Mavzu: Ona tili darslarida tinish belgilariga doir bilimlarni tekshirish. MUNDARIJA KIRISH………………………………………………………………………………… I BOB . Tinish belgilariga doir bilimlarni shakllantirish………………………………..
1.1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ona tili darslarida tinish belgilari bilan tanishtirishga o’rgatish…………………………………………………………………...
1.2. Ona tili darslarida sintaksis va punktuatsiya bo’limlarining birgalikda olib borishga o’rgatish…………………………………………………………………………………...
1.3. Punktuatsiya tilshunoslikning grafika sohasi bilan zich bog’langanligini tushuntirish……………………………………………………………………………….
II BOB . O’zbek tili punktuatsiyasining tamoyillari va tinish belgilarini qo’llanish qoidalari…………………………………………………………………………………
2.1. O’zbek tili pumktuatsiyasining tamoyillari haqida tushunchani shakllantirish……..
2.2. Ona tili darslarida tinish belgilarini qo’llash qoidalari. Sodda gaplarda, uyushiq bo’laklarda, qo’shma va ko’chirma gaplarda tinish belgilarini qo’llanishini tushuntirish……………………………………………………………………………..
XULOSA …………………………………………………………………………….... FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………………….
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Ona tili darslari fan o’qituvchilari tomonidan puxta o’ylangan, ma’lum tizimga solingan, o’quvchilar aqliy bilimlarini charxlaydigan bo’lishi lozim. Zotan, “Milliy dastur”da ko’zda tutilgan asosiy masala – O’zbekistonning kelajagi bo’lgan barkamol avlod, komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish jamiyatning oldida turgan muhim vazifadir. “To’qqiz yillik (1-9- sinflar) o’qishdan iborat umumiy o’rta ta’lim majburiydir. Ta’limning bu turi boshlang’ich ta’limni (1-4-sinflar) qamrab oladi hamda o’quvchilarning fanlar asoslari bo’yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o’zlashtirish ehtiyojlari, asosiy o’quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni mehnat ko’nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo’lishni va kasb tanlashni shakllantiradi”Kelajagimiz bo’lgan yosh avlod bilim egallashda boshlang’ich ta’limda onatili fanlarni chuqur, ongli tarzda o’zlashtirishlari muhim sanaladi. Shunday ekan, bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda boshlang’ich ta’limdagi fanlarni o’tishda jahon andozalariga mos va xos bo’lgan o’qitish usullaridan foydalanish muhimdir.Kurs ishi uchun tanlangan mavzu ana shu jihati bilan ahamiyatlidir.Bugungi kunda o’qituvchilik kasbiga nihoyatda yuksak mas’uliyatlar qo’yilmoqda, chunki biz o’qituvchi-murabbiylar qo’liga farzandlarimiz taqdirini ishonib topshiramiz.Shu jihatdan tanlangan mavzu hozirgi vaqtda olib borilayotgan ta’lim-tarbiya ishlarining eng dolzarb mavzularidan sanaladi. Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Ushbu ishni foydalanilgan adabiyotlari. Ona tili darslarida tinish belgilariga doir bilimlarni shakllantirish metodikasiga doir ilk ma`lumotlar Karima Qosimova, Safo Matjonov, Xolida G‘ulomova, Sharofat Yo‘ldosheva va Sharofjon Sariyevlar muallifligidagi “Ona tili o‘qitish metodikasi” kitobida uchraydi. Ushbu qo’llanmada boshlang’ich sinflarda tinish belgilarini qo’llash va o’rgatish haqida ilk namunalar o’rganilib tahlil qilinadi. Tinish belgilaridan ongli to’g’ri qo’llashga o’rgatish. Boshlang‘ich sinflar uchun ona tili darslarida qo’llaniladigan tinish belgilarini mustahkamlash diktant olish, ko’rgazmalilik, nazorat ishlari haqida tahlil qilinadi.Har bir tinish belgisini qo’llanilish qoidalari, qo’llanilish o’rni haqida bilimlar tahlil qilinadi.Ko‘rinadiki, ona tili darsida tinish belgilarini o‘rgatish metodikasiga oid bo‘lgan tahlillar talaygina. Ushbu kurs ishi ana shu sohadagi masalalarni o‘rganishga bag‘ishlangan.
Tadqiqot maqsadi: ona tili darslarida tinish belgilarini o‘rgatish orqali imon-e`tiqod og’izaki va yozma, nutq boyligini oshirish, imlo qoidalariga, dts talablariga javob beradigan, adabiy-estetik tafakkurini kamoltoptirish hamda o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishdan iborat.
Tadqiqot obyekti. O‘quvchilarga tinish belgilarini o‘rgatish orqali ular nutqini va imlo qoidalarini o‘stirish va topshiriqlar tizimni ishlab chiqish. Bizga ma`lumki, maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan bolaning faoliyatida o‘yin asosiy o‘rinni egallaydi. O‘yin ularning eng sevimli mashg‘uloti bo‘lib ular har qanday mashg‘ulotni o‘yin bilan uyg‘unlashtirishga harakatqiladilar. Shunday ekan, o‘qituvchi o‘quvchi foliyatidan ularning sevimli mashg‘uloti o‘yinni siqib chiqarmasdan, undan maqsadga muvofiq foydalanish bilan ta`lim jarayonining samaradorligini oshirishga imkon beradi. Shu jihatdan qaraganda, ta`lim jariyonida qo‘llanadigan didaktik o‘yinlarning rolibeqiyosdir. Didaktik o‘yinlar ta`lim jariyoni samaradorligini oshiradi ta`lim jariyonida o‘quvchilar faolligini o‘qish motivlarini rivojlantiradi. Mazkur kurs ishida darslarni aqliy hujim, mustaqil tahlil, ta`lmiy o‘yin, turli ko‘rinishdagi yozma ishlar,diktant,insho, nazorat ishlari o‘z bilimini tekshirish kabi usullardan foydalanishga alohida e`tibor berildi. Har bir darsning mazmuni va g‘oyasidan kelib chiqqan holda darsning maqsadi va metodlarini belgiladik. Ona tili darslarida tinish belgilarini o‘rganishda ham o‘quvchilarning tinish belgilarini puxta o‘zlashtirishlarini, tinish belgilarini tahlil qila olishlarini ta`minlash kerakligini hisobga olgan holda metod tanlashga e`tibor qaratildi. Kuzatish,tushuntirish, induktiv,deduktiv,analiz va sintez metodlarini birgalikda olib borish metodlaridan foydalanish samarali foyda beradi.
Tadqiqot predmeti. Ona tili darslarida mashq va matnlarda tinish belgilarini o’rgatish jarayoni. Ma’lumki o’quvchilarni tinish belgilariga doir bilimlarni shakllantirishga diktantning ahamiyati kattadir.Ona tili darslari orqali o‘quvchilarning Davlat ta`lim standarti talablari bo‘yicha o‘zlashtirishlari ko‘zda tutilgan o‘quv-biluv, ko‘nikma- malakalari hamda bilimlarni puxta egallashlariga yo‘l ochiladi Tadqiqot vazifalari.
- Ona tili darslarida tinish belgilarini ishlatish maqsad va vazifalarini ochib berish.
-ona tili darslarini sintaktik va punktatsiya bo’limlarini birgalikda olib borishni mazmuni yoritib berish. Punktuatsiya tilshunoslikning grafika sohasi bilan zich bog’langanligini yoritib berish. - O‘zbek tili punktuatsiyasining vazifalarini ochib berish. Ona tili darslarida tinish belgilarini qo’llash qoidalari nazariy va amaliy yoritib berish. Tadqiqotning metodlari: tadqiqot jarayonida ilmiy-metodik adaiyotlarni o‘rganish va tahlil etish, tushuntirish, induktiv,deduktiv, analiz va sintez, kuzatish va taqqoslash, metodlaridan foydalaniladi.
Tadqiqotning metodologik asoslari. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning milliy istiqlol mafkurasi va adabiy-madaniy merosi hamda ma`naviy qadriyatlarni o‘rganishga oid asarlari tadqiqotning metodologik asosini tashkil etadi. Shuningdek, ishning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, hozirgi adabiyotshunoslik erishgan ilmiy-nazariy yutuqlar va yangicha qarashlarda hamda mustaqillikdan keyin nashr etilgan ilmiy maqolalarga tayandik. Tadqiqotda qo‘yilgan masalalarni yoritishda S. Matjonov, K. Qosimova, X. G‘ulomova, G. G‘afforova, E. Shodmonov kabi olim-u, olimalarimizning ilmiy fikr va xulosalariga tayanildi. Kurs ishning ilmiy yangiligi. Darhaqiqat, ona tili darslari orqali o’quvchilarning bilim olish samaradorligini oshirishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish o’z navbatida yangilik sanaladi. Chunki, ona tili darslarida ilg’or pedagogik texnpologiyalardan foydalanish boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun yangilik bo’lmasa-da, uni tashkil etish, unumli va samarali bo’lishiga erishish kop jihatdan sinf o’qituvchisining mahoratiga bog’liq. Ona tilidan bilim samaradorligini oshirish o’quvchilar ongini rivojlantiradi, fikrlash qobiliyatini o’stiradi, dadil fikr-mulohazalar aytishga chorlaydi. O’z fikrini aytish, yozish uchun imkoniyat yaratadi. Kelajakda ilmiy salohiyatga erishish uchun keng yo’l ochib beradi. Tadqiqotning metodologik asoslari. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning milliy istiqlol mafkurasi va adabiy madaniy merosi hamda ma`naviy qadriyatlarni o‘rganishga oid asarlari tadqiqotning metodologik asosini tashkil etadi. Shuningdek, ishning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, hozirgi adabiyotshunoslik erishgan ilmiy-nazariy yutuqlar va yangicha qarashlarda hamda mustaqillikdan keyin nashr etilgan ilmiy maqolalarga tayandik.