Sport fiziologiyasida, odatda, chidamlilikni shunday sport mashqlarini bajarish bilan bog‘lashadiki, ularni amalga oshirish katta miqdordagi mushak massasini (gavda mushak massasining yarmidan ko‘prog‘ini va undan ham ko‘prog‘ini) ishtirok etishini talab qiladi va organizm tomonidan kislorodni doimiy qabul qilinishi tufayli 2—3 daqiqa va undan ortiq uzluksiz davom etadi. Bu kislorod, ish bajarayotgan mushaklarni ko‘proq yoki to‘liq aerob sharoitda energiya mahsulotlari bilan ta’minlaydi. Boshqacha aytganda, sport fiziologiyasida

chidamlilikka — ko‘proq aerob xarakterga ega bo‘lgan global mushak ishini uzoq muddat bajarish xususiyati sifatida qaraladi.
Chidamlilikni namoyon qilishni talab qiladigan sport mashqlari tarkibiga, siklik xarakterga ega barcha aerob mashqlar kiradi, xususan 1500 m va undan ortiq bo‘lgan masofalarda yengil atletik yugurish, sport yurishi, shossedagi velopoyga, barcha masofalardagi chang‘I poygasi, 3000 m va undan ortiq masofalarda konkida yugurish, 400 m va undan ortiq masofalarga suzish va b. 4.2. Organizmning aerob imkoniyatlari va chidamlilik Ko‘proq aerob xarakterga ega bo‘lgan mashqlarni bajarish paytida, berilgan yuklamaning quvvati (ko‘chish tezligi) qanchalik katta bo‘lsa, kislorod iste’moli tezlik (l O2/min) shunchalik katta bo‘ladi. Shuning uchun, ko‘proq chidamlilikni namoyon qilish talab qilinadigan sport turlarida, sportchi katta aerob imkoniyatlarga ega bo‘lishi kerak: 1) kislorod iste’molining yuqori maksimal tezligiga, ya’ni katta aerob quvvatga; 2) kislorod iste’molining yuqori tezligini uzoq muddat qo‘llab-quvvatlab turish qobiliyatiga (katta aerob sig‘imga).