolaridagi sevgi - bu oilaning muhim qadriyatidir va agar siz ushbu tuyg'uni saqlab qolishni istasangiz,
oilangizga ularni sevishingizni eslatib turing. Sevgi haqida gapirish faqat so'zlar emas, balki sizning depressiv
tuyg'ularingizni
- yostiq ostida kichik kutilmagan hodisalar, choy ichish va sovuq qish oqshomida suratga tushish,
sham yorug'ida kechki ovqat, oilada sayr qilish.
Zamonaviy oilada oilaviy qadriyatlarni rivojlantirishning ahamiyati
Bolalar uchun oila deyarli butun dunyo. Oilaviy
qadriyatlar
va urf-odatlar
hayotning dastlabki yillarida nafaqat jismoniy dunyo, balki his-tuyg'ular
dunyosi haqida ham bilimning asosiy manbai hisoblanadi. Bolaning oilasida
o'rganadigan har bir narsa o'zining dunyoqarashiga asos bo'ladi. Shuning
uchun baxtli oilalar jamiyat uchun sog'lom avlodning manbai hisoblanadi.
Lekin, umuman olganda, sinab-surishtirgan oilalarning qudachiligi, ota-onalar
bosh-qosh bo‘lgan to‘y-u tomoshalarning natijasi yaxshi bo‘lishi hammaga
ayon. Milliy urf-odatlarimiz, ota-bola, qaynona-kelin, qarindosh-urug‘chilik va
hokazo ma’naviy ziynatlarimizni o‘ylasak, ko‘z oldimizga birinchi galda
Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar» romani keladi. Nazarimda, o‘zbek
xalqining milliy fazilatlarini ulug‘lovchi, uni dunyodagi eng nozikta’b xalqlar
qatoriga
Оilа — muqаddаs, undа millаt kеlаjаgi mujаssаm.. Оilа qurish — o’tа
mаs’uliyatli ishdir. Оilа — eskilik unsuri emаs. Yoshlаrni tаrbiyalаsh,
kаmоlоtgа еtkаzish, ilm-hunаr bеrish, uyli-jоyli qilish — аksаriyat оilаlаrning
eng оliy mаqsаdidir. O’zbеkning hаyotdаn ko’zlаgаn аsl muddаоsi — bоlа-
chаqаli bo’lish, bulаrning to’yini, оrzu-hаvаsini ko’rish. Yosh аvlоdni hаyotgа
yo’llаntirish, bulаr uchun muаyyan bоshlаngich nuqtа — stаrt pоzisiyasi
yarаtib bеrishgа nisbаtаn munоsаbаt turli millаtlаrdа turlichаdir. Аyrim
хаlqlаr mеntаlitеtidа fаrzаndlаr vоyagа еtgаch, оilаsi, оtа-оnаsini tаshlаb,
fаqаt o’z kuchi bilаn mustаqil оyoqqа turish uchun uyini tаrk etаdi. O’zi hаm
оilа qurib, fаrzаnd ko’rib, uni kаttа qilgаndа — u hаm аvlоdlаr vоrisligigа
chеk qo’yib, оilаsini tаrk etаdi.
Oila va nikoh ham axloqiy qadriyat bo’lib hisoblanadi. Хo’sh оilа vа nikоh nimа? Оilа
so’zining lugаviy mа`nоsi hаqidа хаr хil nuqtаi nаzаrlаr bоr. Mаsаlаn, Rimliklаrdа
“оilа” sj’zi (Familia) dаstlаbki mulk egаsigа bo’ysunаdigаn shахslаr (bu shахslаr
mulkining bir qismi хisоblаngаn ; mulk egаsining o’z bоlаlаri , хоtini, аsir, sоtib
оlingаn yoki mеrоs bo’lib o’tgаn qullаr хаm хisоbgа kirgаn) mаjmuini bildirgаn. “Оtа”
so’zi hаm dаstlаb hоzirgi mа`nоdаgi оtаni emаs, bаlki o’zigа qаrаshli оilаning хo’jаsi
yoki egаsi dеgаn so’zni аnglаtgаn.”Оilа”ning lugаviy mа`nоsi bоshqа bir mаnbаdа
quyidаgichа izоhlаnаdi: “Оilа аsli аrаbchа “аyolmаnd, niyozmаnd” mа`nоlаrini
аnglаtuvchi “оil”-suzidаn chiqqаnligi “Fаrхаngi zаbоni tоjikiydа qаyd etilgаn .”O’zbеk
tilining izоhli lug’аti” dа хаm bu so’zning аrаbchаligi tа`kidlаnib, “er-хоtin, ulаrning
bоlа -chаqаlаri vа eng yaqin tug’ishgаnlаridаn ibоrаt birgа yashоvchi kishilаr mаjmui,
хоnаdоn” mа`nоsidаginа izоhlаnаdi. Хаr ikkаlа izоhdа hаm so’zdаgi mа`nо yuki
оnаlik bulоg’idаn suv ichgаn хоldа shаkllаngаnligi еtаrli ifоdаlаnmаgаn. Аrаbchаdа
“zаvjа” dеyilib... аyolmаndlik yuzаgа kеlgаn, ya’ni оilа shаkllаngаn”. (Sаfаrоv О,
Mахmudоv M. Оilа mа`nаviyati. Tоshkеnt, “Mа`nаviyat”, 1998, 11-bеt.)
