Mezomer effekt
Ta’sirlashgan sistemada o’rinbosarning elektron ta’sirining π-bog’lar sistemasi bo’ylab
uzatilishiga mezomer effekt deyiladi va M harfi bilan belgilanadi.
Ta’sirlashgan sistema deb bog’lari o’zaro ta’sirlashuvda bo’lgan yagona delokallashgan
elektron bulut hosil qilgan sistemaga aytiladi. Agar molekulada, ionlarda, radikallarda qushbog’-
oddiy bog’-qushbog’ navbatlashib kelsa (= – =) yoki qushbog’ o’ziga p-elektronlar jufti tutgan atom
markazlari bilan bog’langanda, bog’larning ta’sirlashuvi amalga oshadi.
1) π,π-ta’sirlashuv
–
=
‒‒
=
2) p,π-ta’sirlashuv =
‒‒
Ä, bunda Ä – o’ziga erkin elektron jufti bo’lgan elementlar (kislorod O,
azot N, galogenlar va boshq.).
Bog’larning ta’sirlashuvi ikki хil bo’ladi. Bog’larning ta’sirlashuvida o’rinbosarning π- yoki p-
orbitallari uglerod zanjiridagi π-bog’ni hosil qilgan p-orbitallar bilan o’zaro qo’shimcha qoplanishi
ruy beradi va π-elektronlarning delokallanishi (katta taqsimlanishi) vujudga keladi. O’zaro
ta’sirlashuvchi orbitallar simmetriya o’kiga parallel joylashgandagina ta’sirlashuv sodir bo’ladi.
Ta’sirlashuv molekula uchun qulay bo’lib, sistemaning energiyasi kamayadi va uning termodinamik
barqarorligini oshiradi. Ta’sirlangan sistemalar ochiq va yopiq zanjirli bo’ladi.
Ochiq zanjirli ta’sirlashgan sistemalar.
Yopiq zanjirli ta’sirlashgan sistemalar.
Ta’sirlashgan sistemalarga kirgan o’rinbosar хam ta’sirlashuvda ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: |