Sportning bu turida, ko‘rsatkichni fiziologik baholash uchun MKI ning absolut ko‘rsatkichlari katta ahamiyatga ega. MKI ning darajasi ikkita funksional tizimlarning maksimal imkoniyatlariga bog‘liq: 1) kislorod tashish tizimi, kislorodni atrofmuhit havosidan absorbsiya qiladi va uni ish bajarayotgan mushaklarga va gavdaning boshqa faol a’zolari va to‘qimalariga tashiydi; 2) kislorodni utilizatsiya qilish tizimi, ya’ni qon bilan olib kelinadigan kislorodni ekstragirlaydigan va utilizatsiyalaydigan mushak tizimi. MKI ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan sportchilarda, ikkala tizim ham katta funksional imkoniyatlarga ega.

kundalik hayotda, insonning muayyan aqliy yoki jismoniy (mushak) faoliyati davomida bajarishi mumkin bo‘lgan ish qobiliyatidir. Odamning jismoniy harakati (qobiliyati) sifatida chidamlilikni tavsiflash nisbiydir: u, faqatgina ma’lum bir faoliyat turiga mansubdir. Boshqacha aytganda, chidamlilik o‘ziga xos (spetsifikdir) — u, har bir inson ma’lum bir, o‘ziga xos (spetsifik) faoliyatni bajarish paytida namoyon bo‘ladi.
Bajarilayotgan jismoniy (mushak) ishning tipi va xarakteriga bog‘liq ravishda quyidagi chidamlilik farqlanadi:

2) lokal va global chidamlilik, ya’ni mos ravishda lokal ishni (bo‘lmagan miqdordagi mushaklar ishtirokida) yoki global ishni (ko‘pchilik mushak guruhlari — mushak massasining yarmidan ko‘pining ishtirokida) uzoq muddat bajarish xususiyati;
3) kuch chidamliligi, ya’ni katta mushak kuchini namoyon qilishni talab etadigan mashqlarni ko‘p marta qaytarish xususiyati;
4) anaerob va aerob chidamlilik, ya’ni energiya bilan ta’minlashning anaerob yoki aerob tipining ustunligida global ishni uzoq muddat bajarish xususiyati.