Mavzu: Oksidlar. Ularning tuzilishi, kimyoviy xossalari va turlari


Kimyoviy reaksiyalarda tuz hosil qilmaydigan oksidlar befarq oksidlar deb ataladi (NO, SiO, PO, N



Yüklə 51,98 Kb.
səhifə5/6
tarix07.05.2023
ölçüsü51,98 Kb.
#109220
1   2   3   4   5   6
7-sinf ochiq dars

Kimyoviy reaksiyalarda tuz hosil qilmaydigan oksidlar befarq oksidlar deb ataladi (NO, SiO, PO, N2O va b.)
Asosli oksidlar va kislotali oksidlar qarama-qarshi xossalarga ega, amfoter oksidlar esa sharoitdan kelib chiqib kislotali yoki asosli xossani namoyon qilishi mumkin. Quyidagi jadvalda asosli, kislotali, amfoter oksidlarning ba’zi xossalari berilgan.
Oksidlarning olinishi.
1. Oddiy moddalarning kislorod bilan o‘zaro ta’sirlashishi (yonishi) natijasida:
4A1+ 3O2 = 2A12O3;
4P + 5O2 = 2P2O5.
2. Murakkab moddalarning kislorod bilan o‘zaro ta’sirlashishi (yonishi) natijasida:
CH4 + 2O2 = CO2 + 2H2O;
2H2S + 3O2 = 2H2O + 2SO2.
3. Murakkab moddalarning (asoslar, kislotalar, tuzlar) parchalanishi natijasida:
Cu(OH)2 = CuO + H2O;
H2SiO3 = H2O + SiO2;
Cu2(OH)2CO3 = 2CuO + CO2 + H2O.
4. Ba’zi boshqa reaksiyalar natijasida:
2HC1O4 + P2O5 = 2HPO3 + C12O7;
Na2CO3 + SiO2 = Na2SiO3 + CO2.
Kimyoviy xossalari.
1. Ishqoriy va ishqoriy-yer metallarning oksidlari suv bilan ta’sirlashib gidratlar— suvda eriydigan asoslar (ishqorlar) hosil qiladi:
Na2O + H2O = 2NaOH
CaO + H2O = Ca(OH)2.
2. Ba’zi metallmaslarning oksidlari suv bilan ta’sirlashib kislotalar hosil qiladi:
SO2 + H2O = H2SO3;
P2O5 + 3H2O = 2H3PO4.
3. Metallar oksidlari kislotalar bilan ta’sirlashib, tuz va suv hosil qiladi:
CaO + 2HCl = CaCl2 + H2O;
BaO + 2HNO3 = Ba(NO3)2 + H2O.
4. Metallmaslar oksidlari asoslar bilan ta’sirlashib tuz va suv hosil qiladi:
SO2 + 2NaOH = Na2SO3 + H2O;
P2O5+ 3Ca(OH)2 = Ca3(PO4)2 + 3H2O.
5. Metallarning oksidlari metallmaslar oksidlari bilan ta’sirlashib tuz hosil qiladi: 

Yüklə 51,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin