Mavzu: ona tili darslarida iboralar va tasviriy vositalardan foydalanish



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/24
tarix04.01.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#78418
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Mavzu ona tili darslarida iboralar va tasviriy vositalardan foy

 


40 
 


41 
 


42 
Namuna. 
“Oq oltin” guruhi” Paxta – oq oltin. 
Paxta – yurtimiz boyligi. Bizning milliy g`ururimiz. Bobo dehqon 
bahor kelishi bilan dalaga chigit qadaydi. Kuzda esa u xirmon xirmon 
paxta oladi. Shungacha qanchadan qancha kuchini, vaqtini sarflaydi. Paxta 
– oq oltinimiz. Paxta tolasidan gazlamalar tayyorlanadi. Chigitdan esa 
yog‘ olamiz. Xalqimiz hayotini farovon qilish uchun uni yetishtiramiz. 
O‘zbekiston paxtasi bilan dunyoga mashhur.
“Dala malikasi”guruhi: 
Makkajo‘xori – dala malikasi. 
Makkajo‘xori – chiroyli, yam yashil o‘simlik. U insonlar
parrandalar va hayvonlar uchun to‘yimli ozuqa. Makkajo‘xori donidan 
ko‘p shirin narsalar, masalan: biz bolalarning eng yaxshi ko‘radigan 
narsalarimizdan biri bodroq tayyorlanadi. So‘talarini qizchalar qo‘g`irchoq 
qilib o‘ynaydi, yana so‘tasini qaynatib istemol qilish ham mumkin. 
Dalalarimizga chiroy bag`ishlagani uchun ham makkajo‘xorini dala 
malikasi deyishadi.
“Kumush tola” guruhi: 
Pilla – kumush tola 
Bahor faslining aprel, may oylarida ipak qurti boqiladi. Ipak qurti 
faqat tut daraxtining barglari bilan oziqlanadi. Ma’lum vaqt o‘tgach ipak 
qurtlari pilla o‘raydi. Pilladan kumush rangli tola olinadi. Undan 
ayollarimizning, qizlarimizning sevimli matolar bo‘lgan atlas, adras kabi 
matolar to‘qliadi. Bu matolar bilan o‘zbek xalqi jahonga mashhur bo‘lgan. 
“Oltin boshoq” guruhi: 
Bug`doy – oltin boshoq. 


43 
Dalaga sepsangiz don 
O‘sadi shox bug`doyjon 
Bo‘ladi katta xirmon 
Oltin boshoq – bug`doyjon 
Bizga bo‘lar issiq non 
Qushlargachi, yemish don 
Xosildan barcha xandon 
Oltin boshoq – bug`doyjon 
Bu o‘yin topshiriq o‘quvchilarda katta qiziqish uyg`otadi. Vaqt 
belgilanganligi esa, ularni tez va chaqqon, har bir ishda chaqqon bo‘lishga 
undaydi. Rasmlarga asoslanib matn yaratish o‘quvchilarning yozma 
nutqini yanada rivojlantirishga zamin yaratadi. Topshiriqdan ko‘zlangan 
maqsad o‘quvchilar ongida tasviriy vositalar bilan bog`liq bo‘lgan 
ma’lumotlarni rasm asosida mustahkamlashdir. 
O‘yin topshiriqda guruhlarning tuzgan nasriy matn va sherlarining 
ma`no mazmuniga qarab baholanadi va rag`batlantiriladi. 
O‘qituvchi darsning bu qismiga yakun yasab matnlar va sherlarda 
paxtani – oltinga, ipakni – kumushga, bug`doy boshog`ini ham – oltinga 
qiyoslash orqali tasviriy ifodalash vositalarining bir turi ekanligini 
o‘quvchilarga tushuntirib o‘tishi lozim. 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin