səhifə 14/16 tarix 15.10.2023 ölçüsü 420,5 Kb. #155992
ORGАNIK ERITUVCHILАRDАN O’TKIR VА SURUNKАLI ZАXАRLАNISH
VI. MАVZUGА OID TEST SАVOLLАRI
1. Benzol va uning gomologlari koʼllaniladigan va ishchilarning organizmiga uning noxush taʼsiri boʼlishi mumkin boʼlgan ishlab chiqarish soxalari va jarayonlarini koʼrsating:
А. lak va boʼyoqlarning erituvchisi sifatida ishlatilishi*
B. sunьiy tolalar va kauchuk olishda*
V. akkumulyatorlar ishlab chiqarish
G. payvandlash ishlari
D.tog’-kon sanoati
2. Benzol va uning gomologlari taʼsirida qaysi aʼzo va sistemalar zararlanadi:
А. suyak ko’migi*
B. Qon va MАT*
V. buyrak usti bezlari
G. qalqonsimon bez
D. bug’imlar
3. Ishlab chiqarish sharoitida benzol organizmga qaysi yoʼl bilan kiradi:
А. yuqori nafas yoʼllari orqali*
B. zararlanmagan teri orqali*
V. meʼda-ichak orqali
G. soch orqali
D. bronxlar orqali*
4. Benzoldan surunkali zaharlanishning patogenezidagi asosiy mexanizmni
koʼrsating:
А. suyak koʼmigidagi oʼzak xujayralarga toksik taʼsiri*
B. V-6, V-12, va S vitaminlar balansining buzilishi*
V. markaziy asab sistemasiga toksik taʼsiri*
G. miyachaning neyronlariga toksik taʼsiri
D. buyrak usti bezlariga toksik taʼsiri
5. Benzoldan surunkali zaharlanishda kuzatiladigan gematologik oʼzgarishlarni koʼrsating:
А. leykopeniya*
B. trombotsitopeniya*
V. gipoplastik yoki aplastik anemiya*
G. leykotsitoz
D. trombotsitoz
6. Benzoldan surunkali zaharlanishda qon xosil boʼlishi qaysi tartibda buziladi:
А. leykopoez
B. megakariotsitopoez, eritropoez
V. eritropoez, leykopoez, trombotsitopoez*
G. fakat eritropoez buziladi
D. fakat leykopoez buziladi
7. Benzoldan surunkali zaharlanishda kuzatiladigan nevrologik o’zgarishlarni koʼrsating:
А. asteno-vegetativ*
B. polinevrit*
V. funikulyar mieloz*
G. tarqalgan skleroz
D. paresteziya*
8. Benzol taʼsiridan rivojlangan polinevritga qanday simptomlar xos:
А. qoʼllarda ogʼriq, paresteziya boʼlishi*
B. Qoʼllarda distal gipalьgeziya*
V. qoʼl barmoqlarining shishishi va namligi*
G. tana xarorati yuqori
D. vibratsiya sezgisining pasayishi
9. Funikulyar mielozga xos boʼlgan belgilarni koʼrsating:
А. oyoqlarda bexollik va ogʼriq*
B. xarakatlanish koordinatsiyasining buzilishi*
V. axillov reflekslarining pasayishi*
G. bosh ogʼrigʼi
D. gemodinamik oʼzgarishlar
10. Benzol bilan zaxarlanishda gemoragik sindromga xos boʼlgan belgilarni koʼrsating:
А. milklarning qonashi*
B. mayda toshmadan tortib to qon quyilishlargacha*
V. chimchilash va jgut simptomlarining musbatligi*
G. bosh ogʼrigʼi, miyaga qon quyilishi
D. kungil aynish , qusish, qorinda ogʼriq
11. Benzol taʼsiridan rivojlangan aplastik anemiyaga qanday belgilar xos:
А. eritrotsitlar miqdorining kamayishi*
B. mikrotsitlarning paydo boʼlishi*
V. rangli koʼrsatkichning meʼyorda yoki yuqori boʼlishi*
G. eritrotsitlar mikdorining oshishi
D. kon ivish indeksi(retratsiya) keskin pasayishi*
12. Benzoldan surunkali zaxarlanishda kuzatiladigan atipik variantlarini koʼrsating:
А. benzoldan surunkali zaharlanish elektropoezning o’zgarishi bilan*
B. benzoldan surunkali zaharlanish trombotsitopoezning oʼzgarishi bilan*
V. benzol taʼsiridan rivojlangan leykozlar*
G. buyrak usti bezlarining buzilishi
D eritropoetik va trombopoetik asorat*
Dostları ilə paylaş: