Mavzu: O’rta Osiyo tabiati va hayvonot olamini o’rganish tarixi



Yüklə 4,76 Kb.
tarix07.06.2022
ölçüsü4,76 Kb.
#60894
Mavzu O’rta Osiyo tabiati va hayvonot olamini o’rganish tarixi-hozir.org


Mavzu: O’rta Osiyo tabiati va hayvonot olamini o’rganish tarixi

Mavzu: O’rta Osiyo tabiati va hayvonot olamini o’rganish tarixi

Oʻrta Osiyo, jumladan Oʻzbekiston hayvonot dunyosini oʻrganish boʻyicha maxsus ilmiy tadqiqotlar 19-asrning 2-yarmidan boshlandi. Rus olimi N.A. Seversov Orol dengizi, Ustyurt, Qizilqum, Sirdaryo, Pomir, Tyanshan hayvonlarini; A. P. Fedchenko Olay va Zarafshon vodiysi hayvonlarini oʻrganadi. V. F. Oshanin "Turkiston yarim qattiq qanotlilari faunasi" asarida hasharotlarning 700 dan ortiq turi toʻgʻrisida maʼlumot bergan. Uning tashabbusi bilan 1876 y.da Toshkentda tabiat muzeyi ochiladi. 20-asrning boshlarida olib borilgan zoologik tadqiqotlar, asosan, mahalliy aholi oʻrtasida keng tarqalgan parazit va kasallik tarqatuvchi hayvonlarni oʻrganish, ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bilan bogʻliq. Oʻrta Osiyoning turli xududlariga bir qancha ekspeditsiyalar uyushtirilib, bezgak chivini va rishtaning biologiyasi batafsil oʻrganildi (L. M. Isayev, N. I. Xodukin).


  • Oʻrta Osiyo, jumladan Oʻzbekiston hayvonot dunyosini oʻrganish boʻyicha maxsus ilmiy tadqiqotlar 19-asrning 2-yarmidan boshlandi. Rus olimi N.A. Seversov Orol dengizi, Ustyurt, Qizilqum, Sirdaryo, Pomir, Tyanshan hayvonlarini; A. P. Fedchenko Olay va Zarafshon vodiysi hayvonlarini oʻrganadi. V. F. Oshanin "Turkiston yarim qattiq qanotlilari faunasi" asarida hasharotlarning 700 dan ortiq turi toʻgʻrisida maʼlumot bergan. Uning tashabbusi bilan 1876 y.da Toshkentda tabiat muzeyi ochiladi. 20-asrning boshlarida olib borilgan zoologik tadqiqotlar, asosan, mahalliy aholi oʻrtasida keng tarqalgan parazit va kasallik tarqatuvchi hayvonlarni oʻrganish, ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bilan bogʻliq. Oʻrta Osiyoning turli xududlariga bir qancha ekspeditsiyalar uyushtirilib, bezgak chivini va rishtaning biologiyasi batafsil oʻrganildi (L. M. Isayev, N. I. Xodukin).

Bir qancha hududlarda bezgakni tadqiq qiladigan stansiyalar va Tropik kasalliklar instituti (hozirgi Tibbiyot parazitologiya instituti) tashkil etildi. Bu tadbirlar tufayli 20-asrning oʻrtalariga kelib bezgak va rishta batamom tugatildi.


  • Bir qancha hududlarda bezgakni tadqiq qiladigan stansiyalar va Tropik kasalliklar instituti (hozirgi Tibbiyot parazitologiya instituti) tashkil etildi. Bu tadbirlar tufayli 20-asrning oʻrtalariga kelib bezgak va rishta batamom tugatildi.

  • Oʻzbekiston hayvonot dunyosini oʻrganish, ayniqsa, Turkiston davlat universiteti tashkil etilgandan soʻng jadallashdi. Bu davrdagi zoologik tadqiqotlar hayvonlarning deyarli barcha taksonomik guruxlarini oʻz ichiga oladi. Untning zoologiya va gidrobiologiya kafedralarida tuproq hayvonlari (bir hujayralilar, nematodalar, yomgʻir chuvalchanglari), suv havzalari plankton tarkibi va hasharotlar oʻrganildi (A. L. Brodskiy, Ye. S. Kiryanova, S. D. Muraveyskiy, N. A. Keyzer, V. F. Gurvich, V. P. Nevskiy).

Zoologik tadqiqotlar miqyosi Oʻzbekistonning turli shaharlarida oliy oʻquv yurtlari va, ayniqsa, Oʻzbekiston FA Zoologiya instituti tashkil qilinishi tufayli yanada kengaydi. 20-asrning oʻrtalari va 2-yarmidagi asosiy tadqiqotlardan tuproq bir hujayralilari (A.L.Brodskiy, V.F. Nikolyuk va b.), oʻsimlik nematodalari (A.Toʻlaganov , Sh. Xurramov, Z. Norboyev, O. Mavlonov va b.), yovvoyi va qishloq xo’jaligi hayvonlari gelmintlari (M. Sultonov, I. Ergashev, J. Azimov, T. Krbilov, N. Matjonov, Sh. Azimov, S. Dadayev va b.), oʻrgimchaksimonlar (N. Ergashev) va zararkunanda hasharotlarni (V. Yaxontov, S. Alimuhamedov, R. Olimjonov, A. Muhammadiyev, A. Hamroyev, M. Ahmedov, G. Dubovskiy, B. Allamurodov va b.) oʻrganish sohasida olib borilgan tadqiqotlar ayniqsa salmoqli boʻldi


  • Zoologik tadqiqotlar miqyosi Oʻzbekistonning turli shaharlarida oliy oʻquv yurtlari va, ayniqsa, Oʻzbekiston FA Zoologiya instituti tashkil qilinishi tufayli yanada kengaydi. 20-asrning oʻrtalari va 2-yarmidagi asosiy tadqiqotlardan tuproq bir hujayralilari (A.L.Brodskiy, V.F. Nikolyuk va b.), oʻsimlik nematodalari (A.Toʻlaganov , Sh. Xurramov, Z. Norboyev, O. Mavlonov va b.), yovvoyi va qishloq xo’jaligi hayvonlari gelmintlari (M. Sultonov, I. Ergashev, J. Azimov, T. Krbilov, N. Matjonov, Sh. Azimov, S. Dadayev va b.), oʻrgimchaksimonlar (N. Ergashev) va zararkunanda hasharotlarni (V. Yaxontov, S. Alimuhamedov, R. Olimjonov, A. Muhammadiyev, A. Hamroyev, M. Ahmedov, G. Dubovskiy, B. Allamurodov va b.) oʻrganish sohasida olib borilgan tadqiqotlar ayniqsa salmoqli boʻldi



http://hozir.org
Yüklə 4,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin