31
Namuna
“Aya, o‘lgur so‘xti sovuq jo‘nadimi? Nazarimda hovlimiz, uyimiz
kengayib qolganga o‘xshaydi – ya” – dedi xoxolab Tansiq (Oybek, Oltin
vodiydan shabadalar).
Dalada suqsurday qiz – juvonlarimiz ter to‘ksa – yu, Qo‘chqorbeklar
tog‘ni talqon qiladigan paytida idora qorovuli bo‘lib o‘tirsa (Mirmuhsin,
Momo).
U dengiz haqida gapirganda, yuzlari, ko‘zlari biram g‘alati bo‘lib
ketardiki, beixtiyor esing og‘ib qoladi (Said Ahmad Sevginga sodiqman).
Bu topshiriq o‘quvchilarni
mustaqil ravishda izlanishga, badiiy
asarlar o‘qishga dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi. Badiiy
adabiyotga havas, qiziqish tuyg‘ularini yanada kuchaytiradi.
Kumush choyshab–qor. Qish fasli kirib kelishi bilan ushbu fasl
ziynati bo‘lgan qor yog‘adi. Qor yog‘ganda butun dala – tuz oppoq gilam
(choyshab)ga. Hamma yoq xuddi kumush kabi tovlanadi,
shuning uchun
ham biz qorni kumush choyshab deymiz.
Ma’rifat maskani–kutubxona. Biz o‘zimiz uchun zarur bo‘lgan
barcha ma’lumotlarni, badiiy asarlarni, gazeta va jurnallarni kutubxonadan
topamiz. Kutubxona muqaddas joy, ma’rifat maskani deyilishiga sabab
insonlar qandaydir bilimlarni kutubxonadan oladi bilimi va tafakkuri
shakllanadi. Demak u ma’rifatli inson bo‘ladi.
O‘rmon malikasi–archa. O‘rmon deganda ko‘z oldimizga,
albatta
archa daraxtlari keladi. O‘rmonlarni biz yam-yashil, navqiron archalarsiz
tasavvur qila olmaymiz. O‘rmonda boshqa daraxtlar ham o‘sadi, ammo
archaning chiroyi va ko‘rki o‘rmon malikasi bo‘lishiga asos bo‘la oladi.
Oltin boshoq – bug‘doy. Biz bilamizki bug‘doy pishib yetilganda
xuddi oltin singari sariq rangga kiradi. Boshoqlari oltin misol tovlanib
32
kishining
ko‘zini
quvnatadi. Bug‘doydan (b)
muqaddas non
tayyorlanadi. Shuning uchun ham oltin boshoq deb e’zozlanadi.
Osmonning ko‘z yoshlari – yomg‘ir. Bahor va kuz fasllarida ko‘p
yomg‘ir yog‘adi. Yomg‘irni osmonning ko‘z yoshlariga o‘xshatilishi
yomg‘ir yog‘ayotganda osmon yig‘layotgandek, g‘am – anduxda
qolgandek taasurot qoldiradi. Sokin kechalarda tinmay yog‘gan yomg‘irga
nisbatan ushbu tasviriy vositani qo‘llashimiz mumkin.
Yurt boshi – Prezident. Har bir mamlakatning boshi ya’ni prezidenti
bor. Prezident xalq orasidagi eng bilimdon, siyosatchi, iymon e’tiqodli eng
muhimi xalqni o‘z so‘ziga ishontira oladigan, uni to‘g‘ri yo‘lga
boshlaydigan insonlar bo‘ladi. Xalqning otasi hisoblanadi.
Dengiz hokimi – Kit. Kit juda katta suv hayvoni hisoblanib dengiz
va okeanlarda yashaydi. Bu tasviriy vosita biz uchun yangi, chunki kit
bizning hududimizda yo‘q.
Bahor elchilari – qalidirg‘ochlar. Bahor
kelib kunlar isiy boshlashi
bilan issiq o‘lkalarga uchib ketgan qalidirg‘ochlar qaytadi va uylarning
ayvonlariga peshtoqiga in qurib bola ochishadi. Qalidirg‘ochlarning uchib
kelishi bahor kelganligidan darak beradi.
Insonnig do‘sti – it. It eng vafodor va sodiq hayvon hisoblanadi.
Egasini xavf xatardan himoya qilishga harakat qiladi. O‘zi yashayotgan
xonadonni tun-u kun qo‘riqlaydi.
O‘quvchilar xuddi shu tarzda o‘zlari yozgan tasviriy vositalarni
izohlaydilar. Bir o‘quvchi izohlagan tasviriy vositani boshqa oquvchilar
bir-birlarining fikrlarni tinglab so‘z boyligini
hamda tasviriy vositalar
haqidagi bilimlarini yanada mustahkamlaydi.