teshish, unga mix qoqish mumkin. Fibrolitning g‘adir-budir yu- zasi suvoq bilan yopishishga yordam beradi. 14 2. Xomashyo materiallari.
Sementh fibrolit tayyorlash uchun xomashyo sifatida yog‘ochshersti ko‘rinishidagi yog‘och va portlandsement xizmat qiladi.Bundan tashqari, sementning yog‘och shersti bilan yaxshiroq birikishi va yopishishi muddatlarini nazorat qilish uchun xlorli kalsiy, eruvchan shisha, gips, oltingugurtli loy-tuproq va ayrim boshqamoddalar qo'shiladi.
Sherst olish uchun yaroqli yog‘ochni tanlashda, portlandsementning yopishish va qotish jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi undan ajratib olingan suvda eruvchan organik moddalarning miqdori katta ahamiyatga egadir. Bunday moddalarga yog‘och tarkibidagi tanin, shakar, kraxmal, ayrim gemiselluloza va boshqalar kiradi. Yog'och tarkibidagi suvda eruvchan moddalar tarkibidaraxt turi va yoshiga, kesilgan vaqtiga, hamda omborxonada yotgan muddatga bog‘liqdir. Archa, oqqarag'ay va qarag‘ay eng kam suvda eruvchan moddalarga ega. Shuning uchun, yog‘och shersti, ko‘pincha, ignabargli daraxtlardan olinadi. Qayin va tog‘terakko‘p suvda eruvchan moddalarga ega. Yozda kesilgan yog‘ochda,
qishda kesilgan yog‘ochga qaraganda, ko'proq suvda eruvchan moddalar bo‘ladi. Yog‘och po‘stlog‘i ko‘p ekstragenli moddalarga ega, shuning uchun yog‘ochni yog‘och sherstiga aylantirishdan oldin po‘stlog‘idan ajratiladi. Ignabargli yog‘och omborxonalarda
4—6 oy saqlanib turiladi.
15 Yog‘och shersti uzunligi 400—500 mm va qisqaroq, ammo 200 mm dan kam bo'lmasligi kerak. Sherst eni va qalinligi fibrolit turiga bog‘liq. Yog‘och sherstining tavsiya qilingan o‘lchamlari jadvalda ko'rsatilgan. 16 Fibrolit ishlab chiqarish uchun qo'llanuvchi portlandsement 500 markali bo‘lishi va yuqori tuyish mayinlikka ega bo'lishi ke rak, buning uchun sementni vibrotegirmonlarda maydalanadi. Xuddi shunday sifat talablariga javob beruvchi shlakportlandse-