Pedagogik texnologiyalarini qo‘llash Sinkveyn Sinkveyn – bu ma’lum qoidalarga asosan tuzilgan 5 ta satrdan iborat bo‘lgan she'rdir. 1 satr – mavzu nomi 2 satr – bu mavzuni ikkita sifat bilan aniqlash 3 satr – bumavzu doirasidagi faoliyatni ko‘rsatuvchi 3 ta fe'l 4 satr – muallifning mavzuga munosabatini bildiruvchi 4 ta so‘zdan iborat bo‘lgan jumla 5 satr – mavzu yakuni, ixtiyoriy so‘z bo‘laklarida ifodalangan birinchi so‘z sinonimi. Sinkveyn tuzish ijodiy tafakkurni rivojlantirish, o‘rganilayotgan mavzuga o‘z munosabatini bildirish, u yoki bu nuqtai nazar to‘g‘risida aniq tasavvur shakllanishiga imkon yaratadi. Sinkveynlar ko‘rinishida an'anaviy yapon she'riyatida she'rlar yoziladi:
Ot____________________________________________________
ikkita sifat ___________________ _____________________ uchta fe'l ___________ ________________ ________________ to‘rtta so‘zdan iborat jumla______ ______ ______ _______ otning sinonimi_______________________________________
Sinkveynga misollar keltiramiz:
Tarmoq, lokal, mintaqaviy, global yo‘naltirmoq, uzatmoq, qabul qilmoq, kompyuterlar o‘rtasida axborot almashuv kommunikatsiya. Mustaqil ish va vazifalar
1. 4-Amaliy mashgulot bo‘yicha ya’ni, Off -line muloqotni tashkil qilishni talabalar o‘z fikrlarini bayon etib, unga sabab keltiradi va misol sifatida o‘z kompyuterlarida amaliy bajarib fikrlarini umumlashtirishadi.
2. Talabalar kerakli ma’lumotlarni, o‘z tushunchalarini daftarlariga qayd etadilar.
3. Mavzu bo‘yicha test topshiriqlari tuzing.
Nazorat uchun savollar Off-line muloqotni tashkil qilishda kerak bo‘ladigan dasturiy vositalar.
Off-line muloqotni afzalliklari va kamchiliklari nimalardan iborat?
On-line va off line muloqot farqi nimada?
Off-line muloqotni tashkil qilishda kerak bo‘ladigan texnik vositalar.
Masofaviy Off-line o‘qitish tizimi deganda nimani tushunasiz?
Qanday tarmoq pratokollarini bilasiz?
Siz qaysi dasturdan ko‘proq foydalanasiz?
Siz masofaviy ta’limda o‘qitishni qanday baholaysiz?