Oʼquv fani: Kasb kasalliklari
Mavzu: Organik erituvchilar taʼsiridan rivojlangan o’tkir va surunkali zaxarlanish.
Keysning asosiy maqsadi:
Talabalarning “Organik erituvchilar taʼsiridan rivojlangan o’tkir va surunkali zaxarlanish “ mavzusida chuqur bilimlar va koʼnikmalarga ega boʼlishi, organik ertuvchilar tasirida rivojlangan o’tkir va surunkali zaxarlanishlarni oʼz vaqtida diagnostika qilish, shoshilinch yordam koʼrsatish, davolash boʼyicha kursatmalar berish.
Oʼquv faoliyatida kutiladigan natijalar: • Organik erituvchilar taʼsirida rivojlangan kasb kasalliklaridagi o’tkir va surunkali zaxarlanishlarni tashxislashni oʼrganish;
• Organik erituvchilar “benzol va uning gomologlari” tasirida kelib chikuvchi o’tkirzaxarlanishlarda bemorlarga shoshilinch yordam koʼrsata bilish;
• Organik erituvchilar taʼsiri zamirida kelib chikkan kasbiy zaxarlanishlarning solishtirma tashxisini utkaza bilish;
• Benzol va uning unumlaridan o’tkir va surunkali zaxarlanishda davo rejasini tuzish, bemorlarning mehnat layoqatini ekspertiza qilish;
• muammoli vazifalarni yechishda nazariy bilimlarni qoʼllash;
• muammoni aniqlab, uni hal qilishda yechim topish;
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun oldindan talabalar quyidagi bilim va koʼnikmalarga ega boʼlmoqlari zarur:
Talaba bilishi kerak: - Organik erituvchilarning ximiyaviy tuzilishiga kura organizmga taʼsirining uziga xos xususiyatlari;
- Benzol va uning gomologlari (taluol, ksilol) tasirida rivojlangan o’tkir va surunkali zaxarlanishlarning patogenezi;
- Organik erituvchilar tasiridan rivojlangan kasb kasalliklaridagi o’tkir va surunkali zaxarlanish klinikasi.
- Organik erituvchilar tasirida rivojlangan kasbiy zaxarlanishlar diagnostikasi;
- Organik erituvchilar tasirida rivojlangan o’tkir va surunkali kasbiy zaxarlanishda shoshilinch yordam koʼrsatish va davolash printsiplari.