Bu oilaning birinchi vakili — MS DOS tizimidir (Microsoft Disk Operating System — Microsoft firmasining diskli operatsion tizimi). Bu operatsion tizim 1981- yilda IBM PC paydo bo’lishi munosabati bilan chiqarilgan. DOS oilasining operatsion tizimlari bir vazifali bo‘lib, quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega: • EHM li interfeys foydalanuvchi kiritadigan buyruq yordamida amalga oshiriladi; • Tizimni EHMning boshqa turlariga o‘tishni soddalashtiradigan tuzilma mavjudligi; • Operativ xotiraga kirish hajmining uncha katta emasligi (640 Kbayt). DOS operatsion tizimi oilalarining jiddiy kamchiligi shaxsiy kompyuterlar va operatsion tizim zaxiralariga ruxsatsiz kirishdan muhofaza vositalarining yo‘qligidir.
UNIX oilasiga mansub operatsion tizimlar
Bular 32 razryadli ko‘p vazifali bir necha kishi foydalanadigan operatsion tizimdir. UNIX ning kuchli tomoni shundaki, bitta tizimning o‘zi turli kompyuterlarda — superkompyuterlardan shaxsiy kompyuterlargacha foydalaniladi. Bu hol tizimni bir mashina arxitekturasidan boshqasiga qulay o'tkazish imkonini beradi. UNIXda taqsimlovchi ma’lumotlar bazasiga kirish, lokal tarmoqlar, olis masofdan aloqa qilish va oddiy modem yordamida global tarmoqlarga chiqish imkoni mavjud. UNIX da pochta xizmati — uning asosiy tarkibiy qismlaridandir. Hozirgi paytda UNIX uchun ko'plab miqdorda ilovalar mavjud. DOS va Windows uchun ommaviy bo‘lgan ilovalar UNIX da foydalanilishi mumkin. UNIX oilasida bir necha operatsion tizimlar mavjud. Bu oilaning turli versiyalari o‘z nomiga ega. UNIX operatsion tizimining faylli tizimi foydalanuvchiga va foydalanuvchilar guruhi darajasida fayllarga beruxsat kirishdan muhofaza etadi. Korxonalar tarmoqlari uchun mo‘ljallangan UNIX Ware 2.0-32 razryadli ko‘p (kishi)foydalanadigan ko‘p vazifali operatsion tizimlar UNIX oilasidagi tarmoqli operatsion tizimlar orasida keng tarqalmoqda.
WINDOWS oilasiga mansub operatsion tizimlar
Windows oilasidagi operatsion tizimlar Microsoft firmasi tomonidan tayyorlangan. Ular qulay grafik interfeysni o‘zida namoyon etuvchi ko‘p vazifali operatsion tizimdir. Windows-95 operatsion tizimida va Windows NT operatsion tizimlar shu oilaning asosiy vakillaridandir. Windows-95, MS DOS operatsion tizimi va Windows 3.x operatsion qobiqlari negizida ishlab chiqarilgan, u qisman 32 razryadli, qisman 16 razryadli operatsion tizimdir.Windows NT operatsion tizimi — eng ko‘p tarqalgan 32 razryadli tarmoqli operatsion tizimdir. U ikki xil — Windows NT Server va Windows NT Workstation modifikatsiyalarida chiqariladi. Windows NT Server birinchi navbatda tarmoq zaxiralarini boshqarish uchun mo'ljallangan. Windows NT Server axborotning tezkor ishlash vositalariga ega, istalgan aloqa kanallaridan (oddiy telefon liniyalari ham) foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi, bir serverga bir vaqtning o‘zida 256 gacha shaxsiy kompyuterlar ulanish imkoniyatiga, bir necha server esa ommabop tarmoq xizmatini tashkil etish uchun foydalanilishi mumkin. Windows NT Workstation — Windows NT operatsion tizimning versiyasi bo‘lib, lokal kompyuterlar va ishchi stansiyalarda ishlash uchun mo'ljallangan. U eng himoyalangan va ishonchli 32 razryadli operatsion tizimdir. Windows NT dagi barcha ilovalar ko‘p vazifalilik rejimida ishlaydi. Ayni paytda Windows NT da MS DOS va 16 razryadli Windows dasturining barcha ilovalari ham ishlayvermaydi. Windows NT Workstation dan maxfiy malumot yoki dasturlami ishonchli muhofaza qilish zaruriyati tug'ilganda, shuningdek katta hajmdagi ma’lumotlami tahlil qilishda foydalanish maqsadga muvofiq.