Mavzu: O‘qituvchining kasbiy va shaxsiy rivojlanishi va shakllanishi Mavzu rejasi


Pedagog va uning mehnati haqida buyuk allomalarning fikrlari



Yüklə 48,43 Kb.
səhifə3/5
tarix25.12.2023
ölçüsü48,43 Kb.
#194717
1   2   3   4   5
4- maruza

3. Pedagog va uning mehnati haqida buyuk allomalarning fikrlari
Abul-Qosim Mahmud Ibn Umar Az-Zamaxshariy (1075-1144) jahon ilm-fani va madaniyatiga salmoqli hissa qo‘shgan mashhur olim va adibdir. U o‘z asarlarida halollik va pokizalikni, ilmga muhabbatni, mard­lik va olijanoblikni ulug‘laydi. Ulug‘ mutafakkir “Navobig‘ ul-kalim” (“Nozik iboralar”) asarida kishilar ilmli bo‘lish, o‘qitish, yozish bilan hosilu mukammal bo‘ladi, olim kishi oqil, bilimdon va chiroyli xushxat yozuvga ega bo‘lsa, bu uning kamolotga yetganligidan dalolat­dir, deydi. Asarda mudarrislar to‘g‘risida noyob fikrlar bildirilgan: “Murabbiy o‘qib tursagina murabbiy bo‘la oladi, agar o‘qishni to‘x­tatib qo‘yar ekan, unda murabbiylik o‘ladi” 4.
Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziy XIII asrda Eronda yashab ijod qilgan yirik shoir va mutafakkirdir. U faylasuf-shoir bo‘lishi bilan birga tajribali murabbiy ham bo‘lgan. Shoir “Guliston” asarida o‘z davri mudarrislarini turli toifaga bo‘lib, ularni ta’riflaydi. Qattiqqo‘l o‘qituvchilarni “..basharasi tirishgan, tili zahar, yomon xulqli, odamlarni ranjitadigan, gadoy tabiatlik, ochko‘z, uni ko‘rishi bilan shogirdlarining kayfiyati uchar” shogirdlar undan bilim va tarbiya ololmaydilar. Yana bir toifadagi o‘qituvchilar “...sodda, yaxshi va yumshoq ko‘ngilli odam. Unar-unmasga so‘zlamas edi va bolalarni ranjitadigan so‘zlar og‘zidan chiqmas edi. Uning farishtadek axloqliligi va mehribonligini ko‘rgan bolalar murabbiyni mensimay qo‘ydilar. Uning yumshoq tabiatlik ekanligini bilishib, ilmni ham o‘rganmaydilar. Alqissa bolalar o‘yin va to‘polonga berilib vaqtni bekorga o‘tkazdilar”.
Bayt: Ustod muallim bo‘lsa beozor,
Go‘dak eli bozorda xarsang o‘ynar.
Bu holatga Shayx Sa’diy Sheroziy ikki xil ta’rif beradi. Birinchidan, Sa’diy yashagan davrda ham, undan keyingi davrlarda ham maktabda o‘quvchilarni qattiqqo‘llik bilan o‘qitganlar. Ikkinchidan, Shayx Sa’diy bu holatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan va qattiqqo‘l o‘qituvchiga nisbatan norozilik bildirmagan, ilm va tarbiya berishda qattiqqo‘llikni afzal ko‘rgan: “jabr ustod boz mehr padar” deb ta’kidlaydi, ya’ni o‘qituv­chining jabri va jazosi ota mehridan ham afzalligini aytadi.
Buyuk mutafakkir Abdurahmon Jomiy XV asrda yashab ijod qilgan. U o‘z asarlarida insonning yuksak axloqiy hislatlarini, go‘zal fazilatlarini kuylaydi. «Iskandar xirodnomasi” asarida muallimlar to‘g‘risida noyob fikrlarni bildirgan: “muallim aqlli, adolatli, o‘zida barcha yuksak fazilatlarni mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak. O‘zini nomunosib tutgan murabbiy hech vaqt bolalarga bilim bera olmaydi”. Shoir muallimning hayotdagi o‘rnini quyidagi baytida bayon qiladi:
Ustod, muallimsiz qolganda zamon,
Nodonlikdan qora bo‘lurdi jahon.
