Oila a’zolari odobi — o‘zaro to‘g‘ri munosabatda va muomalada bo‘lishi, o‘zaro g‘amxo‘rligi, odilona talablar qo‘yishi, inson qadr-qimmatini hurmatlashi demakdir

Oilada axloqiy va madaniy malakalarni shakllantirish «Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga, axloq-odobini ham yaxshilangizlar», — deyiladi Muhammad payg‘ambar hadislaridan birida.Farzand — hayotning guli. Darhaqiqat, odobli farzand bilan hayotimiz fayzlidir.
XULOSA
Xulosa qilib Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, oilaviy munosabatlarda er-xotinning kasb-kori, ma’lumoti, bilim saviyasi muhim rol o‘ynaydi. Er-xotinlar sanab o‘tilgan mezonlar bo‘yicha qanchalik o‘zaro yaqin bo‘lsa, shunchalik teng huquqli, sermuloqot, ichki birlik, engil his qilish, sezish, fahmlash yuzaga keladi. Bu narsalar oila barqarorligi, mustahkamligi, barkamolliligini ta’minlaydi, o‘zaro totuvlik, moslik, o‘zaro tushunish hukm suradi
Oila but bo‘lishi uchun birinchi navbatda oila a’zolari, shaxslararo tenglikni qaror toptirish kerak, bir- birlarini chuqurroq o‘rganishlari, ayrim nuqsonlardan ko‘z yumishlari zarur. Oilada mehnat taqsimotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish ayni muddaodir. Ichkilikbozlikka, o‘g‘irlikka, bekorchilikka, haromtamoqlikka qarshi o‘t ochish, tarbtibli kurash olib borish shart. Yoshlarni qiyinchilikni yengishga, o‘zgacha shart-sharoitga ko‘nikishga bolalikdan o‘rgatib borish lozim
Allomalarimiz ta’kidlaganidek, insonni tarbiyalashdagi eng asosiy yo‘l — e’tiqoddir, e’tiqodga esa ishontirish yo‘li bilangina ta’sir etish mumkin, xolos. Tarbiya ishining muvaffaqiyatli chiqishi uchun tarbiyachilar tinmay o‘zlarini tarbiyalashlari kerak.

Faqat ana shu yo‘llar bilangina yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan oila tarbiyasidagi xato va kamchiliklarni bartaraf qilish mumkin. Mazkur mas’uliyatli burchni bajarish uchuk ota-onalar o‘z ustlarida ko‘proq ishlashlari va tarbiya vositalarini takomillashtirishga intilishlari zarur. Chunki tarbiyachiyaning talanti bolalarga muhabbat va sadoqatdadir