“Оilа”so’zining lug’аviy mа`nоsi uning mоhiyatini аnglаshdа vа tа`kidlаshdа muhim
nеgiz bo’lаdi. Аdаbiyotlаrdа оilаning turli tа`riflаri mаvjud. SHundаn eng mukаmmаli
quyidаgidir: Оilа -- kishilаrning tаbiiy-biоlоgik (jinsiy munоsаbаtlаr, bоlа tug’ish),
iqtisоdiy (mulkiy munоsаbаtlаr, uy-ro’zg’оrni bоshqаrish), huquqiy (mаsаlаn, nikоhni
dаvlаt yo’li bilаn qаyd etish), mа`nаviy (er-хоtin, оtа-оnа vа bоlаlаr o’rtаsidаgi mеhr-
muhаbbаt tuygusi vа bоshqа) munоsаbаtlаrigа аsоslаngаn ijtimоiy birligi”. Prоfеssоr
А. Оrtiqоv оilа hаqidаgi quyidаgi yana dа mukаmmаlrоq tа`rifni kеltiradi: “Оilа
jаmiyatning tаriхiy tаrаqqiyot jаrаyonidа, uning dаvоmiyligini tа`minlоvchi tаbiiy-
biоlоgik, ijtimоiy eхtiyojlаrning qоnuniyati аsоsidа shаkllаnib, tаkоmillаshgаn
kishilаrning ijtimоiy-iqtisоdiy, huquqiy, mа`nаviy-ахlоqiy munоsаbаtlаrigа аsоslаngаn
bаrqаrоr ijtimоiy birligidаn ibоrаt”.
Oila jamiyatning eng kichik zarrasi bo'lib, jamiyat ana shu kichik zarralardan tashkil
topadi. Er va xotinikki tirik vujudning, ikki olamning o'zaro ittifoqidan paydo bo'lgan
uchinchi bir olambu oiladir. Agar oila tinch-totuv, ahil bo'lsa, olam tinch va obod. Aks
holda, turmush do'zaxga aylanadi, oila zindonning o'zi bo'ladi, buning jabrini esa, er va
xotinning o'zigina emas, balki farzandlari, yaqinlari ham tortadi.
Oilaviy muhabbat odamlar orasida keng tarqalgan eng mustahkam muhabbatdir.
Shuning uchun ham u kishilar hayotiga ta'sir ko'rsatish jihatidan odamning eng muhim
va eng hayotbaxsh tuyg'usidir. O'z uyida baxtli bo'lgan kishigina chinakam baxtlidir.
Xarob uydagi baxtsiz odamlardan tashkil topgan jamiyatning halokatga mahkumligi
shundan kelib chiqadi. Har bir insonning oila oldida, oilaning jamiyat oldida mas'uliyati
bor. Bu ikki ijtimoiy tushunchani bir-biridan ayirish qiyin. Soddaroq qilib aytganda,
oilasida halovati yo'q, odamning xizmat joyida ham halovati bo'lmaydi.
Oilaga munosabat masalasi qadim davrlardan donishmandlarimizning diqqat
e'tiborida bo'lgan. Zardushtiylikning mukaddas kitobi Avesto da keltirilgan oila va
shar'iy nikoh odoblari, ota-onalar va farzandlar munosabati, ularning burch va
vazifalari, uylanish va kelin tanlash xususidagi g'oyatda qimmatli fikrlar bugunda xam
o'z axamiyatini yo'qotmagan. Shuningdek, Avestoda oila- nikoh munosabatlari, oilaviy
burch va farzand tarbiyasi xususida bir qator fikrlar bayon qilingan. Unda
qarindoshlarning o'zaro oila qurishi qat'iy man etilgan. Qavm va urug' qonini toza,
avlodni benuqson saqlash uchun shunday qilingan. Unda ko'p bolali oilalarga davlat
hisobidan nafaqa tayinlash lozimligi, bir yo'la 2-3 ta tuqqan ayollar mukofot olishga
sazovor ekanligi uqtiriladi .