Alisher Navoiy (1441-1501) ijodida muallimlarga munosabat alohida berilgan. Uning fikricha, har bir inson o‘ziga ta’lim va tarbiya bergan ustozini, o‘qituvchisini umrbod hurmat qilishi va uni e’zozlashi kerak. O‘qituvchi mehnatini har qanday xazina bilan o‘lchab bo‘lmaydi:
Haq yo‘linda kim senga, bir harf o‘qitmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado, oning haqqin yuz ganj ila.
Alisher Navoiy yosh avlod tarbiyasini har qanday tasodifiy murab­biyga ishonib topshirib bo‘lmasligini aytib, o‘qituvchiga yuksak talab­larni qo‘yadi. Bolani tarbiyalash va unga bilim berish, uning qobiliyatini o‘stirish uchun nihoyatda savodli o‘qituvchi va mahoratli tarbiyachi bo‘­lish kerak. Alisher Navoiy o‘qituvchini faqat dars beruv­chi, bilim beruv­chi deb bilmaydi, balki mahoratli tarbiyachi bo‘li­shi lozim deb ilm va odobni birga olib borilishini, bu ikki jarayon hech qachon ajral­masligini ta’kidlab o‘tadi.
Buyuk alloma o‘zining “Mahbub-ul qulub” didaktik asarida o‘qi­tuv­chi xalq oldida obro‘ga, hurmat va izzatga sazovor bo‘lishi kerak­ligini, u xalq g‘ami bilan yashashini, xalqqa yordam beruvchi, xalq bilan birga bo‘lishi lozimligini aytadi. Nodon, mutaasib, johil mudarrislarni tanqid qilib, mudarris olimlar orasidagi eng sara “malak qiyofali” kishi bo‘lishi, ya’ni sof ko‘ngilli, pok qalbli, insofli, karam-muruvvatli, odob­li, vafoli, kishilikning eng yaxshi va oliyjanob hislatlarini o‘zida aks ettiruvchi bo‘lishi kerak deydi. Ayniqsa, madra­salarda ta’lim-tarbiya bilan shug‘ullanuvchi mudarrislarga jiddiy talab­larni qo‘yadi: «Mudarris kerakki, g‘arazi mansab bo‘lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars berishga havas ko‘rgazmasa va olg‘irlik uchun gap-so‘z va g‘avg‘o yurgizmasa, nodonlikdan sallasi katta va pechi uzun bo‘lmasa, gerdayish uchun madrasa ayvoni unga bosh o‘rin bo‘lmasa, yaramasliklardan qo‘rqsa va nopoklikdan qochsa... nainki, o‘zini olim bilib, necha nodonga turli xil fisq ishlarni qilish mumkin, balki halol desa, qilmas ishlarni qilmoq undan sodir bo‘lsa va qilar ishlarni qilmaslik unga qoida va odat bo‘lib qolsa, bu mudarris emas, yomon odatni tarqatguvchidir». Demak, mudarris bilimli, fozil va donishmand bo‘lishi, kishilikning eng yaxshi fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan oliy­janob va kamtarin bo‘lishi, har qanday yaramas ishlardan holi va pok bo‘lishi, o‘z xulqi va odobi bilan boshqalarga namuna bo‘lishi lozim.
Ayni o‘rinda o‘qituvchi mehnatini eng murakkab va mashaqqatli ish ekanligini xolisona baholaydi: “Uning ishi odam qo‘lidan kelmas, odam emas, balki dev ham qila bilmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saq­lash­dan ojizlik qilardi. U esa bir to‘da bolaga ilm va adab o‘rgatadi, ko‘r­kim bunga nima etsin. Shunisi ham borkim, u to‘dada fahm-farosati ozlar ham bo‘ladi, unday kishiga yuzlarcha mashaqqat qilsa qanday bo‘la­di. Har qanday bo‘lsa ham, yosh bolalarda uning haqqi ko‘pdir. Agar shogird podshohlikka erishsa unga (muallimga) qulluq qilsa arziydir”.

Yüklə 48,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin