M U N D A R I J A
1.
Kirish---------------------------------------------------------------------2-8
2. 1-bob. Shaxs otlari bilan bog‘liq bo‘lgan iboralar va
tasviriy
ifodalarni o‘tish-----------------------------------------------------------9-21
3. 2-bob: Narsa otlari bilan bog‘liq bo‘lgan iboralar va tasviriy
ifodalarni o‘tish----------------------------------------------------------22-32
4. 3-bob: O‘rin joy otlari bilan bog`liq bo‘lgan iboralar va tasviriy
vositalarni o‘tish---------------------------------------------------------33-53
5. Xulosa-----------------------------------------------------------------54-56
6. Adabiyotlar ro‘yxati-------------------------------------------------57-58
61
Abdulla Qodiriy nomidagi JDPI o‘zbek tili va adabiyoti
fakultetining bitiruvchisi Narzullayeva Munisaning “Ona tili
darslarida ibora va tasviriy ifodalardan foydalanish”
mavzusidagi BMIga ilmiy rahbar
X U L O S A S I
Ta’lim mazmuning tarkibiy qismlaridan biri o‘quvchi o‘zlashtirgan
nazariy bilimlarni amaliyotda, nutq jarayonida qo‘llay olish malakasini
shakllantirishdir. O‘quvchi leksikasini iboralar
va tasviriy ifodalar bilan
boyitish nutqning shakllanishi, takomili ta‘sirchanligi jozibadorligi
qiziqarliligini ta‘minlovchi vositalardan biridir. Ona tili darslarida iboralar
va tasviriy ifodalar haqida yetarli nazariy bilimlar berish va uni o‘quvchi
nutqida qo‘llash malakasini hosil qilish yo‘llarini
ishlab chiqish
mavzuning dolzrabligini belgilaydi.
Bitiruv malakaviy ishini tayyorlash jarayonida Narzullayeva zaruriy
ilmiy va metodik adabiyotlar bilan tanishdi hamda o‘zlashtirgan nazariy
bilimlar asosida mazkur BMIni tayyorladi. Mavzuning qo‘llash maydoni
keng bo‘lgani uchun uni konkretlashtirib ot so‘z turkumi misolida tadbiq
qildi.
Chunki iboralar ham, tasviriy ifodalar ham lug‘aviy birliklar
bo‘lganligi sababli ularni ot so‘z turkumi doirasida o‘rganish maqsadga
muvofiqdir.
BMI kirish va 3 bobdan iborat bo‘lib,
ishning kirish qismida
mavzuning dolzarbligi ilmiy va ilmiy-metodik adabiyotlar tahlili, maqsad
va vazifalari hamda amaliy ahamiyati haqida fikr yuritiladi.
Birinchi bobda ot turkumiga oid mavzularni o‘tishda iboralardan
foydalanish metod va usullari ishlab chiqildi. Mavzularga doir grammatik
62
o‘yin topshiriqlar tavsiya qilindi hamda ularni qo‘llash yo‘l-yuruqlari
ishlab chiqildi.
Ikkinchi bob tasviriy ifodalardan foydalanish metodikasiga
bag‘ishlangan. Bunda ham zaruriy o‘yin-topshiriqlar
tavsiya qilinib,
ulardan foydalanish metodikasiishlab chiqilgan.
Narzullayeva Munisaning “Ona tili……”mavzusidagi BMIni
yakunlangan deb hisoblayman va uni Davlat imtihon komissiyasi oldida
yoqlashga tavsiya qilaman.
Ilmiy rahbar:
dots.T.Almamatov