1-shart. “Kenguru”. Bunda jamoa o‘in boshchisi to‘pni oyoq tizzalariga qisib olib o‘qituvchining buyrug‘ini kutadi. O‘qituvchi buyrug‘iga binoan o‘quvchilar belgilangan joygacha sakrab borib, sakrab qaytadilar. Startdan finish chizig‘igacha bo‘lgan oraliq masofa 10-15 metrni tashkil etishi maqsadga muvofiqdir. Shartni bajarayotgan o‘quvchi agarda to‘pni tizzalari orasidan tushurib yuborsa, shu joydan musobaqani davom ettiradi. Bu holat jamoaga jarima olib keladi.
2-shart. “Bo‘g‘irsoq”. Har bir jamoani qarshisida gimnastika o‘rindig‘i qo‘yiladi. Birinchi qatnashuvchi o‘quvchi chap qo‘liga kiglini, o‘ng qo‘liga to‘pni ushlaydi. O‘qituvchining buyrug‘i bilan o‘quvchi gimnastika o‘rindig‘i bo‘ylab o‘ng qo‘lda to‘pni dumalatib borib, kiglini halqa ichiga qo‘yib, chap qo‘lda to‘pni gimnastika o‘rindig‘i ustida dumalatib qaytadi. Keyingi o‘quvchi aynan shu mashqni o‘zini bajaradi, ammo qaytishida halqa ichidagi kiglini olib kelib keyingi o‘quvchining qo‘liga beradi.
3-shart. “Suvarak”. O‘yin qatnashchilari orqa yonbosh holatida ikkala qo‘llar yerda tayanadilar. To‘pni qorinlariga qo‘ygan holda harakatlanishlari kerak. O‘qituvchi buyrug‘iga binoan guruh qatnashchilari belgilangan joyni aylanib, qaytadilar. Musobaqa shartiga ko‘ra harakatlanish jarayonida to‘pni tushirib yubormasliklari va mashqni bajarib bo‘lganlaridan so‘ng, keying o‘yinchining qorin qismiga qo‘yib berishi lozim.
4-shart. “Ahil bolalar”. Guruhdagi o‘quvchilarni juftliklarga bo‘linadi. O‘quvchilar bir-birlariga yuzma-yuz turib, qo‘llarini ushlashadi. Shartni bajarish uchun tayorgarlik ko‘rib turgan juftlik qo‘llari ustiga to‘pni qo‘yadilar. O‘qituvchining buyrug‘i bilan jamoadagi birinchi juftliklar belgilangan joyga borib qaytib, to‘pni keying juftlikka beradilar. Shu tarzda musobaqa oyini davom ettiriladi. Bu shartning eng muhim ahamiyatlardan biri shuki, juftliklar shartni bajarayotganlarida to‘pni ushlshlari yoki tushirib yubormasliklari lozim. Eng asosiysi birga harakat qilishlari kerak.