3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Eng avvalo til o‘zining ijtimoiy mohiyatida
ko‘zga tashlanadi.
Til vositasida, aniqrog‘i milliy tilning ravnaq darajasi
boyligi rang - barangligi, imkoniyatlari
orqali millatning tafakkur
darajasi, millat fikrining miqyoslari aniqlanadi, uning ijtimoiy faollik
belgilari ma’naviy salohiyatida namoyon bo‘ladi. Shu bois til- millatning
ruhini
ifoda etadi, til millatning tiriklik belgisidir.
Prezidentimiz I.A.Karimov o‘zining “Tarixiy xotirasiz kelajak yo
‘
q
”
asarida ham tilimizga tilimizning milliyligiga e’tibor berib shunday deydi,
“Xalqimizdagi iligi to‘q, baquvvat degan tushunchani men hatto qonuniyat
degan bo‘lar edim, bu bejiz paydo bo‘lmagan. Yana tilimizda “tagli-tugli”,
“palagi toza” degan iboralar ham bor. Bu bir-joyda muqim yashagan, o‘z
turmush tarziga ega bo‘lgan xonadonlarga nisbatan aytiladi”.
“Tilimizning milliyligini, berijimligini ta’minlovchi vositalardan biri
iboralar bo‘lib voqelikni obrazli tasvirlashda, uni kitobxon ko‘z o‘ngida
aniq va to‘la gavdalantirishda iboralarning o‘rni ahamiyati beqiyosdir.
Iboralar umuman olganda hayotdagi
voqea-hodisalarni kuzatish
jamiyatdagi maqbul va nomaqbul harakat holatlarni baholash turmush
tajribalarini umumlashtirish asosida xalq chiqargan xulosalarning o‘ziga
xos obrazli ifodalaridir”
1
.
Shuning uchun ham iboralar, tilshunos A. Mamatov ta’kidlaganidek
“u yoki bu xalqning,
yashayotgan joyining tabiati, iqtisodiy tizimi, tarixi,
madaniyati, hayot tarzi, og‘zaki
ijodiyoti, badiiy adabiyoti, san’ati, fani
urf-odati, dini kabilar bilan bog‘lanadi”.
1
M.Yo’ldoshov
: “Cho’lponning xalq iboralaridan foydalanish mahorati”, “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali
1999 yil 6-son 59-bet
4
Ona tili darslarida xususan iboralarni o‘tish va ularni nutq
jarayonida qo‘llash uzviylashtirilgan ta’lim dasturida ham o‘z
ifodasini
topgan ya’ni dars tuzulishi mavzularni detallashtirilgan holda
o‘quvchilarga yetkazish o‘z ifodasini topgan.
Yuqorida ta’kidlaganidek iboralar xalqning barqarorligi o‘ziga xos,
turmush tarziga egalik belgisi hisoblanadi.
Xuddi shuningdek tasviriy vositalar ham xalq yaratgan ifodalardir.
Ular (iboralar va tasviriy ifodalar) ni o‘quvchilar ongiga yatkazdirish,
singdirish o‘z nutqlarida qo‘llay
olish darajasiga yetkazdirish, ona tili,
darslari va o‘qituvchilarining zimmasidagi buyuk vazifa sanaladi. Ayni
paytda bu mavzuning dolzarbligi hamdir.
Dostları ilə paylaş: