Mavzu: Oqova suv ta’rifi va oqova suv turkumlari. Reja


Maishiy-xojalik oqova suvlari



Yüklə 37,28 Kb.
səhifə2/3
tarix16.02.2023
ölçüsü37,28 Kb.
#84495
1   2   3
Oqova suv ta’rifi va oqova

2.Maishiy-xojalik oqova suvlari deb, insonning yashash faoliya-
ti natijasida hosil bo'ladigan fiziologik axlatlar, yuvinish, cho‘mi-
lish, ovqat pishirish, kir yuvish va h.k. jarayonlarida hosil bo‘ladi-
gan suyuq chiqindilarga aytiladi. Maishiy oqova suvlar aholi tu-
rarioylarida, jamoat binolarida, kommunal (hammom, kir yuvish
korxonalarida) hamda sanoat korxonalarining maishiy xonalarida
hosil bo‘ladi. Oqova suvlarning hosil bo‘lish tartibi insonning
yashash tarzi bilan bevosita bog‘liq, ularning tarkibi esa, asosan,
fiziologik va xilma-xil xo‘jalik axlatlari, tarkiban mineral, organik
va biologik moddalardan iborat.
Ishlab chiqarish oqova suvlari turli mahsulotlar ishlab chiqa­
rish jarayonida ishlatiladigan suvlarning sanoat chiqindilari bilan
chiqindilanishi natijasida hosil boiadi. Aksariyat sanoat korxonala­
rida oqova suvlar hosil bo‘ladi. Qurilish sohasi korxonalari misoli-
da temir-beton, g ‘isht qoliplarni yuvish natijasida, yengil sanoatdainatolami bo‘yash, meva-sabzavotga ishlov berish korxonalarida
xomashyoni yuvishdan boshlab, idishlar va uskunalar yuvilishida,
energetika sohasida issiq qurilmalarni sovitishda, kimyo va boshqa
sanoatlarda oqova hosil bo'lishi muqarrar.
Atmosfera (yog'in) oqova suvlari yom g‘ir yog1 ishi, sel kelishi,
qor va muzlarning erishi natijasida hosil bo iad i. Atmosfera oqo­
va suvlari davriy ravishda hosil bo'lishi, nihoyatda katta notekis-
likka ega bo‘lishi bilan ajralib turadi. Bu oqova suvlar ochiq
hududlardan oqib kelishi natijasida ko‘proq mineral moddalar bi­
lan chiqindilanadi. Ammo yer sirtida yig‘ilib qolgan boshqa mod-
dalarni ham tarkibiga olib oqadi. Masalan, avtomobil yoqilg‘isi
quyish shoxobchalarida neft mahsulotlari, o ‘g‘it omborlarida
kimyoviy unsurlar va boshqa moddalar bilan chiqindilanishi
mumkin. Yog‘inlar atmosfera gazlari, chang va aerozollar bilan
to‘yinadi, bino tomlaridan va yer yuzidan chang va axlatlarni ham
yig‘adi. Tarkiban atmosfera oqova suvlarigayaqin bo'lganligi sa-
babli ko‘cha va maydonlarni yuvishdan va faw oralardan hosil
bo‘ladigan oqova suvlar birga oqiziladi.
Oqova suv miqdori saif bilan o‘lchanadi. Oqova suvlar sarfi deb
ularning vaqt birligida ma’lum kesimdan o‘tgan hajmiga aytiladi
va m3/kecha-kunduz, m3/s, m3/smena, mVsek, //sek o‘lchov bir-
liklarida o‘lchanadi.
Oqova suvlar tarkibidagi chiqindilar turli mineral, organik,
biologik moddalar bilan chiqindilangan bo‘lib, bu moddalar haqiqiy
eritma, kolloid eritma, suspenziya, ya’ni muallaq modda shaklida
boMishi mumkin. Chiqindilanish darajasi chiqindilantinavchi mod-
dalarning konsentratsiyasi bilan baholanadi.
Chiqindilantiruvchi modciamrtg massaviy konsentratsiyasi deb,
eritmaning hajm birligidagi moddalarning massasiga aytiladi va
mg// yoki g/m3 o ichov birliklarida o‘lchanadi.
Erimagan holdagi zarrachalar qog‘oz filtrlarda sizish yo‘li bilan
aniqlanishi mumkin. Bu ko‘rsatkich muallaq modda konsentratsi-yasi deyiladi. Odatda, maishiy oqova suvlarda bu ko‘rsatkich 100­