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
-O‘zbekiston Respublikasi oila Kodeksi (1998 yil 30 aprelda №607-1 sonli O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan va 1998 yil 1 sentyabrdan boshlab kuchga
kiritilgan);
-O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksi.
-O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan oila huquqiyga oid qonunlar;
-Respublika Prezidentining oila huquqiyga oid farmon va farmoyishlari, qarorlari;
-O‘zbekiston Respublikasi xukumatining normativ huquqiy xujjatlari;
-Halqaro huquq normalari kabilar hisoblanadi.
Oila huquqiyning asosiy prinsiplari:
-oilada erkak va ayol o‘rtasidagi nikoxning ixtiyoriyligi;
-oilada er-xotin teng huquqliligi;
-faqat FXDE organlari to‘zgan nikoxni tan olish;
-oilaning voyaga yetmagan va mehntga layoqat siz a’zolari huquq va manfaatlarining birinchi
galda ximoya qilinishini ta’minlash;
-farzandlar farovonligi va ravnaqi haqida g‘amxo‘rlik qilish;
-ichki oilaviy masalalarni o‘zaro kelishuv asosida hal qilish;
-farzandlarni oilada tarbiyalashning ustunligi kabilardan iboratdir.
Dunyoga mashhur olim, ma'rifatparvar Abu Nasr Farobiy inson kamoloti, baxti, ta'lim va
tarbiyasi, axloqi, dinga munosabati haqidagi qarashlarini mashhur Fozil odamlar shahri va Baxt-
saodatga erishuv xaqida asarlarida bayon etadi . Farobiy keraksiz urf-odatlardan (hozir xam
oilaviy xayotda, er-xotin munosabatlarida uchraydi) voz kechish, baxt-saodatga erishish yo'llari
hakida gapirib, shunday deydi: Rahbarlar (er yoki xotin) yomon odatlarni o'zida ifodalovchi
o'tmishni xam o'zgartirmog'i kerak. Aks xolda o'tmish talablariga rioya etib, uning kayfiyati
saqlansa, turmushda hech kanday yengillik, o'zgarish va o'sish ham bo'lmaydi.
Shuningdek, Baxt saodatga erishuv yulida nimaiki (bilim, odob-axlok, kasb-xunar) yordam bersa,
uni saqlamoq, mustaxkamlamoq, nimaiki zararli bo'lsa, uni foydali narsaga aylantirishga xarakat
qilmoq zarurligini ta'kidlaydi .
Xulosa qilib aytganda, milliy qadriyatlarimizni yanada
rivojlantirish ma’naviyma’rifiy ishlarimizda benihoyat katta
ahamiyatga ega. Ya’ni o
ʻ
z taraqqiyot va islohot yo
ʻ
limizdan
tezkorlik bilan ilgari siljishga kuchli ruhiy quvvat beradigan
milliy madaniyatimiz, sharq falsafasining hayotbaxsh va teran
buloqlaridan bahramand bo
ʻ
lish muhimdir
Xulosa
1.Antonov A.I. Oila mikrosotsiologiyasi: tuzilish va
jarayonlarni o‘rganish metodologiyasi. -: "Nota Bene", 1988
2.Klochko V.E. Qadriyatlarni axloqiy tarbiya mexanizmi
sifatida shaxslashtirish // Talaba shaxsining axloqiy
asoslarini shakllantirish yo‘llari. Muammolar. Metodologiya
Tajriba: konferentsiya tezislari. Barnaul, 2007
3. Mitrikas A. Oila qiymat sifatida: Yevropa mamlakatlarida
qiymat tanlashdagi o‘zgarishlar va istiqbollari. - №1. -:,
2003.
4. https://fayllar.org/1-falsafiy-dunyoqarashning-oz-ozini-
anglashdagi-roli-agarfals.html?page=48
5. https://uz.hydroponicsbc.com/1546-family-values-in-the-
life-of-everyperson.html
6.https://uz.tierient.com/oilaviy-va-oilaviy-qadriyatlar/
Foydalanilgan adabiyotlar
Dostları ilə paylaş: |