Mavzu. O‘qitishning interfaol usullari reja


Ijtimoiy psixologik trening



Yüklə 117,89 Kb.
səhifə11/12
tarix21.12.2023
ölçüsü117,89 Kb.
#187826
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
8-mavzu. O‘qitishning interfaol usullari tayanch so‘zlar

2.Ijtimoiy psixologik trening
Shaxs tarbiyasi bilan shug‘ullanish uni kelgusidagi murakkab va xilma-xil muloqot jarayonlariga psixologik tayyorlaydi. Bunday tayyorgarlik, barcha soha mutaxassislari uchun muhim, chunki ular o‘z kasblari tufayli turli muloqot vaziyatlariga duch keladilar va har bir vaziyatda ulardan nihoyatda o‘tkir didlilik, odob va kishilar psixologiyasini bilgan holda ularni to‘g‘ri tushunish malakasi talab qilinadi. Ijtimoiy psixologiyaning bu borada noyob usuli bor, u ham bo‘lsa, ijtimoiy psixologik treningdir.
Trening usulining ijtimoiy-psixologik mohiyati shudaki, bu usul orqali odamlarda muloqot malakalari hosil qilinib, ular turli ijtimoiy sharoitlarda o‘zini to‘g‘ri tutishga odatlantiriladi. Boshqacha qilib aytganda, trening muloqotga o‘rgatishdir. To‘g‘ri, odam kishilar jamiyatida yashar ekan, kundalik muloqot jarayonida turli muloqot shakllariga o‘rganib, o‘zida ma‟lum muloqot malakalarini shakllantirib boradi. Lekin insonda bunday malakalar stixiyali tarzda yoki maqsadga qaratilgan holda ham hosil qilinishi mumkin. Oxirgi holat hozirgi zamon kishisining turli ishlab chiqarish va muomala sharoitlarida to‘g‘ri moslashishiga yordam beradi. Bu narsa insonda, ijtimoiy aql-zakovatning shakllanishiga olib keladi. Ma’lum bir muammolarni xal qilishda psixologik trening deb ataluvchi o‘yin va mashqlar to‘plamidan iborat mashg‘ulotlar yordam beradi. Shuni alohida qayd etish lozimki, trening jarayonida muammolarni yechish ham, bu boradagi bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish ham trenerdan shaxs psixologiyasi, shaxsning individual psixologiyasi bilan ishlashni taqozo yetadi. Shuning uchun psixologiyada bunday treninglar psixologik treninglar deb ataladi. Har qanday psixologik treninglarni tashkil etish qo’yidagi bosqichlardan tashkil topdi:
 guruhni tashkil etish yoki yig‘ish bosqichi - trening guruhini, ya’ni treningda ishtirok etuvchilar guruhini yig‘ishga qaratilgan bosqich;
 boshlang‘ich bosqich – guruh normalarni ishlab chiqish bosqichi. Guruhiy normalar guruhda mashg‘ulotning dastlabki soatlaridanoq samimiylik, o‘zaro ishonch, o‘zaro hurmat muhitini vujudga keltirish maqsadida qabul qilinadi. Guruhiy normalarni ishlab chiqish jarayonida ishtirokchilar bilan bu normalarga albatta rioya qilish kerakligi tug‘risida kelishish va har bir a‟zoning roziligini olish kerak;
 ishni olib borish bosqichi - bu trening jarayonini va mashg‘ulotlarning qanday olib borilishi, ularning turlari, trening jarayonida qo‘llaniladigan usullardan iboratdir;
 yakunlash bosqichi – trening yopilishini yuqori hissiy to‘lqinlarda yakunlash tadbirini tayyorlash va o‘tkazish, har bir ishtirokchiga qulay sharoit yaratish, ularga birgalikdagi faoliyatlari uchun o‘zaro tashakkur bildirishlariga imkon berish, ulardan bo‘lib o‘tgan trening samarasi haqida fikrlarini so‘rash, hamda ishtirokchilarga nisbatan o‘z moyilligini namoyon etish, guruh ishtirokchilari bilan bo‘lib o‘tgan trening mashqlariga yakun yasash hamda erishilgan natijalar bo‘yicha xulosa qilish bosqichi.
Trening-inglizcha “maxsus rejim, trenirovka” degan ma‟noni bildiradi. Kishilarda muloqot malakalari tasodifan yoki ta‟lim mahsuli sifatida shakllanib boradi. Ijtimoiy psixologik treninglar ikki xil vazifani:
1) muloqot va pedagog muomala qonuniyatlarini o‘rganish;
2) pedagogik kommunikatsiya texnologiyasini egallash, kasbiy pedagogic muomala ko‘nikma va malakalarini shakllantirishni tahminlaydi.
Ijtimoiy psixologik trening muammosining nazariy va amaliy tomonlari ajratib ko‘rsatiladi. Amaliy tomoni trening ishtirokchilar bilan bo‘ladigan muloqot ko‘nikmalari va malakalarini egallashga va ularni chiniqtirishga qaratilgan mashqlar:
darsning barcha bosqichlarida izchillik bilan harakat qilish malakalarini, pedagogik ish davomida mushaklarning zo‘riqishini so‘ndirish malakalarini, ixtiyoriy diqqatni taqsimlash malakasini shakllantirishga, kuzatuvchanlikni namoyon qilishga qaratilgan mashqlarni taqozo etadi.
Ijtimoiy aql-zakovatga ega bo‘lgan shaxs o‘zini ham, o‘zgalarni ham, ularning o‘zaro munosabatlarini ham to‘g‘ri anglaydi hamda turli muloqot shakllarini bashorat qila oladi. Ana shunday aqlning bo‘lishi uchun psixologlar maxsus tayyorgarlik guruhlari yoki trening guruhlari tashkil etishni taklif qilib chiqishgan. Shunday maqsadlarda G‘arbda mashhur bo‘lgan T-guruhlar tashkil etilib,unga ixtiyoriy muloqot jarayonida ma’lum qiyinchiliklarni his qilayotgan shaxslar taklif etiladi. Ijtimoiy psixologik treningning asosiy metodlariga guruhiy munozaralar, rolli o‘yinlar va psixologik sezgirlikni oshiruvchi treninglar kiradi. T-guruh a’zolari odatda 7 kishidan 15 kishigacha bo‘lib, mashg‘ulotlar bir necha kundan bir necha oylargacha davom etadi. T-guruhning ahamiyati shundan iboratki, u birinchidan, odamlar o‘rtasida iliq o‘zaro munosabatlarning shakllanishiga olib kelib, shaxsda birovni tushunishga intilish, uning manfaati yo‘lida o‘z qarashlarini ham qayta analiz qilish ehtiyojini paydo qiladi.
Ikkinchidan, T-guruh a’zolari o‘rtasida shunday umumiy “psixologik til” paydo bo‘ladiki, ular tez orada o‘zgalarni va o‘z his-kechinmalarini anglabgina qolmay, balki bir-birlariga ham ijobiy ta‟sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Ularda muloqot mobaynida o‘zini “o‘zgalar” o‘rniga qo‘yish, ularning ichki olamini to‘g‘ri tushunish qobiliyati va istagi tarbiyalanadi. Uchinchidan, T-guruhdagi mashg‘ulotlar muloqot jarayonining turli murakkab qirralaridan tashqari, uning mazmuniy tomonlari bo‘yicha ham ishtirokchilarni chiniqtiradiki, ular muomaladagi har bir ibora va imo-ishoraning tub ma‟nosini tushunishga erishadilar. Masalan, “xayr, yaxshi qoling” iborasini uning qanday ohangda, qay holatda aytilishiga qarab, suxbatdoshning “yashirin” niyatlarini o‘qib olish va shunga ko‘ra harakat qilishga o‘rgatadi.
Muloqot jarayonida ishtirok etuvchi ikki jarayon - gapirish va tinglashning faol o‘zaro ta’sir uchun teng ahamiyatga ega. Shu bois, ijtimoiy psixologiyada odamlarni samarali muloqotga ataylab o‘rgatishga juda katta e‟tibor berilib, bu uslubning nomi ijtimoiy psixologik trening (IPT) deb ataladi. IPT – muloqot jarayoniga odamlarni psixologik jihatdan hozirlash, ularda zarur kommunikativ malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda shakllantirish bo‘lib, IPT mobaynida odamlarning muloqot borasidagi bilimdonligi ortadi. Amaliy muloqot treningi - IPTning bir turi bo‘lib, u yoki bu professional faoliyatni amalga oshirish jarayonida zarur bo‘ladigan kommunikativ malaka, ko‘nikma va bilimlarni hosil qilishga qaratilgan tadbirdir. Guruh va jamoalarda muloqot treningi vositasida muzokaralar olib borish, ish yuzasidan hamkorlik qilish yo‘lyo‘riqlarini birgalikda topish, katta auditoriya oldida so‘zlashga o‘rgatish, majlislar o‘tkazish, ziddiyatli holatlarda o‘zini to‘g‘ri tutish malakalari hosil qilinadi. Bunda trening qatnashchilari ongiga birovlarni tushunish, o‘zini o‘zga o‘rniga qo‘ya olish, boshqalar manfaatlari bilan o‘zinikini uyg‘unlashtira olish g‘oyasi singdiriladi. Treninglar mobaynida guruhiy munozaralar, rolli o‘yinlarning eng optimal variantlari sinab, mashq qilinadi.



Yüklə 117,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin