mentni ishlatish mumkin. Fibrolit ishlab chiqarish uchun, 50% dan kam bo‘lmagan C3S va 10—14% C3A ga ega tez qotuv- chi alitli yuqori aluminatli sementlar eng yaroqli hisoblanadi. Mineralizator sifatida xlorli kalsiy, eruvchan shisha vaoltingugurtli loy-tuproq ishlatiladi. Eng ko‘p tarqalgan mineralizator turi — bu xlorli kalsiydir.Mineralizator eritmalari 30—40° С haroratgacha isitilishi kerak. Yog‘och shersti qanchalik quruq bo‘lsa, mineralizator eritmasi yog‘och g‘ovaklari va kapillarlariga shunchalik yengil va chuqurroq kiradi, shuning uchun quritilgan sherst mineralizatsiyasiho'liga nisbatan samaraliroqdir. 17 3. Fibrolitni qurilishda ishlatish.
18 Fibrolitni ishlatishning asosiy sohasi — bu uy-joy qurilishidir. Qurilishning me’yor va qoidalari bo‘yicha sementli fibrolitni 11 va III sinf binolarida to‘siqli konstruksiyalar, masalan, yengil tosh devorlar, sinch devorlar to‘ldiruvchilari, to‘siqlar uskunalari is- siqlik-izolatsiyasi uchun qo‘llashga ruxsat beriladi . Yuqori chidamli konstruktiv sementli fibrolitdan bir qavatli sinchsiz uylar qurish mumkin. Ma’lum o‘lchamlar va, shu bilan birga, fibrolit plitalarning yengilligi uylarni tez, katta mehnat sarfisiz va ko‘tarma kranlarni qo‘llamasdan qurishga imkon beradi. Fibrolit binolarning yax- shi issiqUk himoyasini ta’minlaydi. Qalinligi 15 sm bo‘lgan fibroUt plita devori o‘z termik qarshiligi bo‘yicha ikki g‘isht qalinlikdagi devorga ekvivalentdir. Fibrolitni namlikdan saqlash kerak, uni yuqori nam sharoitlarda, xususan, hammom va dush kabinalari-da qo‘llash mumkin emas. Fibrolitda havo o‘tkazuvchanlik yuqori bo‘lgani uchun, undan yasalgan devor va to‘siqlar suvaladi. 19 20 Fibrolit yonadi, shuning uchun pechlar va mo'rkonlarga tegmasligi kerak. Fibrolitning boshqa materiallarga nisbatan katta afzalligi — bu uning kichik namligidir, bu esa boshqa ko‘pginabinolarga qaraganda, fibrolitli uylarni tezroq qurish imkonini beradi. Yog‘och konstruksiyalarga fibrolit plitalami diametri 30 mm gayaqin metall shaybali maxsus enli mixlar bilan qoqiladi. G‘ishtli,beton devorlar va to‘siqlar plitalariga fibrolit, odatda, ohak-sementli aralashma yordamida mahkamlanadi. Binolaming yerto‘la xonalarida fibrolitni qo‘llashda, plitalami tosh devorlarga issiq bitumyordamida mahkamlanadi, bitum uning gidroizolatsiyasini ta’minlaydi. FibroUt plitalami monolit betonlar bilan birgalikda qo‘llanuvchiqurilish konstruksiyalarida ulami opalubka sifatida ishlatish mumkin, bu yog‘och materiallari iqtisodiga va qurilish ishlarining arzonlashuviga olib keladi.