l. Optik aberratsiyalar
Agarda difraksiya hodisalami inobatga olmasak,
biz ideal optik
sistemadan kuzatilayotgan narsaning har bir nuqtasi uchun tasvirda
aynan yagona bir nuqta mos kelishini (yorug‘lik dastasining gomo—
sentrikligi sharti),
va xususan, har bir nuqtaviy manba o‘lchamga ega
bo‘lmagan nuqta (stigmatik tasvir) bo’lib tasvirlanishini talab qilishimiz
mumkin. Astronomik amaliyotda gomosentriklik sharti quyidagichadir:
obyektiv (ko‘zgu)ga tushayotgan yassi to’lqin
Q
sferik to’lqin
S
ga
aylantiriladi, uning markazi
Φ
aynan tasvirlanayotgan
nuqtaviy obyekt
tasviri o‘rnidir. Amalda esa, ayrim
xususiy hollardan tashqari, optik
sistema berayotgan tasvir stigmatik bo’lmaydi,
nuqta tasviri qandaydir
chekli o’lchamlarga ega bo’ladi, ya’ni optik sistemaning aberratsiyalari
deb nomlanuvchi qandaydir buzilishlar yuzaga keladi.
Geometrik
ko‘rinishda bu quyidagi holga to‘g‘ri keladi: obyektiv yoki ko‘zgu bilan
o‘zgartirilgan yassi to’lqin sfera bo’lmay qoladi; uning sirtiga normal
bo‘yicha nurlami o‘tkazib, ular kesishgan
joyda aberratsiya bilan
buzilgan hajmli tasvir paydo boigan fazoning butun bir sohasini topamiz.
Amaliy
optikada
aberratsiyani
qandaydir
ma’lum
chegaradan
kamaytirish maqsad qilib qo‘yiladi, difraksiyadan qutulib bo’lmasligi
tufayli bu chegarani difraksion tasvir o’lchamlari bilan bog’lanadi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, agar to’lqin fronti sistema fokusi markaziga
ega sfera
S
dan chetlashishlari ta’sir etayotgan to’lqin uzunligi λ ning
choragidan,ya’ni
1/4λ
Reley mezonidan oshmasa,
sezilarli
bo’lmaydi.
Birinchi darajali optik sistemalar bu shartni qanoatlantiradi.
Optik sistemalardagi eng asosiy aberratsiyalar ikki turga, ya’ni,
geometrik va fizik
aberratsiyalarga taqsimlanadi; fizik aberratsiyalar
turiga xromatik aberratsiya kiradi.