2-bob: NARSA OTLARI BILAN BOG‘LIQ BO‘LGAN
IBORALAR VA TASVIRIY IFODALARNI O‘TISH
An’anaviy ta’lim darsning besh bosqichli mezoni mavjud bo‘lib, bir
xillik uslub tizimini ta’lim jarayoniga chuqur o‘rnashib olgan edi: tashkiliy
qism, so‘rash (uy vazifasini tekshirish), yangi materialni tushuntirish, uni
mustahkamlash, uy vazifasi.
Bu “andoza” - bir xil usul davr - zamonning taraqqiyot talablariga
javob bermay qo‘ydi. An’anaviy ta’lim bu usuli o‘z zamonasida xizmat
ilib vazifasini o‘tab bo‘ldi. Endilikda esa bunday usul- bir xil qolip shakl
o‘quvchilarni zeriktirib qo‘ydi. Interfaol dars mazmuniga rang-baranglik
shaklga turli xillik baxsh etish o‘quvchilarning dunyoqarashi va ruhiyati
asosida vujudga kelib umrini o‘tab bo‘lgan bir xillilik-bir xil qolip
usulining o‘rnini egallamoqda.
Texnologiya tushunchasi pedagogika fani, ishlab chiqarish
sohalariga nisbatan ancha keng qo‘llanilib, “Texnologiya” so‘zi yunoncha
techne – san’at, logos – ta’limot degan muzmunni anglatadi. Olimlarning
ta’kidlashicha, “texnologiya” atamasi “bola shaxsiga ta’sir ko‘rsatish
san’ati”-ga e’tibor qaratib, har bir davrda o‘ziga xos zamonaviylik kasb
etib, yangilanib, takomilashib kelgan. “Pedagogik texnologiya” atamasini
o‘qitish, ta’lim berish jarayonidagi pedagogik mahorat, yo san’at bo‘lishi
mumkin. San’at ichki hissiyotga, texnologiya esa fanga asoslanadi.
Shunday bo‘lsada, texnologiya lug‘aviy ma’noda mahorat tushunchasiga
yaqin bo‘lib, mahorat dars o‘tishning ham, san’atning ham, fanning ham
mevasidir. Mantiqshunoslar har qanday mahorat ko‘rinishida ichki
hissiyot, his-hayajon sezgi mujassam bo‘ladi deb uqtiradilar.
Inson har kasb sohibi bo‘lishidan qat’iy nazar o‘z ishiga,
mashg‘ulotiga qunt bilan, mehr bilan yondashsa, uning butun sir-asrorini,
23
usul
vositalarini
mukammal egallaydi, shu bilan birga oz’-o‘zini
anglaydi, shu sohada kamol topadi. O‘qituvchi kimni o‘stirsa, tarbiyalasa
o‘zi ham o‘sadi, ulg‘ayadi, donishmandlik kasb eta oladi.
Yangi pedagogik texnologiyadan kutilgan maqsad nima, uning
afzalliklari, darsning samaradorligini oshirish tamoyillari nimalardan
iborat degan savolga quyidagicha hosilalar asosida javob berish mumkin.
1. Yangi pedagogik texnologiya eng qulay va sodda usul.
2. Mustaqil fikrlashni o‘rgatadi.
3. Ko‘p tarmoqli.
4. Sodda oson.
5. Esda qolishi kuchli
6. Bilim boyligini oshiradi.
7. Vaqtdan yutamiz.
8. Qiziqarli o‘tadi.
9. Darsning samaradorligini oshiradi.
10. Dunyoqarashni shakllantiradi.
11. Tafakkurni rivojlantiradi.
12. O‘quvchilarning diqqat-e’tiborini tortadi.
13. Har bir o‘quvchi bilan individual munosabat paydo bo‘ladi.
14. Xotirani kuchaytiradi.
15. Izlanishga chorlaydi.
16. O‘quvchilarni o‘z ustida ishlashga da’vat etadi.
Yangi pedagogik texnologiya asosida darsni tashkil etish qadimgi
Sharqona tarbiya tamoyilaridan butunlay voz kechish degan gap emas.
Yangi pedagogik texnologiya g‘arb ta’lim jarayoning eng ilg‘or
tamoyillari bo‘lsada,Sharqona an’analar, pandnoma didaktik ruhida
tarbiyani kuchaytirishi hamma vaqt milliy tarbiyamizning asosini tashkil
etadi.
|