Mavzu: Oksidlar. Ularning tuzilishi, kimyoviy xossalari va turlari



Yüklə 51,98 Kb.
səhifə4/6
tarix07.05.2023
ölçüsü51,98 Kb.
#109220
1   2   3   4   5   6
7-sinf ochiq dars

Magniy
oksid


Alyuminiy
oksid


Uglerod (IV)-
oksid


Fosfor (V)-
oksid


Nomlanishi. Doimiy valentlikka ega element oksidining nomi «element nomi + oksid» shaklida yasaladi: magniy oksid, alyuminiy oksid.
Agar element o‘zgaruvchan valentlikka ega bo‘lib, bir necha xil oksidlar hosil qilsa, element nomidan so‘ng uning valentligi qavs ichida rim raqami bilan ko‘rsatiladi va qavsdan keyin chiziqcha qo‘yiladi hamda oksid so‘zi yoziladi «element nomi + (valentlik rim raqamida) + [-chiziqcha] + oksid»: uglerod (IV)-oksid, CO — uglerod (II)-oksid, fosfor (V)-oksid, P2O3 — fosfor (III)-oksid.
Element nomiga kislorod sonining grekcha sonlarda ifodalanishini qo‘shib ham oksidlarni nomlash mumkin: CO2uglerod dioksid, SO2 oltingugurt dioksid, SO3 oltingugurt trioksid, RuO4 — ruteniy tetraoksid.
Oksidlarni nomlashda tabiatda uchrashi yoki turmushda qo‘llanishi, tarixiy nomlaridan ham foydalaniladi: so‘ndirilmagan ohak — CaO; H2O — suv; SiO2 — qum, kvars; MgO — magneziya; Fe2O3 — temirtosh.



Fe2O3 temirtosh minerali.

Oksidlar kimyoviy xossalariga ko‘ra tuz hosil qiluvchi va tuz hosil qilmaydigan oksidlarga bo‘linadi.



ZnO ning xossasini ko‘rsatuvchi kislota va ishqor bilan reaksiyasi mahsulotlari.

Kimyoviy reaksiyalarda tuz hosil qiladigan oksidlar asosli (Na2O, CaO, FeO), kislotali (CO2, SO2, P2O5), amfoter (ZnO, Cr2O3, A12O3) oksidlarga toifalanadi.
(Amfoterlik — ikki taraflama xossalarni namoyon qilish, kimyoda ham asoslilik ham kislotalilikni namoyon bo‘lishi).

Yüklə 51,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin