Mavzu: Oqova suv ta’rifi va oqova suv turkumlari. Reja


Sanoat korxonalari hududida hosil boiadigan atmosfera oqova



Yüklə 37,28 Kb.
səhifə3/3
tarix16.02.2023
ölçüsü37,28 Kb.
#84495
1   2   3
Oqova suv ta’rifi va oqova

3.Sanoat korxonalari hududida hosil boiadigan atmosfera oqova
suvlari shu korxonaga xos chiqindilar bilan to‘yinishi ehtimoli
juda katta.
Yog‘ingarchilik natijasida hosil boiadigan atmosfera suvlari
yomg‘ir yog‘ishi, qor va muzning erishi tufayli paydo boiadi.
Oqova yomg‘ir suvlarida anchagina mineral va qisman organik
chiqindilar bor. L.I. Strelsovaning maiumotlariga ko‘ra, ularda
muallaq modda konsentratsiyasi 65-2440 mg//, KBES 29-71 mg//,
ayrim joylarda esa bu ko‘rsatkichlar 12570 va 371 mg// gacha
boiishi mumkin. Oqova yom gir suvlari suv havzalariga katta xavf
tug‘diradi va ular chiqindilantiruvchi manbalardan biri hisoblanadi.
Oqova yomg‘ir suvlarining sarfi ham juda katta bo iish i mumkin,
1 ga maydonda hosil boiadigan oqova suvlar sarfi 150-300 //sekgacha boiishi mumkin. Oqova y om gir suvlarining kecha-kun-
duzda va yil davomida hosil bo iish notekisliklari juda ham keng
oraliqlarda o‘zgaradi.
Bugungi kunda shahar yoki munitsipalitet oqova suvlari degan
tushuncha paydo boidi. Bu tushunchaning ma’nosi bir necha oqova
aralashmasi, ya’ni maishiy, ishlab chiqarish va oqova yom gir suv­
larining aralashmasini anglatadi. Shahar oqova suvlarida ko‘proq
ishlab chiqarishga xos (neft mahsulotlari, ishqorlar, tuzlar va bosh­
qa) chiqindilar uchraydi.
Turli toifadagi oqova suvlarning turlicha chiqindi darajasiga ega
boiishi, ularning tabiatan turlicha hosil bo iish tartibiga bo‘ysuni-
shi loyihachilar oldiga muhim masalani - ularni birga yoki alohida
oqizish va tozalashni hal qilishni qo‘yadi.
Oqova suvning umumiy chizmasi
va uning asosiy elementlari
Insonning yashash va ishlab chiqarish faoliyati natijasida aholi
maskanlari hamda sanoat korxonalarida mineral va organik tarkib-
ga ega turli chiqindi va axlatlar o‘z vaqtida bartaraf qilinmasa,
ular m aium ekologik xavf tug‘dirishi mumkin. Sanitariya nuqtayi
nazaridan organik chiqindilar nihoyatda xavfli. Chunki ularda ro‘y
beradigan mikrobiologik jarayonlar ta’sirida chirish hosil b o iad i­
gan birikmalar atmosferani, yer osti suvlarini, ochiq havzalarni
chiqindilantirishi mumkin. Aholi yashash joylari oqova suvlarini
oqizish shakllarini aks ettiruvchi bosh reja tuziladi. Bosh rejada
mavzelar bilan birgalikda tarmoqlar, nasos va tozalash stansiyalari,
dukerlar va boshqa inshootlar ko‘rsatiladi (1-rasm).
Oqova suvlarni oqizish tizimi bu murakkab muhandislik tarmoq
va inshootlari bo iib , u turli qismlardan tashkil topadi. Oqova suv-
lami oqizish tizimlarining shakli quyidagi unsurlardan iborat:

Oqova suvlarni oqizish tizimlarida oczi oqarlikni ta’minlash


maqsadida quvurdar nishablikda yotqiziladi. Tik quvurlar tik
o'rnatiladi va uchi yassi tomdan 0,3 m ga, qiya tomdan esa 0,5 m
chiqib turadi. Tik quvurlarda yig‘ilgan oqova suvlar chiqishlar
orqali binodan tashqariga chiqariladi. Chiqishlar deb, tik quvur-
dan hovli kuzatish qudug‘igacha boigan tarmoqqa aytiladi. Ular
ko'cha tomonga qarab ma’lum nishablikda yotqiziladi.
Har bir suv qabul qiluvchi qurilma gidravlik to‘siq bilan jihoz-
lanadi, bu to‘siq oqova suv tarmog‘idan xonaga badbo‘y hidlar-
ni o‘tkazmaslik uchun xizmat qiladi. Tarmoqlarni shamollatish
uchun oqova suv tarmoqlari qisman to iishgan hisoblanadi. Tik
quvurlar orqali tarmoq ichidagi gazlar so‘rib olinadi. Gazlarning
xonalarga kirishini cheklash uchun U-simon shaklga ega sifonlar
o'rnatiladi. Bu qurilmalar gidravlik qulflar ham deyiladi va ular-
da doimo 8-10 sm li suv ustuni mavjud boiadi. Ayrim paytlarda
sifonlar sanitar asbobning tarkibida joylashgan bo‘lishi mumkin.
Ichki tarmoqlarni tozalash uchun maxsus unsurlar - reviziyalar
o‘rnatiladi.
Binolardan yig‘ilgan oqova suvlar ko‘cha tarmoqlari orqa-
ii kollektorga qo‘shiladi. Kollektorlar esa, o‘z navbatida, bosh
kollektorga yoki tozalash inshootlariga jo ‘natadi. Nasos stansi-
yalari tarmoqlar nihoyatda chuqurlashib ketgan paytlarda o‘rna-
tiladi. Tarmoqlar ishini kuzatish va ularni tozalab turish uchun
ma’lum masofalarda kuzatish quduqlari va kameralari o‘rnatiladi.
Yon tomondan qo‘shilishlarda, burilishlarda ham quduqlar o‘ma-
tilishi zarur. Quvurlar tabiiy va sun’iy to‘siqlar bilan kesishgani-
da maxsus inshootlar (duker va estakada) yordamida oqova suvlar
oqizdiriladi. Yomg‘ir suvlarini qabul qilish uchun panjarasimon
qopqoqqa ega quduqlar ishlatiladi.
Tekis relyeflarda quvurlaming yotqizilish chuqurligi borgan
sari oshib boradi va qurilish ishlarining murakkablashishiga olib
keladi. Shu sababli ularning chuqurliklari cheklangan va 6-8 m ni
tashkil qiladi. Bunday chuqur joylardan oqova suvlar nasos stansiyalari yordamida uzatiladi. Nasos stansiyalari oicham i, shakli va
o'rnatilgan joyiga qarab mahalliy, tuman va bosh nasos stansiyalari
toifalariga boiinadi. Nasos stansiyalaridan oqova suvlar bosimli
quvurlar yordamida uzatiladi.
Yüklə 37,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin