Namuna Iboralar
1. Bo‘rttirib yubormoq – pashshadan fel yasamoq,
2. Biron gapni bexosdan aytmoq – tomdan tarasha tushganday,
3. Aybsizdan ayb topmoq – qilda qiyiq axtarmoq,
4. Befoyda sarflamoq – suvga oqizmoq,
5.Ro‘yobga chiqishi aniq bo‘lmagan narsa haqida oldindan gapirib
yurmoq – to‘ydan oldin nog‘ora qoqmoq.
6.Kayfiyati yomon, xafa – kayfi buzuq.
7.Yaxshi niyatli, boshqalarga yomonlikni ravo ko‘rmaydigan –
yuragi toza.
26
8.Qurquv aralash hech narsa diyolmoy lol bo‘lib qolmoq – nafasi
ichiga tushib ketdi.
9.Yengil yelpi jazolamoq, urushib qo‘ymoq – tanbeh bermoq.
10. Qo‘rqmay botinmoq hayiqmaslik – ta tortmaslik.
11. Kayfiyati yomonlashdi – tabi xiralashdi.
12.Qilmishiga yarasha jazo olish – tazirini yemoq.
Tasviriy ifodalar
1. Bilim bulog‘i – kitob.
2. Hayot ko‘zgusi – gazeta.
3. Ilm o‘chog‘i – maktab.
4. Kumush choyshab – qor.
5. Ma’rifat maskani – kutubxona.
6. O‘rmon malikasi – archa.
7. Oltin boshoq – bug‘doy.
8. Osmonning ko‘z yoshlari – yomg‘ir.
9. Yurt boshi – Prezident.
10.
Dengiz hokimi – kit
11.
Bahor elchilari – qaldirg‘ochlar
12.
Insonning do‘sti – it.
Iboralar va tasviriy ifodalarni bunday tartibda o‘rgatish orqali
o‘quvchilarning so‘z boyligi oshadi. Nutqning rang-barangligi va
jozibadorligi ta’minlanadi. Bir so‘z bilan aytganda o‘quvchilarning nutq
madaniyati takomillashib boradi. Bu o‘yin o‘quvchilarni o‘ylashga fikr
yuritishga o‘z ustilarida yanada ko‘proq ishlashga undaydi, hamda darsga
qiziqishlarini yanada oshiradi.
Namunada berilgan tasviriy ifodalarni izohlashdan oldin, tasviriy
ifoda haqida ma’lumot beramiz.
27
Tasviriy ifoda – predmet, voqea va hodisani o‘z nomi bilan
emas, balki muhim xususiyatini tasvirlash orqali ifodalovchi birikma: oq
oltin-paxta, oq oltin ijodkorlar-paxtakorlar , kumush tola-pilla, va hakazo.
Tasviriy ifoda uslubiy vosita sifatida nutqqa ko‘tarinlilik, obrazlilik
baxsh etadi, jamiyat taraqqiyoti talabidan kelib chiqib, lug‘at tarkibini
boyitadi. Nutq jarayonida takror va qaytariqdan qochish imkonini beradi,
notiqni so‘zamolikka, tinglovchini esa falsafiy mushohada etishga
undaydi. Shuningdek, tasviriy ifoda faqat jozibadorlik va obrazlilik, nutqni
boyitish,uning mazmunini kuchaytirish uchungina emas, balki jamiyatning
olg‘a qadam qo‘yishiga to‘sqinlik qilayotgan illatni fosh qilish, unga
kulish va unga qarshi kurashga chaqirish maqsadida ham ishlatiladi.
Binobarin tasviriy ifoda predmet voqea – hodisaning o‘z nomi orqali
yuzaga chiqmagan muhim xususiyatini tasvirlab, bo‘rttirib, izohlab va
to‘ldirib ko‘rsatishda muhim nutqiy vosita hisoblanadi.
Tasviriy ifoda ko‘proq ot va sifat turkumiga mansub bo‘ladi. Baz’an
ikki predmetga bitta tasviriy ifoda (aql gimnostikasi-matematika, shaxmat)
yoki bitta predmetga ikkita tasviriy ifoda qo‘llanishi (zangori ekran, oynai
jahon-televizor) mumkin.
Bilim bulog‘i – kitob. Inson hayoti davomida kitob bilan oshno
bo‘lib yashaydi, o‘zi uchun kerakli bo‘lgan ma’naviy ozuqani kitobdan
oladi. Kitob insonning eng yaqin do‘sti, ustozi deyishimiz ham mumkin.
