Organik birikmalar
radikal-funksional nomenklatura bo’yicha хam nomlanadi. Bunda
funksional guruh mansub bo’lgan sinfning nomi asos qilib olinadi. Avval radikal nomi, keyin sinfning
nomi aytiladi.
Agar organik birikmada bir necha funksional guruhlar bo’lsa, nomlashda ulardan kattasining
sinfini nomi asos qilib olinadi. Qolgan funksional guruhlarga grek alfavitining harflari quyiladi.
Radikal-funksional nomenklaturaning imkoniyatlari хalqaro o’rinbosarli nomenklaturaga
nisbatan kamroq. Bu nomenklaturadan asosan eng oddiy mono- va bifunksional birikmalarni
nomlashda foydalaniladi. Uglevodorodlarning galogen hosilalari, spirtlar, oddiy efirlar, ketonlar va
aminlar ushbu nomenklatura bo’yicha nomlanadi.
Radikal – bir yoki bir necha vodorod atomi chiqarilishi natijasida hosil bo’lgan uglevodorod
molekulalarining qoldig’idir. Radikaldagi erkin valentligi chiziq bilan belgilanadi. Erkin valentlik
soniga ko’ra bir, ikki va uch valentli radikallar mavjud:
Uglerod atomi (birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi) erkin valentligiga qarab, radikallar
birlamchi,
ikkilamchi,
uchlamchilarga ajratiladi.
Birlamchi uglerod atomiga bevosita bitta uglerod atomi bog’langan, ikkilamchiga – ikkita,
uchlamchiga – uchta:
Dostları ilə paylaş: