Mavzu: oilada sog‘lom bola tarbiyalashdagi o‘zaro munosabatlarning pedagogik-psixologik o‘rni


Oilada bolalarni to’g’ri tarbiyalashning asosiy shartlaridan biri tarbiyadagi birlik



Yüklə 17,7 Kb.
səhifə3/6
tarix31.03.2023
ölçüsü17,7 Kb.
#91848
1   2   3   4   5   6
Mavzu oilada sog‘lom bola tarbiyalashdagi o‘zaro munosabatlarni-fayllar.org

1. Oilada bolalarni to’g’ri tarbiyalashning asosiy shartlaridan biri tarbiyadagi birlik.


  • 1. Oilada bolalarni to’g’ri tarbiyalashning asosiy shartlaridan biri tarbiyadagi birlik.

  • 2. Bolani aql (talabchanlik) bilan sevganda, uning qiziqishlariga diqqat-e'tibor berganda, mazkur yoshidagi talab va ehtiyojlarini bilganda, bu harakat ota-onaga ruhan va jisman barkamol insonni tarbiyalab yetishtirish imkonini beradi.

  • 3. Ota-ona hamma bolalariga bir xilda munosabatda bo’lishi tarbiyaning muhim shartidir. Bola tarbiyasi g’oyat nozik, bu narsa vaqtni qo’ldan boy bermay, doimo, muntazam shug’ullanishni talab etadi. Bolaga munosabatda, birinchi navbatda, uning yoshini hisobga olish kerak. Bolaning o’sish bosqichini uning yoshiga nisbatan quyidagicha belgilash mumkin: uch yoshgacha, uchdan yetti yoshgacha, yettidan o’n yoshgacha, o’ndan o’n to’rtgacha, o’n to’rtdan o’n sakkiz yoshgacha.

  • 4. Tarbiya ishi maktab bilan oila hamda jamoatchilik hamkorligida amalga oshiriladigan murakkab, mas'uliyatli va sharafli vazifadir. Bu vazifaning to’g’ri bajarilishi ota-onalarni ham, maktabni ham, jamoatchilikni ham xushnud etadi, bundan keladigan tarbiya samarasi har tomonlama manfaatli bo’ladi, shuni nazarda tutib ota-ona farzandining o’qituvchisini ustoz bilib, u bilan tarbiyada bamaslahat ish tutishi, o’z navbatida, o’qituvchi ham o’quvchisining ota-onasini g’oyat samimiy va hurmat bilan qalbiga yaqin tutishi kerak, shunda aloqa mustahkam bo’ladi.

O’zbekiston Respublikasi oila huquqining asosiy tamoyillari quyidagilar bilan qat'iy belgilab berilgan:


  • oila jamiyat va davlat muhofazasida;

  • barcha fuqarolar – jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida teng;

  • ayol bilan erkak oilada teng huquqqa ega;

  • faqat yakka nikohlilikni tan olish va uni mustahkamlash uchun yordam berish;

  • ixtiyoriy va erkin nikoh;

  • davlat nazorati asosida nikohdan erkin ajralish;

  • davlat otalik, onalik va bolalikni muhofaza etadi va ularning manfaatlarini har taraflama himoya qiladi;

  • bolalarni milliy istiqlol mafkurasi asosida tarbiyalash va boshqalardir.

  • Oila ijtimoiy guruh sifatida tarbiyaviy, xo‘jalik yuritish, moliyaviy-iqtisodiy (ta’minot va taqsimot) faoliyat a’zolar o‘rtasida to‘g‘ri muomala o‘rnatish, bo‘sh vaqt, hordiq kunlari hamda bayramlarni o‘tkazish, tashkil etish, uyushtirish kabi tadbiriy-ma’muriy vazifalarni bajaradi. Shuningdek, oila ijtimoiy tarbiya o‘chog‘i tariqasida o‘z a’zolari ruhiyati va ma’naviyatiga katta ta’sir o‘tkazadi; ma’lumki, odamiylikning durdona urug‘lari xuddi shu tor muhitda murg‘ak qalbli bola tabiatiga sochiladi. Oilaviy munosabatlar turli negiz asosiga quriladi: iqtisodiy, mafkuraviy, his-tuyg‘u, hissiyot, axloqiy-aqliy, qarindosh-urug‘chilik, yaqinlik, do‘stlik va birodarlik kabilar. O‘z-o‘zidan ma’lumki, oila qaysi toifaga mansubligidan qat’i nazar o‘z a’zolari ongiga iqtisodiy, manfkuraviy, axloqiy, aqliy, irodaviy, hissiy jihatdan ta’sir o‘tkazadi, ya’ni inson shaxsini shakllantirish vazifasini o‘taydi. Oila a’zolarining dunyoqarashi, e’tiqodi, axloqiy xislatlari, yuksak insoniy his-tuyg‘ulari, jamiyat va tabiatga munosabatlari xuddi mana shu tarbiya maskanida tarkib topa boshlaydi. Shuning uchun xalqimiz «Qush uyasida ko‘rganini qiladi» deb bejiz aytmaydi. Binobarin, inson tarbiyasiningbarcha jihatlari, tarki-biy qismlari farzandlar ruhiyati va ma’naviyati olamiga oila davrasidagi suhbatlarda, o‘git-nasihatlarda, yaqqol xatti-harakatlar vositasida singdirib boriladi. Mehr-muhabbat, ahillik, kamtarlik, hotamtoylik, mexmondo‘stlik singari milliy xislatlar oila bag‘rida nip uradi va asta-sekin har bir oila a’zosining xulq-atvorida mujassamlashadi. Inson zoti uchun zaruriyatga aylangan odamiylik xislatlari — odillik, oqillik, samimiylik, sahiylik, adolatlilik, kamtarlik, nazari to‘qlik ham oilaviy tarbiya ta’siri natijasida namoyon bo‘ladi. Umuman olganda, inson butun umr davomida to‘plagan insoniy durdonalarining aksariyat qismini xuddi shu bolalik yillarida to‘playdi. Shu sababdan, oilaviy tarbiyaviy ta’sir umuminsoniyat barkamolligi negizi, qolgan ijtimoiy tarbiyaviy muassasalar esa axloqiy va aqliy taraqqiyot ustqurmasi vazifasini bajaradi, deb komil ishonch bilan aytish mumkin.

Yüklə 17,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin