Ibn Sino asarlarida ham didaktikaning prinsiplariga, xusu-san, ko'rsatmali o'qitishga qiziqish bilan qaralgan. Ibn Sino inson dastlabki o'quv mashg'ulotlarida buyumning tashqi xossasini o'rgansa, o'sha buyumni va uning tasvirini ko'rib chiqsa, o'zi mustaqil holda bilimlarni o'zlashtira oladi, deb hisoblagan. Olim inson haqiqatan mavjud narsalarni yoki ularning tasvirini idrok etishi tufayli unda obyektiv voqelikni to'g'ri aks ettiradigan tasawur shakllanishini uqtirgan.

Sharqshunos olim Kindiyning fikricha, insonda ijobiy sifatlarni tarkib toptirishning eng zarur omili uning aql kuchini rivoj-lantirishdir. Aql kuchi rivojlanmasa, inson umr bo'yi Arastuning kitoblarini o'qisa ham, ularda ifodalangan fanlarning birontasini o'zlashtira olmaydi. Bunday odam har qancha urinsa-da, faqat boshqalaming gaplarini takrorlab bera oladigan bo'ladi. U hech narsaning mohiyatini tushunmaydi va o'zlashtira olmaydi. Kindiy ana shu fikrlarini bayon qilar ekan, o'qitishning ilmiyligi va ongliligi qoidasini nazarda tutgan.
Pedagog olimlarning yuqoridagi fikr-mulohazalarini umumlashtirib, xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, o'qitish prinsiplari yosh avlodga ta'lim va tarbiya berish maqsadlariga muvofiq o'qitishning xarakterini belgilaydigan asosiy yetakchi qoidalardir.

Mana shu prinsiplar qayerdan kelib chiqqan? Ularni kim, qachon va qanday vaziyatlarda ifodalagan? Prinsiplarni ifodalashga olib kelgan asosiy manba, o'qitish amaliyoti, o'qituvchilaming keyinchalik anglangan, umumlashtirilgan va tarqalgan tajribasi hamda topilmalaridir. Biz ijtimoiy rivojlanishga ko'ra o'qitish prinsiplarining o'zga-rishini e'tirof etgan holda an'anaviy ta'riflarni saqlash, ularga faqat zamonaviy maktabning ahvolini aks ettirish zarurligi uchun boshqacha mazmun baxsh etish, xususan, yangi maktabga xosayrim qoidalarni kiritish tarafdorimiz.