Mavzu: ona tili darslarida iboralar va tasviriy vositalardan foydalanish


Shaxs otlari kim? so‘rog‘iga javob bo‘lib, shaxslarni yoshiga



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/24
tarix04.01.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#78418
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Mavzu ona tili darslarida iboralar va tasviriy vositalardan foy

Shaxs otlari kim? so‘rog‘iga javob bo‘lib, shaxslarni yoshiga, 
yashash joyiga, mansab unvoniga, kasb-koriga, ijtimoiy holatiga, 
qarindoshlik darajasiga, nasl-nasabiga ko‘ra nomlab keladi. 
O‘quvchilardan bunday tushunchani yanada mustahkamlash 
maqsadida mustahkamlash mashqlarini bajaramiz. Gaplarni ko‘chirib 
shaxs otlarini topishni buyuramiz. 
Birinchi gapni bir o‘quvchiga o‘qitamiz. 
Bittasi Toshkentlik Yusufbek hojining o‘g‘li Otabek! 
Bu gapda Yusufbek hoji bilan Otabek shaxs otlari hisoblanadi va 
kim so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
Ushbu mashq shartiga ko‘ra biz iboralar va tasviriy vositalardan 
foydalanib shaxs otlariga misollar keltiramiz. 
Namuna 
1.Hafsalasi pir bo‘lganlar chidab turolmadi.
Bu gapimizda “hafsalasi pir bo‘lgan” shaxs oti vazifasini bildirib keladi. 
2. Kaminayi kamtarin hech narsadan xabarim yo‘q!
Bu gapimizda kaminayi kamtarin shaxs oti kim so‘rog‘iga javob bo‘ladi. 
3. Janobi oliylariga bunday xushomadgo‘ylik yoqmaydi. Kim 
so‘rog‘i beriladi. Janobi oliylari shaxs oti bo‘lib kelgan.
O‘quvchilar shaxs oti bilan iboralarni topib bo‘lganlaridan so
‘ng mavzuni
yanada 
mustahkamlash 
maqsadida 
keyingi 
mashqni 
bajarishni 
buyurtiramiz.


19 
293-mashq. Mashq shartiga ko‘ra shaxs otlarini aniqlab, ularga 
izoh berish kerak. 
Biz ushbu matnda iboralarni ham keltiramiz. Iboralar o‘quchilarning 
so‘z boyligini oshirishga xizmat qiladi hamda nutqning ta’sirchanligini 
oshiradi.
Namuna 
Kampir uning boshini silab, peshonasini yuziga bosib sekin dedi:
-Qayoqlarda yurgan eding , ko‘zimning oqu qorasi? Kozim ochiq 
paytlarda 
qayoqlarda eding, nuri deydam? 
Kampir uni bag‘ridan bo‘shatib hovli tomonga ovoz berdi: 
-Nima qilib turibsanlar ayangni chaqirmaysanlarni? Oyog‘ingni 
qo‘lingga ol pochchangga chop, tog‘am keldi, deb ayt. 
Bir hovli bola dupur-dupur qilib to‘rt tarafga yugurib ketdi. 
(Said Ahmad) 
Ushbu matnda 4 ta ibora qo‘llanilgan. Ularni o‘quvchilar aniqlab 
izohlashadi. 
1. 
Ko‘zining oq-u qorasi- (yagona, yakka farzandlarga nisbatan 
ishlatiladi) yakka-yu yagona va qadr qiymati beqiyos yuksak
2. 
Ko‘zi ochiq- yaxshini yomondan (farqini) foydani zarardan 
farqlashga qobiliyatli. 
3. Oyog‘ini qo‘lga olmoq-tez shoshilinch tarzda bormoq . 
4. Xabar bermoq- xabardor qilib qo‘ymoq.
Iboralar nutqni rang-barang qiladi keltirilgan misollarni iborasiz holida 
qo‘llab ma’nosinidagi farqlarni izohlaymiz. Masalan: Kampir uning 
boshini silab, peshonasini yuziga bosib sekin dedi: 
-Qayoqlarda yurgan eding, bolaginam? Ko‘zim ko‘radigan 
paytlarida qayoqlarda eding, o‘g‘lim? 


20 
Ushbu gaplarda onaizorning butub armon istiroblarini iboralar 
orqali o‘quvchiga yetkazib berishga harakat qildik. 
“Ko‘zimning oq-u qorasi” iborasini “bolaginam” so‘ziga almashtirsak 
bunda ta’sirchanlik yo‘qoladi. “Ko‘zning oq-u qorasi” iborasi yakka-yu 
yolg‘iz Ollohdan tilab olingan farzndlarga nisbatan ishlatiladi. Demak, 
“bolaligim” yoki “bolam” so‘zlari ushbu ibora anglatgan ma’no 
nozikligini va ta’sirchanlikni, onaning mehr-muhabbatini ochib bera 
olmaydi: Iboralar gap yoki matn tarkibida kelar ekan ular qahramonning 
ichki kechinmalarini to‘laligicha namoyon qilish bilan birgalikda
ixchamlikni; soddalikni; bo

yoqdorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Shu 
bilan birgalikda so‘zlarni iqtisod qilishga yordam beradi. Bir iboralarning 
vazifasini ma’nolarini gap yoki matn tarkibida qatnashtirish orqali, 
o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish, iboralarni og‘zaki va yozma 
nutqda qo‘llay olish malakasini shakllantirishdan iborat. 
Dars davomida turli o‘yin topshiriqlardan foydalanishimiz ham 
mumkin. Masalan: shaxs otlari o‘rnida qo‘llaniladigan iboralarni topishni 
buyuramiz. Bunda o‘quvchilar uch guruhga bo‘linib kim ko‘p shaxs 
otlariga misol bo‘lgan iboralarni sinf taxtasiga yozadilar. 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin