Mavzu: Organizmdagi keksayish davriga xos Oʻzgarishlar
Mustofaqulov UlugʻbekNing mustaqil ishi
Keksalik
Qarilik, keksalik (qarish) — organizm hayotining yoshga bogʻliq muayyan bir davri, muqarrar ravishda yuz beradigan jarayon. Aʼzo va sistemalarda oʻziga xos oʻzgarishlar roʻy berib boradi, bu esa asta-sekin organizmning hayotga moslashuv imkoniyatlari susayishiga olib keladi. Odamlarning Qarilik davri 75 yoshdan keyin boshlanadi (90 yoshdan oshgan kishilar uzoq umr koʻruvchilardir), bu fiziologik Qarilikdir bunda aqliy va jismoniy quvvat, maʼlum ish qobiliyati, xushchaqchaqlik va atrofga qiziqish saqlanadi.
Hozirgi sharoitda odamda qarilikning dastlabki belgilari yetuklik davrida, ya’ni 60-65 yoshda yuz bermoqda. Ammo tamaki chekadigan va muntazam spirtli
Ichimlik iste’mol qiladiganlarda bu jarayon boshqalarga qaraganda 15-20 yil oldin
boshlanadi. Bundan tashqari, a’zolardagi to‘qimalarning qanchalik kech yoki erta atrofiyaga uchrashi irsiyat va odamlarning qaysi sohada mehnat qilayotganiga ham bog‘liq.
Normal fiziologik qarish sekin-asta yuz beradi. Bunda a’zolardagi asosiy
to‘qimalar atrofiyaga uchraydi, ya’ni nobud bo‘ladi. Bu jarayon, avvalo, miyadan Boshlanadi [3]. Undagi 17-22 foiz to‘qimalar qisqarib boradi. Keyin esa oshqozon,
qizilo‘ngach, o‘n ikki barmoqli ichak, o‘t qobig‘i, oshqozon osti bezi hamda
buyraklardagi 11-30 foiz, bir o‘zi besh xil funksiyani bajaradigan jigardagi 12-14 Foiz to‘qimalarda atrofiya boshlanadi. Natijada insonlarning funksional va reaktiv imkoniyatlari pasayadi. Tadqiqotlarga ko‘ra, odamlar aslida 100-120boshlayd
fiziologiki qariy boshlaydi. Biroq bugungi kunda bu holat deyarli kuzatilmaydi.
Yildan-yilga ko‘payib borayotgan turli kasallik va epidemiyalar, narkomaniya, , kashandalik, ekologiyaning buzilishi, shuningdek, boshqa ko‘plab
ijtimoiy faktorlar ta’sirida insonlarda keksalik alomatlari ancha erta paydo bo‘lmoqd
Tanamizdagi har bir hujayra o‘z resursiga ega. Shuning uchun, ular har 24 yilda yangilanib boradi. Mazkur jarayon esa olti marta takrorlanadi. Bu deyarli 150 yil umrguzaronlik qilishimiz mumkin deganidir. Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi, ertaklarga nisbatan ayollarning ko‘proq umr ko‘rishini sababi nimada? Bu holatni tibbiyot xodimlari va biologlar quyidagicha izohlashadi. Erkaklarda ateroskleroz (yurak va qon tomirlari sklerozi), yurak va miyada qon ta’minotining buzilishi nisbatan ertaroq boshlanadi. Ularning infarkt-miokardga chalinish ehtimoli ayollarga qaraganda 40-49 yoshda 7 baravar, 50-59 yoshda 5 baravar va 60 yoshdan keyin 2 baravar ortadi.
Makroskopiya ma’lumotiga ko‘ra: keksalik davrida miyaning og‘rligi 20-30 % yengillashadi; bir davrning o‘zida miya bilan kalla suyagining hajmi o‘rtasida dispropotsiya kuchayadi; — keksayish davrida miya burmalari kamayadi va ariqchalari kengayishi kuzatiladi, bular ayniqsa miya qobig‘ining peshona qismida yaqqol ko‘rinadi va yetuk yoshdagi odamlarga qaraganda 3-4 ta yo‘l qisqaradi; — miyaning zichligi ortadi. Mikroskopida natijalariga binoan: — nerv xujayralarining umumiy miqdori kamayadi, bu o‘zgarish miya qobig‘ining III, V zonalarida aniq bilinadi; — Purkine hujayralarining miqdori keskin kamayadi, hujayralarning yo‘qolishi 25% kop bo‘ladi; — nerv hujayralari ajinlashadi: yadro esa noto‘g‘ri ko‘rinishga ega bo‘la boshlaydi; — nerv tolalari yo‘g‘onlashadi; — habar olib boruvchi yo‘lda mielin tolalarining miqdori ozayadi.
Biologik qarish psixik jarayonlar, holatlar, xususiyatlar va xatti-harakatlarda keskin o‘zgarishlarni vujudga keltiradi. Aksariyat sezgi organlari zayiflashadi, asab sistemasi kuchsizlanadi, ma’lumotlarni qabul qilish va ularni qayta ishlash, mohiyatni anglash, u yoki bu holatlarga diqqatni to‘plash va unda muayyan muddat tutib turish qiyinlashadi. Irodaning kuchsizlanishi og‘riq sezgilariga nisbatan bardoshlilik tuyg‘usini emira boshlaydi. Natijada tashqi ta’sirni qabul qilishda diqqatni saralash xususiyati o‘z ahamiyatini yo‘qotib borishi sababli keksa odam bola tabiat, arazchan, ko‘ngli bo‘sh, hissiyotga beriluvchan xarakterli bo‘lib qoladi. Xotiraning zayiflashuvi qariyalarda hayolparastlik illatini keltirib chiqaradi, o‘pincha esda olib qolish, esda saqlash va esga tushirish o‘rtasida ko‘pgina abablarga ko‘ra nomutanosiblik tug‘iladi, natijada unitish jarayoni kuchayadi.
Ma’lumki, qarish tabiiy jarayon va biologik qonuniyat. Uning natijasida — bir qator fiziologik — biokimyoviy reaksiyalarning sustlashishi, tashqi ta’surot omillariga chidamlilikning pasayishi kuzatiladi. Organizmning barcha tizimlarida kuchsizlanish yuz beradi.Birinchi navbatda qariyalarda yurak qon — tomir tizimining faoliyati yomonlashadi. Ateroskleroz, ya’ni qon — tomir devorlari dag‘allashadi, elastikligi yo‘qoladi va mo‘rtligi oshadi. Gipertoniya kasalligi, ya’ni qon bosimini ko‘tarilishi kuzatiladi.Qarilikda ovqat xazm qilish tizimi. Oshqozonning asosiy vazifasi – ovqatni bo‘tqasimon ko‘rinishga olib keladi, mikroblarga qarshi kurashadi, oqsillarni parchalaydi, sutni kazeinga aylantiradi (tvorog holatiga keltiradi), temir moddasini parchalab qon hosil bo‘lishiga yordam beradi, yog‘ va nuklein kislotalarini parchalanishida asosiy rol o‘ynovchi B guruhi vitaminlarining so‘rilishiga ko‘maklashadi.
Oshqozon shirasining kislotaligi va hazm qilish xususiyati kamayadi, buning natijasida ichaklarda chirituvchi mikroblar paydo bo‘lib hazm qilish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ingichka ichakda oziq — ovqat mahsulotlarini so‘rilish tezligi 2 — 3 martaga pasayadi. Yog‘lar va uglevodlar o‘zlashtirilishida qiyinchiliklar kuzatiladi. Yoshga bog‘liq o‘zgarishlar oshqozon osti bezida, so‘lak bezlarida va jigarda ham uchraydi. Boshqacha qilib aytganda organizmni fiziologik qarishi ovqat hazm qilish tizimi a’zolarini jiddiy funksional va organik qayta qurilishi bilan kechadi. Avval kuzatiladigan funksional o‘zgarishlar keyinroq borib, qaytmas organik xarakterga ega bo‘ladi.
Yosh o‘tgan sari keksa odamlarda hid va ta’m sezish o‘zgaradi. Bu jarayon shirin, sho‘r, nordon va achchiq taomlarni bir – biridan farqlay olmaslik bilan namoyon bo‘ladi. Oqibatda ishtahaning pasayishi va shirinliklarni meyoridan ortiq iste’mol qilish kuzatiladi. Bu esa ayrim hollarda tana vaznini ko‘payishiga olib keladi. Shu sababli keksalar uchun parhezni rejalashtirganda, ularning ta’m va hid sezishdagi o‘zgarishlarini hisobga olish kerak.keksalarda qator surunkali kasalliklar — artritlar, yurak qon – tomir, oshqozon – ichak va boshqa qator tizimlarning xastaliklari majmuasi kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Lekin, ovqatlanish xususiyatlarini o‘zgartirish yo‘li bilan organizmni moddalar almashinuvi jarayoniga, moslashuv (adaptatsion) va kompensator imkoniyatlariga, hamda qarish jarayonlari sur’atlari va yo‘nalishlariga ta’sir etish mumkin.