Hayot ko‘zgusi – maktab. Yurtimiz va dunyo mamlakatlarida sodir
bo‘layotgan ijtimoiy, siyosiy, madaniy hamda iqtisodiy yangiliklarni biz
gazeta orqali bilamiz va tahlil qilamiz.
Ilm o‘chog‘i – maktab. Har bir inson dastblabki savodini maktabda
oladi, bola qalbi bilan dunyoni ko‘radi, ustoz muallimlardan saboq olib
maktabda kamolotga yetadi. Bilamizki taom albatta o‘choqda pishiriladi
va dasturxonda tanavvul qilinadi, bola ham ilm ochog‘ida tarbiyalanadi.
28
O‘yin
topshiriq
orqali o‘quvchilarning
bilimlarini
mustahkamlab olganimizdan so‘ng.
300 – mashqni bajartiramiz. Mashq shartiga ko‘ra berilgan otlarni
hayvon o‘simlik, oziq – ovqat, kiyim – kechak, idish – tovoq, ish qurollari,
osmon jismlari kabi ma’no guruhlariga ajratish lozim. Biz mavzudan kelib
chiqib mashq shartiga biroz o‘zgartirish kiritamiz. Ot so‘z turkumiga
mansub so‘zlarni sinf taxtasiga yozib qo‘yamiz o‘quvchilar esa ushbu
so‘zlar qatnashgan iboralarni topadilar.
Qoshiq, qosh, qor, qorachiq, hasrat, hiqqildoq, eshak, chuchvara,
xamir, egar, tirnoq, tor, tarasha, tarvuz, temir, tayoq, soch, suv, sut,
sabr,sir, sichqon, po‘stak, panja, patir, non, ovoz, moy, kurak, kapalak.
Bu mashqlarni o‘quvchilar ikki guruhga bo‘linib yuqoridagi so‘zlar
qatnashgan iboralarni topadilar.
Namuna
1. Xamirdan qil sug‘irganday
2. Chuchvarani xom sanamoq
3. Ish bitguncha eshak suvdan o‘tguncha
4. Joni hiqildog‘iga keldi
5. Hasratidan chang chiqadi
6. Ko‘zining qorachig‘i qinidan chiqib ketguday
7. Qordan qutilib, yomg‘irga tutilmoq
8. Qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarmoq
9. Bir qoshiq suv bilan yutguday
10.
Otdan tushsa ham egardan tushmaslik
11.
Tirnoq orasidan kir izlamoq
12.
Do‘ppisi tor keldi
13.
Tomdan tarasha tushganday
14.
Tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi
29
15.
Temirni
qizig‘ida
bosmoq
16.
Alifni kaltak diyolmaslik
17.
Tepa sochi tikka bo‘lmoq
18.
Ona suti og‘ziga keldi
19.
Sabr kosasini to‘ldirmoq
20.
Miridan sirigacha
21.
Sichqonning ini ming tanga bo‘ldi
22.
Po‘stagini qoqmoq
23.
Bosh panjani og‘ziga tiqmoq
24.
Xamir uchidan patir
25.
Nonni tuyaday qilmoq
26.
Bir ovozdan
27.
Moy tomsa, yalagudek
28.
Kurakda turmaydigan gap
29.
Kapalagi uchdi
Ushbu topshiriq o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otish bilan birgalikda
biroz qiyinch ilik ham tug‘dirishi mumkin. Bu qiyinchiliklarni bartaraf
qilish uchun o‘qituvchi o‘yin boshlanishidan oldin bir – ikkita misol
keltirishi lozim bo‘ladi. Topshiriq yakunida qaysi guruh tez va ko‘p ibora
topa olgan bo‘lsa o‘sha guruh g‘olib bo‘ladi va rag‘batlantiriladi.
Dars davomida quyidagi o‘yin topshiriqni o‘quvchilarga bajartirishimiz
mumkin. O‘yin “Ma’nosini kim biladi?” deb nomlanib o‘quvchilar
“Bilimdonlar” va “Zukkolar” deb nomlangan guruhlarga bo‘linadi.
Birinchi “Bilimdonlar” guruhi, bir iborani aytadi masalan; shovqin
solmoq, Ikkinchi “Zukkolar” guruhi esa shu iboraning ma’nodoshi
sinonimini topadilar, masalan; boshiga ko‘tarmoq o‘yin shu taqlid davom
ettiriladi. Qaysi guruh iboralarni to‘liq topib, mashqni to‘g‘ri bajarsa o‘sha
guruh g‘olib bo‘ladi va rag‘batlantiriladi.
|