300 mg// atrofida boiadi. Erigan va kolloid holdagi organik mod­
dalar miqdori kislorodga kimyoviy ehtiyoj (KKE) va kislorodga
biologik ehtiyoj (KBE) kabi ko‘rsatkichlar yordamida aniqlanadi.
KBE ko‘rsatkichi ma’lum davr ichidagi sarflangan kislorod bilan
baholanadi. Bu ko‘rsatkichning to iiq qiymati KBE^0, ya’ni 20 ke-
cha-kunduz (k-k) davomidagi sarflangan kislorod miqdori hisobla­
nadi. Amalda bu ko‘rsatkichning tezkorlik maqsadida 5 kunligi
ham ishlatiladi va KBE5 bilan ifodalanadi.
KKE oqova suvlar tarkibidagi mavjud organik moddalar (qis-
man oksidlanuvchi anorganik moddalar)ning kimyoviy yo‘l bi­
lan oksidlanishi uchun sarflangan atomar kislorod miqdoriga,
KBE esa suvdagi organik moddalarning biologik yo‘l bilan, ya’ni
mikroorganizmlar tomonidan iste’mol qilingan molekular kislorod
miqdoriga aytiladi. Shartli ravishda KBEni KKEning bir qismi deb
anglash mumkin. Odatda, maishiy oqova suvlarning KBEsi 50-250
mgO //, KKE esa 150-600 mgO// atrofida bo‘ladi. Maishiy oqova
suvlar tarkibida juda ko‘p miqdorda biologik chiqindilar: mikroor-
ganizm, viruslar, zambuaig‘lar hamda organik moddalar borligi sa-
babli past haroratlarda ham o‘z-o‘zidan aynish, bijg‘ish jarayonlari
ro‘y berishi mumkin.
Odatda, to‘la KBE deb 20 kecha-kunduz davomida sarflangan
kislorod miqdoriga aytiladi. Bu ko‘rsatkich uzoq muddat aniqlani-
shi va nihoyatda noqulayligi sababli KBE5, ya’ni 5 kecha-kunduz
davomida ham aniqlanishi mumkin. Odatda, maishiy oqova suv­
larda birikishidan hosil bo‘ladigan bu ko‘rsatkichlarning me’yori
tindirilmagan oqova suvlarda 87 va 75 g/kecha-kunduzni, tindiril-
gan oqova suvlarda esa 46 va 40 g/kecha-kunduzni tashkil qiladi.
Oqova suvlarni mexanik tozalash tindirgichlarda amalga oshirilsa,
biologik inshootlar hisobi tindirilgan KBE asosida bajariladi, aks
hollarda tindirilmagan oqova suvlarning KBEi asosida bajariladi.
Ishlab chiqarish oqova suvlari, odatda, sanoat chiqindilari bi­
lan chiqindilanadi. Bu oqova suvlarning tarkibi va miqdori xil-
ma-xil bo‘lib, ishlatiladigan texnologiya, xomashyo, asbob-usku-
na turi va boshqa omillarga bog‘liq. Ayrim ishlab chiqarish oqova
suvlari tarkibida zaharli moddalar (fenol, sianidlar, og‘ir metal-
lar, mis, qo‘rg‘oshin, simob, xrom) hamda radiofaol unsurlar ham
uchraydi.
Sanoat korxonalarida hosil bo‘ladigan ayrim oqova suvlar ni-
hoyatda oz chiqindilangan yoki umuman chiqindilanmagan bo‘li-
shi mumkin. Bu oqova suvlarni shartli toza oqova toifasiga ajratish
mumkin. Misol qilib sovitish tizimida hosil boiadigan oqova suv­
larni keltirish mumkin. Agar ishlab chiqarishda hosil boiadigan
chiqindilar turi va ularning konsentratsiyasi shahar tozalash in-
shootlari ishiga salbiy ta’sir etish tahdidi boisa, korxona hududi-
da oqova suvlar lokal tozalashdan keyingina maishiy oqova suvlar
bilan birgalikda yakuniy tozalashga jo ‘natiladi.
Ishlab chiqarish oqova miqdorini kamaytirish, ularning chiqin-
dilanish darajasini pasaytirish maqsadida xomashyoni iqtisod qi-
ladigan zamonaviy texnologiyalar ishlatish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 37,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin