5
Bu topshiriqlardan nafaqat 5- sinfda balki 6-sinfda o‘tiladigan
turdosh otlar mavzusida ham samarali foydalanish mumkin. Biz bituruv
malakaviy ishini yozish jarayonida maqolada
keltirilgan topshiriqlardan
unumli foydalanishga harakat qildik.
O‘quv tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or usullari, ya’ni yangi
pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish vazifasi qo‘yilgan. Biz
bituruv malakaviy ishini yozish jarayonida
iboralar bilan birgalikda
tasviriy ifodalardan ham ona tili darslarini o‘tish jarayonida foydalanishga
harakat qildik. Bu borada Muqaddas Toshturdiyevaning “O‘zbek tili va
adabiyoti” jurnalida e’lon qilingan “5-sinf o‘quvchilariga tasviriy
ifodalash vositalarini o‘rgatish tajribasidan”
deb nomlangan maqolasidan
keng foydalandik. Maqola 5-sinf darsligidagi tasviriy vositalar mavzusiga
bag‘ishlangan bo‘lib unda o‘quvchilarning bilimini mustahkamlash, dars
jarayoniga qiziqishini oshirish maqsadida turli o‘yin topshiriqlardan
foydalanilgan. Bu topshiriqlar o‘quvchilarning og‘zaki
va yozma nutqini
shakllantirishga tasviriy vositalar mavzusini yaxshi o‘zlashtirishlariga
qaratilgan.
Biz bituruv
malakaviy ishini
yozish
jarayonida
Shavkat
Rahmatullayevning “O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati”
kitobidan
ham foydalandik.
Bu kitobda nutqimizda keng qo‘llaniladigan umumxalq iboralari,
ularning umumtil variantlari keltirilgan. Nutqda oz uchraydigan (passiv)
ibora faol (aktiv) iboralar bilan sinonimik antonimik munosabatda bo‘lsa,
yaqin ma’noli bo‘lsa, shaklan o‘xshash bo‘lsagina qamrab olingan.
Kitobda keltirilgan iboralarni dars jarayonida qo‘llashga harakat qildik.
Iboralar mavzusida ko‘plab izlanishlar olib borilgan. Shulardan biri
M.Hamzaqulovaning “O‘quvchilar nutqini o‘stirishda frazemalarning
ahamiyati” deb nomlangan bitiruv malakaviy
ishini misol qilishimiz
6
mumkin. Unda asosiy e’tibor iboralar o‘quvchilarning nutqini
o‘stiruvchi asosiy vositalardan biri ekanligiga qaratilgan. Bu ishning yana
bir ahamiyatli tomoni unda asosiy e’tibor tilimizda kam qo‘llaniladigan
nofaol iboralarni o‘quvchilar nutqiga olib kirishga harakat qilingan. Bu
o‘quvchilar nutqini so‘z boyligini oshirishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: