Mavzu Ontologiya, gnoseologiya va ong falsafasi Reja Falsafa t
Virtual borliq tushunchasi. Virtual borliq - inson real borliqda harakat qilayotgani illyuziyasini kom’yuterda yaratish imkonini beruvchi interfaol texnologiya. Bunda ob’ektiv borliqni tabiiy sezgi organlari yordamida idrok etish o’rnini maxsus interfeys, kom’yuter grafikasi va ovoz vositasida sun’iy yaratilgan kom’yuter axboroti egallaydi. Virtual borliq amalda yo’q narsa, uni qo’l bilan tutish, uning ta’mi va hidini his qilish mumkin emas. SHunga qaramay, u mavjud va inson bu xayoliy olamga kirib, uni nafaqat kuzatadi va boshdan kechiradi, balki unga ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ham ega bo’ladi, ushbu olamda mustaqil harakat qiladi, uni o’zgartira oladi. Virtual olam – inson borlig’ining o’ziga xos shakli va odamlar ma’naviy aloqasining alohida madaniy shaklidir. Virtual borliqtexnologiyasi zamirida birinchi marta XX asr 60-yillarining o’rtalarida paydobo’lgan kom’yuterlar yordamida foydalanuvchi boshqara oladigan dunyolar model yaratish mumkin, degan g’oya yotadi. Virtual borliq tizimlari ilmiy davralarda texnologiyalar ongda o’zgarish yasaydigan kelajakning qiyofasi xususida qizg’in bahsga sabab bo’lmoqda. Ammo virtual borliq tizimlarini ishlab chiqish va kiber maydonni yaratish inqilobiy - ijtimoiy natijaga olib keladi, degan fikrni virtual borliq texnologiyasining ilk yaratuvchilari ham, kiborg-postmodernizm nazariyachilari ham qo’llab-quvvatlamoqda.
Inson qo’lida dunyoni bilishning qudratli quroli, uning yordamchisi, ijodiy faoliyat uchun shart-sharoit yaratish vositasi bo’lib xizmat qiluvchi axborot texnologiyasi ayni vaqtda dunyoni bilishning an’anaviy verbal usulini audiovizual bilish usuli bilan almashtirmoqda, odamlarda sun’iy olamga kirish illyuziyasini vujudga keltirmoqdaki, ular bu sun’iy borliqni amalda mavjud borliq deb qabul qilmoqdalar. Bu borliq «virtual borliq» deb nomlanadi. Virtual negizga ega bo’lgan bu borliq odatdagi fizik borliq bilan bir qatorda ob’ektiv tarzda mavjuddir.
«Virtual borliq» atamasi 1970 yillarning oxirida Massachuset texnologiya institutida Jeron Lener tomonidan o’ylab to’ilgan. U 1984 yilda dunyoda birinchi virtual borliq firmasini tashkil etdi. Bu atama kompyuterda yaratiladigan muhitda insonning mavjudligi g’oyasini ifoda etadi. Virtual (lotincha Virtualis – mumkin bo’lgan) – narsalar va hodisalarning zamon va makonda moddiy mavjudligiga qarama-qarshi o’laroq, ob’ektiv narsalar yoki sub’ektiv obrazlar mavjudligining nomoddiy turi. «Virtual borliq» atamasi muomalaga amerikalik kinematografchilar tomonidan kiritilgan. Ular muayyan sabablarga ko’ra tabiiy yo’l bilan amalga oshirib bo’lmaydigan xayoliy imkoniyatlarni belgili-grafik shaklda sun’iy amalga oshirish mumkinligi haqidagi kinolentani shu nom bilan chiqarganlar.