MUАMMOLI VАZIYAT: Bemor S., 42 yoshda, 26 yildan beri yopiq kameralarda boʼyoqchi boʼlib ishlaydi. Organik erituvchilar sifatida toluol, ksilol, kumol kabi moddalar ishlatiladi. U shifokorga milklarning qonashi, qoʼl va oyoqlarining terisida qon quyilishi, xayz siklining buzilganligi, koʼp qon ketishi, behollik, jizzakilik kabi shikoyatlar bilan murojat qildi.
Tekshirilganda: terisi oqargan, bilak va sonlarining terisida kichik-kichik koʼkargan joylari bor. Pay reflekslari oshgan. Qorni paypaslab koʼrilganda yumshoq, oʼng qovurgʼa ostida ogʼriqli, jigari 3 sm kattalashgan.
Ginekolog koʼrigida patologik oʼzgarishlar aniqlanmadi.
Qon analizida: : gemoglobin 120 g/l, eritrotsitlar 4.000.000, rangli koʼrsatkich 0,9, leykotsitlar 3200, trombotsitlar 154000, EChT 12 mm/soat. Qon ivish vaqti 7 minut.
III. АMАLIY VАZIYATNI BOSQICHMА-BOSQICH TАHLIL QILISH VА HАL ETISH BOʼYICHА TАLАBАLАRGА USLUBIY KOʼRSАTMАLАR
Аvvalo keys bilan tanishing. Organik erituvchilar benzol va uning gomologlari toluol, ksilol tasirida rivojlangan kasbiy kasalliklar haqida tushuncha hosil qilish uchun bor boʼlgan butun axborotni diqqat bilan oʼqib chiqish lozim. Oʼqish paytida vaziyatni tahlil qilishga shoshilmang
2. Berilgan vaziyat bilan tanishish
Maʼlumotlarni yana bir marotaba diqqat bilan oʼqib chiqing. Siz uchun muhim boʼlgan satrlarni belgilang. Bir abzatsdan ikkinchi abzatsga oʼtishdan oldin, uni ikki uch marotaba oʼqib mazmuniga kirib boramiz. Keysdagi muhim fikrlarni qalam yordasida ostini chizib qoʼying. Vaziyat tavsifida berilgan asosiy tushuncha va iboralarga diqqatingizni jalb qiling. Ushbu vaziyatni tushunish uchun “Organik erituvchilar taʼsirida yuzaga keluvchi kasbiy kasalliklar”ni yaxshi bilish zarur. Benzol va uning gomologlaridan o’tkir va surunkali zaxarlanishlarni oʼz vaqtida diagnostik qilinmasa keyin kech boʼladi, chunki bemorlarning mehnat layoqati yoʼqoladi va nogironlikka olib keladi. Organik erituvchilar benzol va uning gomologlaridan zaxarlanganda yuzaga keluvchi klinik belgilarni sanab oʼting va qaysisini aniqlashtirish lozimligini toping.