Mavzu: ona tili darslarida iboralar va tasviriy vositalardan foydalanish



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/24
tarix04.01.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#78418
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Mavzu ona tili darslarida iboralar va tasviriy vositalardan foy

Namuna Iboralar 
1. Bo‘rttirib yubormoq – pashshadan fel yasamoq, 
2. Biron gapni bexosdan aytmoq – tomdan tarasha tushganday, 
3. Aybsizdan ayb topmoq – qilda qiyiq axtarmoq, 
4. Befoyda sarflamoq – suvga oqizmoq, 
5.Ro‘yobga chiqishi aniq bo‘lmagan narsa haqida oldindan gapirib 
yurmoq – to‘ydan oldin nog‘ora qoqmoq. 
6.Kayfiyati yomon, xafa – kayfi buzuq. 
7.Yaxshi niyatli, boshqalarga yomonlikni ravo ko‘rmaydigan – 
yuragi toza. 


26 
8.Qurquv aralash hech narsa diyolmoy lol bo‘lib qolmoq – nafasi 
ichiga tushib ketdi.
9.Yengil yelpi jazolamoq, urushib qo‘ymoq – tanbeh bermoq. 
10. Qo‘rqmay botinmoq hayiqmaslik – ta tortmaslik. 
11. Kayfiyati yomonlashdi – tabi xiralashdi. 
12.Qilmishiga yarasha jazo olish – tazirini yemoq. 
Tasviriy ifodalar 
1. Bilim bulog‘i – kitob. 
2. Hayot ko‘zgusi – gazeta. 
3. Ilm o‘chog‘i – maktab. 
4. Kumush choyshab – qor. 
5. Ma’rifat maskani – kutubxona. 
6. O‘rmon malikasi – archa. 
7. Oltin boshoq – bug‘doy. 
8. Osmonning ko‘z yoshlari – yomg‘ir. 
9. Yurt boshi – Prezident. 
10. 
Dengiz hokimi – kit 
11. 
Bahor elchilari – qaldirg‘ochlar 
12. 
Insonning do‘sti – it. 
Iboralar va tasviriy ifodalarni bunday tartibda o‘rgatish orqali 
o‘quvchilarning so‘z boyligi oshadi. Nutqning rang-barangligi va 
jozibadorligi ta’minlanadi. Bir so‘z bilan aytganda o‘quvchilarning nutq 
madaniyati takomillashib boradi. Bu o‘yin o‘quvchilarni o‘ylashga fikr 
yuritishga o‘z ustilarida yanada ko‘proq ishlashga undaydi, hamda darsga 
qiziqishlarini yanada oshiradi. 
Namunada berilgan tasviriy ifodalarni izohlashdan oldin, tasviriy 
ifoda haqida ma’lumot beramiz. 


27 
Tasviriy ifoda – predmet, voqea va hodisani o‘z nomi bilan 
emas, balki muhim xususiyatini tasvirlash orqali ifodalovchi birikma: oq 
oltin-paxta, oq oltin ijodkorlar-paxtakorlar , kumush tola-pilla, va hakazo. 
Tasviriy ifoda uslubiy vosita sifatida nutqqa ko‘tarinlilik, obrazlilik 
baxsh etadi, jamiyat taraqqiyoti talabidan kelib chiqib, lug‘at tarkibini 
boyitadi. Nutq jarayonida takror va qaytariqdan qochish imkonini beradi
notiqni so‘zamolikka, tinglovchini esa falsafiy mushohada etishga 
undaydi. Shuningdek, tasviriy ifoda faqat jozibadorlik va obrazlilik, nutqni 
boyitish,uning mazmunini kuchaytirish uchungina emas, balki jamiyatning 
olg‘a qadam qo‘yishiga to‘sqinlik qilayotgan illatni fosh qilish, unga 
kulish va unga qarshi kurashga chaqirish maqsadida ham ishlatiladi. 
Binobarin tasviriy ifoda predmet voqea – hodisaning o‘z nomi orqali 
yuzaga chiqmagan muhim xususiyatini tasvirlab, bo‘rttirib, izohlab va 
to‘ldirib ko‘rsatishda muhim nutqiy vosita hisoblanadi. 
Tasviriy ifoda ko‘proq ot va sifat turkumiga mansub bo‘ladi. Baz’an 
ikki predmetga bitta tasviriy ifoda (aql gimnostikasi-matematika, shaxmat) 
yoki bitta predmetga ikkita tasviriy ifoda qo‘llanishi (zangori ekran, oynai 
jahon-televizor) mumkin. 
Bilim bulog‘i – kitob. Inson hayoti davomida kitob bilan oshno 
bo‘lib yashaydi, o‘zi uchun kerakli bo‘lgan ma’naviy ozuqani kitobdan 
oladi. Kitob insonning eng yaqin do‘sti, ustozi deyishimiz ham mumkin. 
Hayot ko‘zgusi – maktab. Yurtimiz va dunyo mamlakatlarida sodir 
bo‘layotgan ijtimoiy, siyosiy, madaniy hamda iqtisodiy yangiliklarni biz 
gazeta orqali bilamiz va tahlil qilamiz. 
Ilm o‘chog‘i – maktab. Har bir inson dastblabki savodini maktabda 
oladi, bola qalbi bilan dunyoni ko‘radi, ustoz muallimlardan saboq olib 
maktabda kamolotga yetadi. Bilamizki taom albatta o‘choqda pishiriladi 
va dasturxonda tanavvul qilinadi, bola ham ilm ochog‘ida tarbiyalanadi. 


28 
O‘yin 
topshiriq 
orqali o‘quvchilarning 
bilimlarini 
mustahkamlab olganimizdan so‘ng. 
300 – mashqni bajartiramiz. Mashq shartiga ko‘ra berilgan otlarni 
hayvon o‘simlik, oziq – ovqat, kiyim – kechak, idish – tovoq, ish qurollari, 
osmon jismlari kabi ma’no guruhlariga ajratish lozim. Biz mavzudan kelib 
chiqib mashq shartiga biroz o‘zgartirish kiritamiz. Ot so‘z turkumiga 
mansub so‘zlarni sinf taxtasiga yozib qo‘yamiz o‘quvchilar esa ushbu 
so‘zlar qatnashgan iboralarni topadilar. 
Qoshiq, qosh, qor, qorachiq, hasrat, hiqqildoq, eshak, chuchvara
xamir, egar, tirnoq, tor, tarasha, tarvuz, temir, tayoq, soch, suv, sut, 
sabr,sir, sichqon, po‘stak, panja, patir, non, ovoz, moy, kurak, kapalak. 
Bu mashqlarni o‘quvchilar ikki guruhga bo‘linib yuqoridagi so‘zlar 
qatnashgan iboralarni topadilar. 
Namuna 
1. Xamirdan qil sug‘irganday 
2. Chuchvarani xom sanamoq
3. Ish bitguncha eshak suvdan o‘tguncha 
4. Joni hiqildog‘iga keldi 
5. Hasratidan chang chiqadi 
6. Ko‘zining qorachig‘i qinidan chiqib ketguday 
7. Qordan qutilib, yomg‘irga tutilmoq
8. Qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarmoq 
9. Bir qoshiq suv bilan yutguday 
10. 
Otdan tushsa ham egardan tushmaslik
11. 
Tirnoq orasidan kir izlamoq 
12. 
Do‘ppisi tor keldi 
13. 
Tomdan tarasha tushganday 
14. 
Tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi 


29 
15. 
Temirni 
qizig‘ida 
bosmoq
16. 
Alifni kaltak diyolmaslik
17. 
Tepa sochi tikka bo‘lmoq
18. 
Ona suti og‘ziga keldi 
19. 
Sabr kosasini to‘ldirmoq
20. 
Miridan sirigacha
21. 
Sichqonning ini ming tanga bo‘ldi 
22. 
Po‘stagini qoqmoq 
23. 
Bosh panjani og‘ziga tiqmoq
24. 
Xamir uchidan patir 
25. 
Nonni tuyaday qilmoq
26. 
Bir ovozdan 
27. 
Moy tomsa, yalagudek 
28. 
Kurakda turmaydigan gap 
29. 
Kapalagi uchdi
Ushbu topshiriq o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otish bilan birgalikda 
biroz qiyinch ilik ham tug‘dirishi mumkin. Bu qiyinchiliklarni bartaraf 
qilish uchun o‘qituvchi o‘yin boshlanishidan oldin bir – ikkita misol 
keltirishi lozim bo‘ladi. Topshiriq yakunida qaysi guruh tez va ko‘p ibora 
topa olgan bo‘lsa o‘sha guruh g‘olib bo‘ladi va rag‘batlantiriladi. 
Dars davomida quyidagi o‘yin topshiriqni o‘quvchilarga bajartirishimiz 
mumkin. O‘yin “Ma’nosini kim biladi?” deb nomlanib o‘quvchilar 
“Bilimdonlar” va “Zukkolar” deb nomlangan guruhlarga bo‘linadi. 
Birinchi “Bilimdonlar” guruhi, bir iborani aytadi masalan; shovqin 
solmoq, Ikkinchi “Zukkolar” guruhi esa shu iboraning ma’nodoshi 
sinonimini topadilar, masalan; boshiga ko‘tarmoq o‘yin shu taqlid davom 
ettiriladi. Qaysi guruh iboralarni to‘liq topib, mashqni to‘g‘ri bajarsa o‘sha 
guruh g‘olib bo‘ladi va rag‘batlantiriladi.  


30 


Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin